Asosiy kadrlar interpolyatsiyasi Reja: After Effects dasturida interpolyatsiya Fazoviy interpolyatsiya Vaqtli interpolyatsiya Faqatgina muhim, yoki asosiy kadrlarni belgilashda biz o'zimizni bosh animator sifatida qabul qilamiz. Animator yordamchisi o'rnini esa After Effects dasturi bajaradi, qaysiki barcha oraliq yoki o'xshash kadrlarni yaratadi va ularning xususiyatlari qiymatini belgilash uchun interpolyatsiya metodidan foydalanadi. Biz o'zimizning yordamchimizga bir qancha interpolyasilash metodidan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar berishmiz mumkin. Ba'zi bir metodlar bitta asosiy kadrdan keyingisiga bir xil o'zgarishni yaratsa, boshqalari o'zgarish tezligini variasiyalaydi. Harakat to'g'ri yoki egri chiziqli trayektoriya bo'yicha sodir bo'lishi mumkin. Interpolyatsiyalash metodini tanlash imkoni bo'lmaganda bizning ishonchli yordamchimiz juda ham cheklangan imkoniyatga ega bo'lardi. Agarda animatsiyalangan qiymatlar har doim bitta asosiy kadrdan boshqasiga bevosita mexanik o'tganida edi, oddiylaridan tashqari barcha animatsiyalar robotlar harakatini eslatuvchi jonsiz bo'lardi. Egri chiziqli harakatni yaratish uchun juda ko'p asosiy kadrlar talab etilardi, Egri chiziqli harakatni yaratish uchun, ko'plab asosiy kadrlar talab etilganda, umuman assistent bizga nima uchun kerakligi haqida ajablangan bo'lardik. Yana ham murakkab muammo harakatni tezlashtirish yoki sekinlatish vazifasini ifodalash. Ushbu mavzuda animatsiyaga nozik farqlar va xilma-xillikni yuzaga keltirish imkonini beruvchi asosiy kadrlarga qanday qilib interpolyatsiyalashning turli metodlarini belgilash mumkinligi haqidagi tushunchalar qaraladi. Fazoviy va vaqtli interpolyatsiya Fazoviy interpolyatsiya termini metodga tegishli bo'lib, bunda After Effects dasturi holat o'zgarishini hisoblaydi. Boshqacha so'z bilan aytganda, qatlam yoki uni bog'lovchi nuqtasi kompozisiya makoniga ko'chiriladi. Ularning bitta asosiy kadrdan boshqasiga to'g'ri yoki egri chiziqli trayektoriya bo'yicha o'tishi quyidagi rasmlarda keltirilgan. 2.31-rasm. 3.32-rasm. Interpolyatsiya After Effects dasturi asosiy kadrlar orasidagi qiymatlar xususiyatini qanday hisoblashini belgilaydi. Fazoviy interpolyatsiya to'g'ri (2.31rasm) yoki egri chiziqli (2.32-rasm) trayektoriya bo'yicha harakatni ta'minlaydi. Fazoviy interpolyatsiya Timeline palitrasida nuqtali chiziqlar bilan berilgan trayektoriya ko'rishinida ifodalanadi. Odatda After Effects dasturi ikkita asosiy kadrlar oralig'idagi fazoda joylashgan nuqta xususiyati qiymatini hisoblashi uchun egri chiziqli progressiya metodidan yoki egri chiziqli Beze metodidan foydalanadi. Kadrlar orasidagi o'zgarishlar uchun bir tekis bajariladi, qaysiki trektoriyada keskin og'ishlarsiz. Vaqtli interpolyatsiya Vaqtli interpolyatsiya asosiy kadrlar o'rtasidagi oraliqda har qanday xususiyat qiymatini o'zgartirish tezligiga tegishli. Xususiyat qiymati bitta asosiy kadrdan boshqasiga doimiy tezlik bilan o'zgarishi kerakmi yoki xususiyat tezlashishi yoki sekishlashishi kerakmi? Masalan, 2.33-rasmda ikkita oddiy figura (quyonlar) tasvirlangan. Ikkala quyonga bitta va shu vaqtda bir xil masofa g'olib chiqishlari uchun berilgan. Biroq, agarda birinchi quyon butun masofani bir xil, ya'ni doimiy tezlik bilan bosib o'tsa, ikkinchi quyon masofani bosib o'tishni past temp bilan boshlab asta-sekin oshirib boradi. Quyonlar o'rtasidagi masofa bir tekis qisqarib boradi, va ikkala quyon finishga bir qaqtda etib kelishadi. Odatda vaqtli asosiy kadrlar o'rtasidagi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:54:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
89.43 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:54 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
89.43 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: doc