Android va Ios mobil operatsion tizimlari Режа: Android - Linux yadrosida yaratilgan portativ UMTS тизимларининг архитектураси Android ostida ishlaydigan birinchi moslama Google Play (avvalgi Android Market) iOS uchun Mach mikroyadrosiga asoslangan XNU yadrosi So'nggi bir necha yillardan beri, mobil devayslar sanoati shunchalik ulkanlashib kettiki, internetdan umumiy foydalanish va faollik bo'yicha hattoki kompyuterlar bozorini ham egallab bormoqda. Bu albatta mobil vositalardagi ustunlik, hamda ma'lumotlar tarmog'i bo'yicha muntazam aloqa tezligi sababidandir. Xuddi kompyuterlar o'tmishidagi singari, mobil operatsion tizimlari (O.T.) ishlab chiqaruvchilari orasida ham yakka liderlik uchun kurash boshlanib ketdi. Eng talabgorlar ro'yhatidan iOS, Android va Windowslar turli sanoat ishtirokchilari tomonidan kiritilgan. Ushbu holat nafaqat kim eng kuchli ekanligi to'g'risidagi savol balki SIZ uchun qaysi biri to'g'ri kelishini bilish uchun ham muhimdir. Har bir O.T ba'zi foydalanuvchilarga mos keluvchi va ba'zilarini yuzini burishtiruvchi o'z xususiyatlariga ega. Android - Linux yadrosida yaratilgan portativ (tizimli) operatsion tizim bo'lib, Kommunikatorlar, planshetli kompyuterlar, elekron kitoblar, raqamli pleyerlar, qo'l soatlari, netbuklar va smartbuklarda ishlatiladi. Google tomonidan sotib olingan Android Inc. kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Keyinchalik Google tizim rivojlanishi bilan shug'ullanadigan Open Handset Alliance (OHA) ittifoqini tuzdi. Android yordamida Java dasturlarni tuzish mumkin. Android Native Development Kit Sida va boshqa tillarda yoziladigan dasturlarni yaratadi. 2012-yilning 3-choragida sotilgan smartfonlarning 75 %ida Android operatsion tizimi o'rnatilgan edi. 2005-yilning iyulida Google korporatsiyasi Android Inc. kompaniyasini sotib oldi. 2007-yilning 5-noyabrida Google Open Handset Alliance (OHA) tuzilganligini e'lon qilib, birinchi ochiq mobil Android tizimini namoyish etdi. 2008-yilning 23-sentabrida operatsion tizimning birinchi versiyasini namoyish etdi. Birinchi versiya chiqqanidan so'ng tizim bir necha marta yangilandi. Bu yangilashlar tizimda aniqlangan xatolarni tuzatib, yangi funksiyalar qo'shdi. 2009-yilda platformaning to'rtta updatelari (yangilashlari) chiqdi. Shunday qilib, fevralda turli xatolarni tuzatadigan 1.1 versiyasi chiqdi. Aprel va sentabrda mos ravishda 1.5 Cupcake va 1.6 Donut updatelari chiqdi. Cupcake versiyasi bir qancha o'zgartirishlar kiritdi: virtual klaviatura, video yozish va tomosha qilish, brauzer va boshqalar. Donutda birinchi marta CDMA tizimlarini qo'llash paydo bo'ldi. 2009-yilning oktabrida bir nechta Google akkauntlarini, HTML5 tilidagi brauzerni qo'llaydigan va bir nechta yangiliklar kiritilgan Android 2.0 Eclair operatsion tizimi chiqdi. Eclair (2.1) versiyasida tirik rasmlar paydo bo'ldi va ekran blokirovkasinining ko'rinishi o'zgardi. 2010-yilning o'rtasida Google Android 2.2 Froyo versiyasi chiqdi. 2010-yilning ohirida esa Android 2.3 Gingerbread namoyish etildi. Bu updatelar an'anaviy blokirovkani raqamli yoki xarf-raqamliga o'zgartirdi, Kesish, nusxa ko'chirish, qayta qo'yish funksiyalarini soddalashtirdi va hokazo. 2011-yilning 22-fevralida Android 3.0 Honeycomb namoyish etildi. Uning asosiy yangiligi planshetga moslashtirilgani edi. 2011-yilning 19-oktabrida chiqqan Android 4.0 Ice Cream Sandwich - birinchi universal tizim (ham ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:53:55
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.77 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:04
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:53 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.77 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:04 ]
Arxiv ichida: pptx