Reja: 1. Arxivatorlar va ularning vazifalari 2. ARJ arxivator va u bilan ishlash 3. Bo'laklab, bo'lib va qirqib arxivlash 4. Arxiv fayllarni tekshirish Arxivatorlar va ularning vazifalari Arxivatorlar-maxsus dasturlar bo'lib, ular ma'lumotlarni to'la saklagan holda bir yoki bir nechta fayllarning xajmini kichraytirish hisobiga magnit disklarida joyni tejash uchun xizmat qiladi. Arxivator tomonidan arxivda joylashtirilgan fayllar-arxivli fayllar deyiladi. Arxivli faylga yangi fayllarni qo'shish yoki olib tashlash mumkin. Xar bir arxivli fayl o'zining mundarijasiga ega bo'lib, uning yordamida arxivdagi fayllarning nomi, xajmi hamda yaratilgan sana va vaqti haqida ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin. Arxivdagi fayllarni aynan oldingi holga qaytarib tiklash jarayoni - arxivli faylni ochish orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun fayllarni arxivlarga joylashtirish yoki ularni qayta ochish jarayonlari uchun arxivator - dasturlardan foydalanish lozim. hozirgi paytda o'nlab arxivator - dasturlar (ARJ, RAR, ZIP, LHA, EXPAND, AIN) mavjud bo'lib, ular asosan imkoniyatlari, funksiyalari hamda ish rejimlari bilan bir - biridan farq qiladi. Keng tarkalgan ARJ arxivator-dasturi bilan tanishib chiqamiz. 4.2. ARJ arxivator va u bilan ishlash ARJ arxivator-dasturining quyidagi imkoniyatlari mavjud: joriy katalogdagi fayllarni (jami 3200 faylga) yagona arxivli faylga joylashtirish; arxivga yangi fayllarni qo'shish yoki arxivdan olib tashlash; arxivli fayl tarkibini ko'rish; arxivator haqida ma'lumotga ega bo'lish; arxivdagi fayllarni ketma-ketligini tartiblash, izohlarni fayllarda ko'llash; o'z - o'zini ochuvchi arxivli fayllarni yaratish va xokazo. ARJ arxivatori haqida to'la ma'lumot olish uchun buyruk satrida quyidagini kiritish kerak. ARJ - ? yoki ARJ ? Uning umumiy formasi quyidagi ko'rinishga ega: ARJ buyruk [ []] [fayllarning ismlar ruyxati] Bu parametrlardan ikkitasi, yani: va majburiy parametrlar bo'lib hisoblanadi, shuning uchun ularni ko'rsatish majburiydir. parametri bitta simvol ko'rinishida ARJ arxivator nomidan keyin yoziladi va quyidagi funksiyalarni bajarishni belgilaydi: a - fayllarni arxivga yig'ish; u - yangi fayllarni arxivli faylga qo'shish; f - fakat yangi fayllarni arxivga qo'shish; e - arxivdagi fayllarni joriy katalogda ochish; d - fayllarni arxivdan o'chirish; t - arxivni to'la testdan o'tkazish; w - matnli qatorni arxivdan topish va xokazo; Arxiv ismi parametrida arxivli faylning ismi beriladi. Arxivli faylning kengaytmasini yozish shart emas, chunki yangi arxivli fayl hosil kilinganda, u avtomatik ravishda o'zlashtiriladi (ARJ kengaytmasini oladi). Arxivatorning umumiy ko'rinishidagi kvadrat kavs ichida keltirilgan parametrlar majburiy bo'lmagan parametrlardir. Unda xar bir kalit belgi bilan boshlanadi. Bundan tashqari kalit belgi sifatida belgini ham ishlatish mumkin. ARJ arxivatorining asosiy kalitlariga kuyidagilar kiradi (kalitdan oldin albatta - yoki belgilar turishi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:53:55
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.73 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:53 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.73 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:04 ]
Arxiv ichida: doc