Arxivlashtirish dasturlari. Fayllarni arxivlashtirish haqida umumiy ma'lumot. RAR va ZIP arxivator dasturlari

Arxivlashtirish dasturlari. Fayllarni arxivlashtirish haqida umumiy ma'lumot. RAR va ZIP arxivator dasturlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Arxivlashtirish dasturlari. Fayllarni arxivlashtirish haqida umumiy ma'lumot. RAR va ZIP arxivator dasturlari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Arxivlashtirish dasturlari: fayllarni arxivlashtirish haqida umumiy ma'lumot. RAR va ZIP arxivator dasturlari. Reja: Arxivlangan fayllar bilan ishlash. ARJ dasturi. Tomli arxivlash. WinRAR dasturi. 1. Arxivlangan fayllar bilan ishlash. Arxivlangan fayl-bu faylning ixchamlangan, siqilgan holati. Amalda fayllar bilan ishlashda, ya'ni fayllarni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirishda, nusxa olishda, saqlab qo'yishda, elektron pochta orqali axborot yuborishda bunday fayllar bilan ishlash zarurati tug'iladi. Fayllarni arxivlash - fayllarni ma'lum bir qoida asosida siqilgan, ixchamlangan holatda diskda saqlash demakdir. Arxivlash qattiq disk ishdan chiqishi yoki faylning tasodifan o'chirilishi sodir bo'lgan hollarda joriy faylni qayta tiklash uchun yordam beruvchi vosita sifatida ham qo'llaniladi. Arxivlash BACKUP pa­ket dasturi orqali ham (Win95 muhitida) amalga oshiriladi. Bu dastur haqidagi to'la ma'lumotlarni Spravka bo'limidagi fayl­larni arxivlash kalit so'zli buyruq orqali olish mumkin. Umuman arxivlash - bu uzoq muddat saqlanuvchi fayllar, kam qo'llaniladigan, eski hujjatlar, har xil materiallar, adabiy va ilmiy maqolalar, rasm va boshqalarni saqlash uchun qo'llaniladi. Arxiv bir qancha qismlardan iborat bo'lishi va unda har bir fayl alohida ko'rinishda saqlanishi mumkin. Bunday arxiv fayllari ko'p tomli deb ataladi. Shunday arxivlardan katta hajmli ma'lumotlarini qismlarga bo'lib disketlarga sig'adigan, qulay ko'rinishga kel­tirish uchun foydalanish mumkin. Bunda har bir qism fayl ham arxiv fayli deb ataladi. Arxiv hosil qilish jarayoni arxivlash (arxivatsiya) deyiladi. Siqilgan faylni eski holiga qaytarish arxivlarni ochish (razarxivatsiya) deyiladi. Arxivlashni fayllar guruhi, to'liq fayllar strukturasi bo'yicha yoki papkalar bo'yicha ham qilish mumkin. Arxivlanuvchi fayllarda papkalar ko'p bo'lsa, ularni oldin bitta papkaga yig'ib olish ishni osonlashtiradi. Elektron pochta va Internet muhitida arxivlangan holdagi ma'lumotlarni almashish bir qator qulayliklar yaratadi. Arxivlash jarayonida ayrim fayllar juda yaxshi ixchamlanishi, ba'zi hollarda arxivlash natijasida boshlang'ich fayl 10 - 20 baravar siqilishi ham mumkin. Masalan, dastur fayllariga nisbatan matn va rasm fayllari ancha yaxshi ixchamlanadi. Hozirgi kunda har xil arxivatorlar bir-biridan siqish dara­jasi, tezligi, foydalanishda qulayliklari, imkoniyat darajasi jihatidan farq qiladi. Foydalanuvchi har xil turdagi arxiv fayllarini kengaytmasi bo'yicha farqlaydi. Siqish turi shu arxivning formati deyiladi. Arxiv sarlavhasida unda saqlanuvchi har bir fayl uchun quyidagi ma'lumotlar saqlanadi: fayl nomi; fayl saqlanuvchi katalog haqida ma'lumot; faylning oxirgi marta qayta ishlangan sanasi va vaqti; faylning diskdagi va arxivdagi o'lchami; arxivning to'liqligini tekshirishda ishlatiladigan har bir faylning stiklik tekshirish kodi. Arxiv fayllar ham oddiy fayllar kabi nomlanadi va maxsus kengaytmaga ega bo'ladi. Masalan, PKZIPPKUNZIP dasturlarning fayllari .ZIP, ARJ dasturining fayllari . ARJ kengaytmaga ega bo'ladi. Ko'p tomli fayllar uchun esa arxivning davomi A01, A02 va zokazo kengaytmalar oladi. Hozirgi vaqtda ko'p qo'llaniladigan arxivatorlardan yana biri ARJ hisoblanadi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 603.37 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:04 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 603.37 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga