Aloqa va xabarlash xizmatini tashkil etish hamda uning kuch va vositalari tarkibi

Aloqa va xabarlash xizmatini tashkil etish hamda uning kuch va vositalari tarkibi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Aloqa va xabarlash xizmatini tashkil etish hamda uning kuch va vositalari tarkibi - rasmi

Material tavsifi

Аloqа vа xаbаrlаsh xizmаtini tаshkil etish hаmdа uning kuch vа vositаlаri tаrkibi Reja: Аloqа vositаlаri Radio aloqa Favqulodda vaziyat ro'y berganda aholini muhofaza qilishning usul va yo'llari haqida ommaviy axborot vositalari hamda boshqa kanallar orqali aholini o'z vaqtida va ishonchli tarzda xabardor etishda aloqa fuqaro muhofazasi kuchlarini boshqarishning asosiy vositasi hisoblanadi. Аloqa vositasi kuch va vositalardan kelib chiqqan holda fuqaro muhofazasi boshlig'i qarori, shtab boshlig'i ko'rsatmasi va aloqa bo'yicha yuqori turuvchi shtabning topshirig'iga asosan boshqaruv punktida tashkil etiladi. Аloqa va xabar berishni tashkil etishga fuqaro muhofazasi boshlig'i ma'sul xisoblanadi. Аloqa va xabar berish tizimining doimiy tayyorgarligini bevosita fuqaro muhofazasi xabar berish va aloqa xizmati boshlig'i ta'minlaydi. Respublikaning, viloyatlarning shaharlardagi boshqaruv punktlaridagi FM aloqasi: - yuqori FM boshqarmasi va harbiy qo'mondonlik boshqaruv organlari; - o'z tasarrufidagi boshqarmalar, bo'limlar va xizmatlar; - hamkorlik qiluvchi boshqarmalar (qo'shnilar); - harbiy gornizonlar; - hamma razvedka turlari; - ko'chma va yordamchi boshqaruv punktlari; - vazirliklar, idoralar, birlashmalar, uyushmalar boshqaruv punktlari bilan tashkil qilinadi. Shahar (qishloq) tumanlari boshqaruv punktlari aloqaning barcha mavjud kuch va vositalarini qo'llab: yuqori FM boshqarmalari; - tuman FM hizmatlari; - evakuatsiya organlari; - transport tashkilotlari; inshootlar boshqaruv punktlari; - tuman shahardan tashqari zonalari; - o'zaro hamkorlik qiluvchi(qo'shni) tumanlar; - mahalliy tuzilmalar; - tuman va gornizonlar FM vazifalarini hal etish uchun ajratilgan xarbiy qismlar va bo'linmalar bilan aloqa tashkil etadi. 5-rasm Boshqaruv punktida xabar uzatish АLOQА VOSITАLАRI Respublika, viloyat, shahar, aloqa tizimi asosini shahar va shahardan tashqari zonalaridagi boshqaruv punktlarining aloqa uzellari tashkil etgan bo'lib, ular aloqa vazirligining shahar va shahardan tashqaridagi aloqa uzellariga aloqa yo'llari yordamida bog'liq bo'ladi hamda shular orqali davlat aloqa tizimiga chiqishni ta'minlab beradi. Radio aloqa - muhim va ishonchli aloqa vositasi bo'lib, birinchi galda FM kuchlari FV joyiga olib borilayotganda va avariya qutqaruv ishlari o'tkazilayotganda ularni boshqarish uchun ishlatiladi(1-RАSM). Bunday aloqa radio tarmoqlari va radio yo'nalishlari shaklida tashkil etiladi. 6 -rasm Radio aloqa Radioreleli aloqa - ultraqisqa to'lqinli (UQT) diapazon elektromagnit to'lqinlari yordamida amalga oshiriladigan aloqadir. UQT diapazonida UQT to'lqinlari tarqalish xususiyati tufayli ishonchli radioaloqa faqatgina bevosita ko'rinadigan masofalarda bo'lishi mumkin, aloqa masofasining orttirilishi oraliq stantsiyalarni qo'llash yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin. Simli aloqa vositalari FM kuchlari o'z asosiy joyida turganda, avariya qutqarish ishlari o'tkazayotganda, ularni boshqarish uchun boshqaruv punktlari ichki aloqasini ta'minlashda ishlatiladi (7-rasm). 7-rasm Simli aloqa Ko'chma aloqa vositalari FM kuchlari asosiy joyga borish uchun va avariya qutqarish ishlari o'tkazishda ishlatiladi Ko'chma aloqa vositalari sifatida avtomobillar, mototsikllar, vertolyotlar va yugurdaklardan foydalaniladi. (8-rasm ). 8-rasm - Ko'chma aloqaning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.95 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.95 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga