Aloqa vositalari va mobil aloqa texnologiyalari

Aloqa vositalari va mobil aloqa texnologiyalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Aloqa vositalari va mobil aloqa texnologiyalari - rasmi

Material tavsifi

Aloqa vositalari va mobil aloqa texnologiyalari Mobil telefon va mobil aloqa muhiti; Mobil aloqa xizmati operatorlari; Mobil aloqa xizmatlari: so'zlashuv, mobil internet va pochta; Mobil aloqa vositalari: Smartphone, iphone va planshetlar; Mobil aloqa vositalari yordamida axborot almashish: Bluetooth, SMS va MMS; Mobil telefonlardan foydalanish va axborot almashish madaniyati. Mavzular: Mobil telefon - mobil aloqada foydalaniladigan telefon apparati turi. Hozirgi kunda, mobil telefon klaviatura va ekranga ega bo'lib asta-sekin kompyuter, faks apparati, telefon apparati, qaydlar kitobchasi vazifalarini bajaruvchi ko'p maqsadli abonent tizimiga aylanmoqda. Mobil aloqa muhiti - tayanch stansiyalar va bir guruh abonentlar tizimidan iborat bo'lib, abonentlarning bir-birlari bilan o'zaro axborot almashinuvini taminlovchi texnik vositalar majmuasi. Mobil telefon va mobil aloqa muhiti Mobil aloqa xizmati operatorlari - abonentlar (mijozlar) uchun mobil aloqa xizmatlarini taklif qiluvchi tashkilotdir. Operatorlar vazifasiga radio chastotadan foydalanish va xizmat ko'rsatish uchun kerakli hujjatlarni olish, o'zining mobil tarmog'ini tashkil qilish, foydalanish, xizmat shartlarini ishlab chiqarish, xizmat to'lovlarini yig'ish va texnik xizmat ko'rsatish kiradi. Hozirgi paytda O'zbekiston hududida 5 ta mobil aloqa operatori xizmat ko'rsatmoqda, bular: Uzdunrobita MChJ HK - MTS, Yunitel MChJ HK - Bilayn, Koskom MChJ - Ucell, Rubicon wireless comunication MChJ - Perfektum Mobayl, O'zbektelekom AK - O'zbektelekom Mobayl. Mobil aloqa operatorlari Mobil aloqa xizmatlari So'zlashuv - telefon raqami terilganda joriy mobil operator tayanch stansiyaning antennasi chaqirayotgan va chaqirilayotgan abonentlarni aniqlaydi. Shundan so'ng ushbu axborot uzib ulagichga (kommutator) yuborilib ikkita abonent bog'lanadi va ushbu abonentlar orasida so'zlashuv (ma'lumot almashinish) amalga oshiriladi. Mobil Internet - harakatdagi abonentlar uchun mobil aloqa tarmoqlari orqali Internet resurslaridan foydalanish texnologiyasi. Mobil Internetning qulayligi shundan iboratki, bunda foydalanuvchining qaerda va qanday holatda bo'lishidan qatiy nazar u mobil aloqa atrmog'i orqali Internet xizmatlaridan foydalanishi imkoniyatiga ega bo'ladi. Mobil pochta - Internet resurslaridan foydalangan holda abonentning mobil telefoni orqali shaxsiy elektron pochta xizmatidan foydalanish imkoniyati. Smartfon (smartphone) inglizchadan tarjima qilinganda aqlli telefon manosini anglatadi. Funksionalligi jihatidan cho'ntak shaxsiy kompyuteriga yaqin bo'lgan mobil telefon. iPhone - to'rt diapazonli multimediyali smartfonlar lineykasi. iPhone o'zida telefonning asosiy vazifalaridan tashqari kommunikator va internet planshetlarning asosiy funksiyalarini ham qamrab olgan. Internet planshetlar - bu maxsus mobil qurilma bo'lib, shaxsiy kompyuterning klassik namunasidir.Planshetlar faqatgina ekrandan tashkil topgan bo'lib, boshqa qo'shimcha qurilmalar (sichqoncha, klaviatura) virtual ko'rinishda tashkil etilgan. Mobil aloqa vositalari Bluetooth - kichik qamrov doirasiga ega bo'lgan simsiz aloqa texnologiyasi. Tarmoq qurilmalari orasidagi o'zaro muloqotni va ularning Internetga ulanishini engillashtiradi. SMS (Short Message Service) - qisqa xabarlar xizmati. Mobil aloqa tarmoqlarida abonentlarning bir-birlariga qisqa matn xabarlarini uzatish va qabul qilish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.75 MB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:03 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.75 MB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga