Arifmetik-Mantiqiy Qurilma Reja: 1. Arifmetik-mantiqiy qurilma va uning vazifalari 2.Arifmetik-mantiqiy qurilmaning strukturasi 3.Arifmetik- mantikiy qurilmani funksional tashkil etuvchilari 4. AMQ- ning qo'shish va ko'paytirish amallari algoritmi 1. Arifmetik - mantiqiy qurilma va uning vazifalari Arifmetik- mantiqiy qurilma arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshiruvchi qurilmadir. Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ)- tomonidan qo'shish, ayirish, ko'paytirish, bo'lish mantiqiy qo'shish va ko'paytirish, siljitish kabi amallar bajariladi. Fuksional arifmetik mantiqiy qurilma ikkita registrdan, summator hamda boshqarish sxemalaridan tashkil topgan. MKSh KShI Umumlashgan AMQ sxemasida summator- hisoblovchi sxema sifatida kirish yo'lidagi ikkilik kodlarni qo'shish uchun xizmat qiladi. Unga ikkilik kodlarni registrlar uzatadi. 2. Arifmetik- mantiqiy qurilmaning strukturasi 2-rasmda arifmetik- mantiqiy qurilma blok- sxema ko'rinishida keltirilgan. Arifmetik- mantiqiy qurilma dasturchi murojaati uchun ruxsat etilgan 3 ta 16 bitlik registrga ega: x,u- operandalar registri; R- natija registri. Arifmetik- mantiqiy qurilmaning arifmetik holatda bitni o'tkazuvchi kirish signalidan foydalaniladi. Arifmetik -mantiqiy qurilma 6-ta statik signalni generatsiyalaydi: natija (AZ) manfiy (AN) o'tkazish (AC) natija to'lib-toshishi (AV) ishora (AS) holati (AQ) sikl oxirida arifmetik statusga ega bo'lgan signallar o'z holatlarini o'zgartiradi (ASTAT): X kirish porti 2-ta manbadan ma'lumot qabul qilishi mumkin: AX- registr blokining va natijalar shinasidan natijalar shinasi (R) barcha hisoblovchi qurilmalarning kirish registrlarini birlashtiradi. AX- registrlar bloki ikkita registrdan tashkil topgan: AX0 va AX1-lar. Bu registrlar DMD shinasi orqali o'qilishi va yozilishi mumkin. 3. Arifmetik- mantiqiy qurilmani funksional tashkil etuvchilari Arifmetik- mantiqiy qurilmani funksional qismi jihatdan ikkiga bo'lish mumkin: A) Mikrodasturli qurilma (boshqarish qurilmasi) u mikrobuyruqlar ketma-ketligini beradi. B) Operatsion qurilma (Arifmetik- mantiqiy qurilma) mikrobuyruqlarni bajaradi. P1 P2 pm An A2 A1 Y1 Y2 Yn Nr N2 N1 Arifmetik- mantiqiy qurilmaning strukturaviy ko'rinishi va boshqa mashina qismlari bilan aloqasi quyidagi rasmda keltirilgan. Arifmetik- mantiqiy qurilmaning tarkibiga Rg1 - Rg7 registrlar kiradi, ularda operativ (tezkor) xotiradan kelayotgan axborot qayta ishlanadi. Axborotni qayta ishlash qonuniyati M mikrokomandasi bilan beriladi. U A1,A2An ketma-ketlikdagi mikrokomandalar sifatida yoziladi. Shu yerning o'zida mikrokomandalar ikki xilga farqlanadi: 1). Tashqi mikrokomandalar yani bular arifmetik- mantiqiy qurilmaga tashqi qurilmalardan keladigan buyruqlar; 2). Ichki mikrokomandalar, yani arifmetik- mantiqiy qurilmada yaratiladigan va mikrodastur qurilmasiga ta'sir etadigan. Masalan: arifmetik-mantiqiy qurilma hisoblash natijalariga qarab turib holatlarni generatsiyalashi mumukin. Arifmetik- mantiqiy qurilmada hisoblashlar natijalari u1,u2…un kodli shinalar orqali beriladi.(rasm.) Arifmetik -mantiqiy qurilma tarkibiga kiruvchi registrlar funksiyalari: Rg1- summator, arifmetik -mantiqiy qurilmaning asosiy registri, unda hisoblash natijalari yaratiladi. Rg2, Rg3- qo'shiluvchi, ko'payuvchi, bo'luvchi registrlari. Rg4- adresli registr operandalar adresini va natija adresini eslab qolishga mo'ljallangan. Rg6- adreslarni tashkillashtirish uchun kerakli indeksli registr. Rg7- qo'shimcha yordamchi registr, u ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:53:55
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.77 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:53 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.77 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:04 ]
Arxiv ichida: doc