Amaldagi va elektron hujjat almashinuvi jarayonlarini taqqosiy tahlili

Amaldagi va elektron hujjat almashinuvi jarayonlarini taqqosiy tahlili

O'quvchilarga / Informatika va AT
Amaldagi va elektron hujjat almashinuvi jarayonlarini taqqosiy tahlili - rasmi

Material tavsifi

Amaldagi va эlektron hujjat almashinuvi jarayonlarini taqqosiy tahlili 1.1. Эlektron hujjat almashtirish tizimlari xolati va unga bo'lgan talablar Fanda, tijoratda, ishlab chikarishda axborot oqimlarining ko'payishi axborot texnologiyalari tomonidan reaktsiya talab qiladi. Jamiyat uchun ulkan qog'oz miqdoriga bo'lgan xarajat murakkab muammo xisoblanadi. qog'ozli texnologiya kontseptsiyasidan voz kechish uchun xali bir necha o'n yillar kerak bo'ladi. SHuning uchun xozirda bu g'oyani amalga oshirishning bir qismi haqidagina ran bo'lishi mumkin. Bu erda bir qator sabablar mavjud bo'lib, ular quyidagilar: 1. Muammoning psixologik aspektini ko'rsatish mumkin. Axborotni elektron ko'rinishda olishga ko'nikma xosil bo'lishi kerak; 2. Qog'ozsiz texnologiya texnikaviy ko'llab quvvatlanish aksini talab etadi: mos keluvchi ishlab chikarish hisoblash vositasi, yukori o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan aloqa kanallari, algoritmlarning texnologiyaga yo'naltirilganligi. 3. Qog'ozsiz texnologiya huquqiy qo'llab-quvvatlanish asosini talab etadi. Respublikamizda bu borada elektron tijorat tizimlarini huquqiy himoya qilish, rakamli imzosini me'yoriy huquqiy asoslari tashkil etilgan. Dunyoda dastlabki elektron hujjat aylanishi tizimi bank sohasida paydo buldi. SHunday tizimlardan biri - SWIFT o'tgan asrning 70-yillaridan buyon ishlatilmokda. Keyinchalik ichki va banklararo axborot tizimlari ham rivojlana boshladi. Tizimlar takomillashib, rivojlandi va biznes-jarayonlar, axborot, tasvirlar va katta xajmdagi ishlarni boshqarishga yo'naltirildi. Bugungi kunda elektron hujjat aylanishi axborot taqdim etishning asosiy usuliga aylandi. Turli hujjatlar bilan faol ishlashda ertami, kechmi katta xajmdagi axborotni tizimlashtirish, qayta ishlash hamда xavfsiz saqlash muammosi yuzaga keladi. Эlektron hujjat aylanishi tizimidan foydalanish orkali qog'oz hujjatlar bilan ishlash jarayonida yuzaga keladigan ko'plab tashkiliy va texnologik cheklovlarni bartaraf etish mumkin. Bu esa hujjatlar bilan ishlash samaradorligi, boshqarish sifatini oshirish, axborotni ishonchli himoya qilishni ta'minlash imkonini beradi. Эlektron hujjat aylanishi tizimlari nafaqat bitta korxona miqyosida, balki mamlakat iqtisodiyotining barcha jabxalarida qo'llanishi lozim. Masalan, soliq sohasida ushbu tizim yordamida soliq to'lovchilarning soliq majburiyatlarini bajarishi bo'yicha xisobot axborotini tuplash, ularni xisobga olish, axborot-taxliliy soliq tekshiruvlarini olish hamda taxlil qilish mumkin. Tashqi iqtisodiy faoliyat va bojxona sohasida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini kayd etish, bojxona to'lovlari, import, eksport va tranzit yuk tashishlar to'g'risidagi xisobotlarni olish, iktisodiyot va sanoat sohasida makroiqtisodiy ma'lumotlarni to'plash, sanoatning rivojlanishiga oid asosiy texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar prognozi va xokazolarga ega bo'lishga yordam beradi. Эlektron hujjat aylanishi xizmatiga talab katta va u elektron tijorat tizimlarida samarali ko'llanilmokda. Эlektron tijoratni amalga oshirish uchun banklar ichida va banklararo elektron to'lovlar tizimlari hamda chakana elektron to'lovlar tizimlarini rivojlantirish zarur. So'nggi yillarda bank kreditlari va debit kartlari, shuningdek, elektron hamyonlardan foydalangan holda moliyaviy operatsiyalarni bajarishning muqobil uslubini taqdim etadigan elektron to'lov tizimlari ommalashdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilotni boshqarish intensifikatsiya va xar bir xodimni xisobga olgan holda butun ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 50.7 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 50.7 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga