Amaliy dasturlar paketi va ularning kasbiy sohalarda qo'llanilishi Reja: Nashriyot tizimida qo'llanilarigan Pagemaker dasturi va uning imkoniyatlari PAGE MAKER dasturini ishga tushirish Yig'ish (montaj) stolida hujjatlarni saqlash Amaliy dasturlar paketlari (ADP) foydalanuvchi xal etayotgan vazifalarini avtomatlashtirishning kuchli qurolidir, u axborotni qayta ishlash bo'yicha kompyuter biror ishni qanday bajaryotganini bilish zaruriyatdan amalda to'liq ozod etadi. Hozirligi paytda o'z funksional imkoniyatlari va amalga oshirish usullariga ko'ra farqlanuvchi ADPning keng spektri mavjud. ADPning quyidagi turlari farqlanadi: - umumiy vazifadagi (universal); -uslubiy yo'naltirgan; -global tarmoq; -hisoblash jarayon tashkilotlari (ma'muriylashtirish). Umumiy vazifadagi ADP - foydalanuvchi va umuman axborot tizimi funksional vazifalarni ishlab chiqish va foydalanishni avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan Nashriyot tizimida qo'llanilarigan Pagemaker dasturi va uning imkoniyatlari Keyingi paytlarda turli korxonalarda kichik nashriyotlar paydo bo'la boshladi. Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter bazasida, turli tez chop qiluvchi va boshqa qo'shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlari (kitob, oynoma, jurnal, broshyuralar, prospektlar va hokazo) chiqarish tushuniladi.bunda bo'lajak bosma mahsulotlari kompyuterda tayyorlanadi, ya'ni kompyuter varaqlash, asl maketlash ishlari ham kompyuterda bajariladi. Rizograf esa asl maket shaklida kompyuterda tayyorlangan, chop qilish uchun ishlatiladi va u minutiga o'rtacha 130 sahifani chop qilishi mumkin. Rizograflarning turli xillari mavjud. Ular rangli bo'lib, turli chop qilish tezligiga ega bo'ladi. Nashriyot sohasida ishlatiladigan matn muharrirlari shu soha uchun yaratilgan maxsus dasturlar bo'lib, ular kichik nashriyotlar yordamida gazeta- jurnallar, kitoblar, turli reklama mahsulotlari tayyorlashga mo'ljallangan. Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter dasturiy texnik vositalari hamda turli- tuman chop qiluvchi va boshqa qo'shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlar tayyorlash jarayoni tushuniladi. Bunda bo'lajak bosma mahsulotlar kkda tayyorlanib, bu matnni terish, tekshirish va tahrirlashdan to maketlashgacha bo'lgan bosqichlarni o'z ichiga oladi. Keyinchalik maket lazer printerda bitta asl nushada chop etib olinadi va undan so'ng tayyorlangan hujjatning maketi rizograf deb nomlanuvchi maxsus qurilma yordamida ko'paytiriladi. Kichik nashriyot bulardan tashqari muqovalovchi, broshyuralovchi va kesuvchi qurilmalar bilan ham ta'minlangan. Sifatli va asl maketlarni tayyorlash uchun bir qancha turdagi nashriyot tizimlaridan foydalanadi. Ularga misol qilib Page Maker, Ventura Publisher, Post Script, QuarkXPress, TEX, LATEX nashriyot tizimlarini keltirishimiz mumkin. Shulardan biri va keng miqyosda ishlatiladigani Page Maker dasturlar paketi kitoblar matnini terish, taxrirlash, ko'rib chiqish va chop qilishda juda qulay vosita hisoblanadi. Ventura Publisher esa gazeta- jurnallar matnini terish va chop etishga mo'ljallangan. Uning yordamida matnni sahifalarga bo'lish, matn bo'laklarini zarur joylarga joylashtirish (Komponovka) va shunga o'xshash ushbu sohada ko'plab ishlatiladigan amallarni tez va qulay amalga oshirishi mumkin. Turli formulali matnlarni (masalan, matematika, fizika, ximiya fanlariga oid) tayorlashda TEX va uning keyingi versiyalari bo'lgan LATEX taxrirlovchi dasturlardan ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:53:55
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
294.06 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:03
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:53 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
294.06 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:03 ]
Arxiv ichida: docx