Amaliy programma paketlari

Amaliy programma paketlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Amaliy programma paketlari - rasmi

Material tavsifi

Amaliy programma paketlari Reja: Amaliy programma paketlarining klassifikatsiyasi va ishlatilish sohalari. O'zbekiston Respublikasi algoritm va programmalar fondi va bu fond bilan ishlash Moliya-kredit muassasalarida qo'llaniladigan APP-larning asosiy turlari Microsoft Office amaliy programmalar paketi WINDOWS qo'shimcha amaliy programmalari va ularning asosiy xususiyatlari Amaliy programma paketlarining klassifikatsiyasi va ishlatilish sohalari. Iqtisodiyotda, texnikada, meditsinada va boshqa ko'pgina sohalarda bir turkumga mansub masalalar juda ko'plab uchraydi. Ularni xal qilish uchun bir xil turkum masalalarni samarador va tez echib beradigan programmalar yaratilishi mumkin. Sizning fikringizcha, iqtisodiyotda qanday masalalar xilma xil sohalarga oid bo'lsa xam bir xil programmalar yordamida xal qilinishi mumkin? Bu muammoni xal qilish uchun o'zingiz o'rganayotgan sohada qanday bir xil masalalar paydo bo'lishi mumkinligi haqida biroz fikrlang va ular uchun qaysi turdagi programmalar mos kelishi mumkinligini topishga harakat qiling. APP deb malum masalalar turkumini yechishga mo'ljallangan programmalar kompleksiga aytiladi. Bir maqsadga yo'naltirilgan bir qancha programmalarni APP deb tushunish noto'g'ri. Istalgan APP-ning asosiy xususiyati - barcha programmalarni o'zaro bog'lanishini tashkil etuvchi boshqaruvchi programmaning mavjudligi va kompyuter bilan insonning muloqotini engillashtiruvchi taraqqiy etgan tilning mavjudligidir. Personal kompyuterlar uchun juda ko'plab turli maqsadlarga qaratilgan APP yaratilgan. Bularni uchta guruhning biriga kiritish mumkin: Biror bir metodga asoslangan APP, biror bir muammoni yechishga mo'ljallangan APP, umumiy maqsadlardagi (universal) APP. Biror-bir metodga asoslangan APP-masalalarni yechishning malum metodlarini amalga oshirishga mo'ljallangan. Masalan: statistik ma'lumotlarni qayta ishlash, chiziqli programmalash metodini ishlatish, optimizatsiya masalalarini yechish. Bu guruhdagi programma vositalari turli ilmiy va injenerlik masalalarini hisoblash matematikasi metodlaridan foydalanib yechish imkoniyatlarini beradi. Xususan, matematik, statistik, tarmoqli rejalashtirish va boshqarish, ko'p kriteriyli optimallashtirish masalalari va xoka'zolar. Bu guruhga quyidagi APP kiritish mumkin: STATAN - statistik tahlil va hisoblarni bajaradi. Prini - ko'p kriteriyli optimallash masalalarini elektron jadvallar yordamida yechishga mo'ljallangan. INTYeRPLAN VA SPU -16 - tarmoqli rejalashtirish va boshqarish masalalarni yechishga mo'ljallangan. Biror bir muammoni yechishga mo'ljallangan APP lar Bu guruh paketlari konkret muammoni yechishga mo'ljallangan bo'lib, programmist bo'lmagan mutaxassisning ish faoliyatida foydalanishiga mo'ljallanadi. Masalan, buxgalterlik ishlari yoki moddiy-texnik ta'minot sohasidagi hisob-kitob ishlarini tashkil etuvchi APPlar. Bu guruh programma vositalari turli sohalar bo'yicha konkret masalalarni yechish (avtomatlashtirilgan boshqarish va mashinalar yordamida loyihalash, meditsina, transport, bank ishi va x.k.) va personal kompyuterlar asosida turli xizmat sohalari uchun avtomatlashtirilgan ish joylarini yaratishga mo'ljallangan. Bunday APPga misol qilib, hozirda buxgalterlik hisobida keng qo'llanilayotgan 1S-BUXGALTYeRIYa, banklarda kundalik balansni chiqarib berishga mo'ljallangan ODB programmalarini ko'rsatish mumkin. UMUMIY MAQSADLARDAGI APP lar Bu guruh eng katta guruh hisoblanib, ular yordamida istalgan sohadagi ma'lumotlarga ishlov beriladi. Bunday APPga bir qator matn muharrirlari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 898.3 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 898.3 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga