Animatsion tasvirlar haqida tushuncha

Animatsion tasvirlar haqida tushuncha

O'quvchilarga / Informatika va AT
Animatsion tasvirlar haqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Animatsion tasvirlar haqida tushuncha Hozirgi kunda mutaxassislar, guruhlar, yirik ishlab chiqarish korxonalari yoki muassasalarining faoliyati ko'p jihatdan ularning qay darajada zaruriy ma'lumot va axborotlar bilan to'la ta'minlanganligiga, hamda ushbu ma'lumotlardan qay darajada samarali foydalana olayotganliklariga bog'liq bo'lib qolmoqda. Avvalo bir yechimga kelishdan, qaror qilishdan oldin ushbu masalaga (sohaga) aloqador bo'lgan juda ko'plab ma'lumotlarni to'plash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish zarur bo'ladi. Ba'zan bunday ma'lumotlar to'plami shu qadar ko'payib ketadiki, ularni qayta ishlash va tahlil qilishni maxsus texnik tizimlar yordamisiz amalga oshirib bo'lmay qoladi. Bundan tashqari, kundalik hayotda qabul qilish va qayta ishlash zarur bolgan axborotlar hajmi nihoyatda ortib borayotganligi sababli, ba'zan ularni qabul qilishga ham ulgurilmayapti. Axborot va ma'lumotlar hajmining bu qadar ko'payib ketishi, oqimining esa tezlashib borishini asosiy sabablaridan biri informatsion texnika va texnologiyalarning rivojlanishi - zamonaviy eng yangi texnologiyalarini qollash, ikkilamchi xom - ashyolardan oqilona foydalanish, energetik resurslarni tejamkorlik bilan ishlatish, inson mehnatini yengillashtirish hisobiga oshirish bosqichiga kirganligidir. Bu esa, o'z navbatida, jamiyatni yuqori darajada informatizatsiyalashgan bolishini talab etadi. Kompyuter grafikasi mustaqil yo'nalish sifatida XX asrning 60-yillarida paydo bo'ldi va maxsus amaliy dasturlar paketi ishlab chiqildi. O'sha paytda kesmalar yordamida chizish, ko'rinmas chiziqlarni o'chirish, murakkab sirtlarni akslantirish usullari, soyalarni shakllantirish, yoritilganlikni hisobga olish tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Bu yo'nalishdagi ilk ishlar vektorli grafikani rivojlantirishga ya'ni, chiziqlarni kesmalar orqali chizishga yo'naltirilgan edi. 70-yillardan boshlab nazariy va amaliy ishlarning aksariyati fazoviy shakl va obyektlarni o'rganishga qaratildi. Bu yo'nalish uch o'lchovli grafika nomi bilan ataldi. 90-yillarda komyuter grafikasining qo'llanish sohalari ancha kengaydi, ya'ni uni keng tadbiq qilish imkoniyatlari paydo bo'ldi. Natijada kompyuter grafikasi faoliyati dasturlash va kompyuter texnikasi bilan bog'liq bo'lmagan mutaxassislarning ish vositasiga aylandi. Kompyuter grafikasining yangi yo'nalishlaridan biri haqiqiy tasvirlarni shakllantirishning uslub va tamoyillarini ishlab chiqishga bag'ishlangan. Bu tamoyillarga ko'ra tasvirlarni bevosita kuzatish yoki optik qurilmalar yordamida ro'yxatga olish imkoniyati mavjud bo'lishi kerak. Shunday tasvirlarga ehtiyoj dizayn, arxitektura, reklama va boshqa sohalarda paydo bo'ldi. Elektron hisoblash mashinalar funksional imkoniyatlarining kengayishi kompyuter grafikasining rivojlanishiga asos yaratdi va tasvirlar animatsiyasini ta'minlovchi tizimlar yaratilishiga olib keldi. Bunday tizimlarning quyidagi uchta guruhni ajratish mumkin: - kimyo, tibbiyot, astronomiya va boshqa sohalardagi jarayonlarni ko'rgazmali namoyish etish; - harakatdagi holatlar tasavvurini (imitatsiya) paydo etuvchi tizimlar (kompyuter o'yinlari va boshqalar); - kino va televideniya uchun tasvirlar tayyorlovchi tizimlar. Aynan shu yo'nalishlarda kompyuter grafikasini rivojlantirishda asosiy qiyinchiliklarga duch kelindi. Men ushbu malakaviy ishim animatsiya, animatsion tasvirlar va ularning hayotimizda nechog'lik ahamiyatga ega ekanligi haqida chuqurroq tahliliy o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, animatsion dasturda ishlash namunalarini yoritish orqali bu ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.73 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.73 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga