Arxivlash dasturlari. Arxivlangan fayllar bilan ishlash

Arxivlash dasturlari. Arxivlangan fayllar bilan ishlash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Arxivlash dasturlari. Arxivlangan fayllar bilan ishlash - rasmi

Material tavsifi

Mavzu:Arxivlash dasturlari. Arxivlangan fayllar bilan ishlash. Arxivlash dasturlari-diskda joyni tejash maqsadida fayllar xajmini kichraytirishga imkon beruvchi dasturlar. Ular turlicha ko'rinishda ishlatilsa-da , ishlash tamoyili bir xil; fayllarda aynan takrorlanadigan o'rinlar mavjud bo'lib, ularni diskda to'liq saqlash mazmunsizdir. Arxivlash dasturlarining vazifasi takrorlanadigan shunday bo'laklarni topib, ularning boshqa biror malumotni yozish hamda ularning ketma ketligini aniq ko'rsatishdan iboratdir. Bundan ko'rinadiki, turli fayllar uchun ularning siqilganlik darajasi turlicha bo'ladi. Masalan, matn yozilgan fayllar 2 martagacha siqilsa, rasmlarni tasvirlovchi fayllar to'rt, xatto besh martagacha siqiladi. Dasturlar ifodalanadigan fayllar esajuda kam- l%ga yaqin siqiladi. O'rtacha qilib aytganda arxivlash dasturlari fayllar xajmini 1.5-2 barobar qisqartirishga imkon beradi. Arxivlash dasturlari anchagina. Ular qo'llanadigan matematik usullar, arivlash, arxivni ochish tezligi va eng asosiysi, siqish samaradorligi bilan bir-biridan farq qiladi. Axivlash dasturlaridan dasturlarni yetarli darajada tez va yaxshi ishlaydiganlari PKZIP, LHARC, ARJ, RAR dasturlaridir. Arxiv fayl yagona faylga birlashtirilgan bir yoki bir necha faylning siqilgan xoldagi ko'rinishi bo'lib, undan kerakli xollarda fayllarni dastlabki ko'rinishida chiqarib olish mumkin. Arxiv fayllar nomlarini ko'rsatuvchi mundarijaga ega bo'ladi. Arxivda joylashgan har bir fayl haqida ma'lumot beruvchi mudajirada quyidagilar joylashgan bo'ladi; fayl nomi; fayl joylashgan katalog haqida ma'lumot; fayl o'zgartirilganligini ko'rsatuvchi sana va vaqt; faylning diskdagi, arxivdagi o'lchamlari ba paramatrlari. PKZIPPKUNZIP va ARJ dasturlari arxiv fayllarning nomlari, odatda quyidagi kengaytmaga ega bo'ladi: ZIP-PKZIP dasturlari arxiv fayllar uchun; ARJ-ARJ dasturi arxiv fayllar uchun. Fayllarni arxivlash bilan ARJ dasturi misolida tanishib chiqamiz. Agar MATN kataloglaridagi fayllarni arxivlash lozim bo'lsa, arj a matn ro'rinishida buyruq beriladi. Bu yerda arj arxivlash dasturining nomi, a-add(qo'shimcha qilmoq) so'zidan olingan arxivni tuzish yoki mavjud arxivga fayllarni qo'shimcha qilish amalini anglatuvchi ko'rsatma, matn esa hosil qilinadigan arxiv faylning nomi. Mazkur buyruq berilgandan so'ng fayllarni arxivga joylashtirish boshlanadi va bunda har bir faylning nomi hamda uning siqilish foizi ko'rsatilib boriladi. Dastur ishi tugagandan so'ng, katalogdagi barcha fayllarni o'z ichiga olgan matn.arj arxiv fayli hosil bo'ladi.(Fayl nomidagi arj kengaytmani arxivlash dasturining o'zi qo'shadi.) Mazkur buyruq LHars arxivlash dasturi uchun LHars a matnKo'rinishida, PKZIP arxivlash dasturi uchun Pkzipa matn ko'rinishida bo'ladi. Buyruqlar mos ravishda matn.Izh va matn.zip fayllarini hosil qiladi.Joriy katalogdagi fayllarni bir buyruq yordamida boshqa katalog yoki boshqa diskka arxivlash ham mumkin. Buning uchun buyruq ko'rinishini quyidagicha bo'ladi; Arj a c:archivemtn yoki ar matn Birinchi buyruq matn.arj faylini С diskdagi ARCHIVE kataloggida, ikkichi buyruq A diskning bosh katalogida xosil qiladi. Arxivdagi fayllarning yangiroq versiyasi ustida eskiroq versiyasini yozmaslik uchun arxivni yangilash amali mavjud. Bu maqsadda Arj .matn Ko'rinishidagi buyrudan foydalaniladi. U harfi updute (обновить''-yangilash) ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 79.31 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:04 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 79.31 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga