Asosiy kadrlar va xususiyatlardan foydalanish Reja: Qatlam xususiyati turlari Asosiy kadrlar Qatlam xususiyati turlari Xususiyat tushunchasiga qatlamning har qanday vizual yoki audio xarakteristikasi tegishli bo'lib, ixtiyoriy vaqt momentida turli xil qiymatlarni berish mumkin. Xususiyat uchta asosiy toifaga ajratiladi: maskalar, effektlar va transformasiyalar (boshqa ko'rinishga o'tish) (2.25-rasm). Bundan tashqari audiodan tashkil topgan qatlam audio xususiyatga ega bo'ladi, uch o'lchovli qatlaм Material Options (Yorug'lik bilan bog'liq xususiyat) xususiyatidan tarkib topadi. 2.25-rasm. Vizual xususiyatlarning uchta asosiy toifasi Ushbu toifalar keltirilgan tartib After Effects amalga oshiradigan rendering tartibini ifodalaydi, ya'ni har bir maska, effekt, transformasiya va audio xususiyatlar qatlami uchun qaytadan hisoblab chiqadi. Garchi hozir rendering tartibi biz uchun ahamiyatsiz bo'lishi mumkin, ammo animatsiyamiz murakkablashib borishida u juda ham muhim bo'ladi. Maskalar Maskalar tasvirning ba'zi bir qismlarini aks ettirish va boshqa qismlarini berkitish imkonini beradi. Ular shuningdek qatlamning belgilangan qismlariga effektlarni qo'llash vazifalarini ham bajaradi. Kompozisiyaning har bir qatlamiga bir yoki bir nechta maskalarni qo'llash, so'ngra ushbu maskalarni o'zaro ta'sirlashish usullarini belgilash mumkin. Maskalarning nafaqat shakllari va chegaralarini boshqarish, balki ularni vaqt parametrlari bo'yicha animatsiyalash ham mumkin. Effektlar Effektlar ovoz va tasvirlarni o'zgartirish uchun keng doiradagi parametrlardan tarkib topadi. Biz ulardan rangni to'g'rilash yoki audio filtrasiya kabi oddiy tuzatishlar kiritishda foydalanishimiz, yoki buzib ko'rsatish va biror uslubga o'xshatib yasash tipidagi ancha muhim o'zgarishlarni kiritish mumkin. Kiin effekti («keying» - kalit rang yordamida shaffof sohalarni belgilash) tasvirni bog'lashga yordam beradi, shu vaqtda o'tish effekti sifatida bitta qatlam boshqasi bilan qo'shiladi. Shuningdek effektlardan matn, yorug'lik va bo'laklar tipidagi vizual elementlar yaratish uchun foydalanish mumkin. After Effects dasturi bir qator ichki o'rnatilgan effektlardan tarkib topgan bo'lib, biz effektlar to'plamini boshqa ishlab chiquvchilarning qo'shimcha dasturiy moduli - plaginlarni («plug-ins») yuklash orqali kengaytirishimiz mumkin. Transformasiya xususiyati Kompozisiya qatlamlariga biror-bir maska yoki effektlar qo'llamaslik ham mumkin, ammo ularning holati, masshtabi, burilishi va shaffofligini qamrab olgan asosiy xususiyatini belgilashga to'g'ri keladi. Ushbu xususiyatlarning barchasi transformasiya xususiyatiga tegishli. Audio xususiyati Audio ma'lumotdan tarkib topgan qatlamlar, qatlam tuzilishida audio xususiyatni ifodalaydi. Faqat tasvirdan tarkib topgan qatlamlar maska yoki transformasiya xususiyatiga ega bo'ladi. Faqat audiodan tarkib topgan qatlamlar audio toifasidagi effektlar va xususiyatlarga ega bo'ladi. Ovoz balandligini boshqarish uchun audio toifasi Levels (Darajalar) xususiyatidan, shuningdek ovoz signalining to'lqinlar ko'rinishidagi tasviridan tarkib topgan. Xususiyatlarni ko'rish Timeline palitrasidagi qatlamlar tuzilishida qatlamlarning aks etishini kengaytirib, qatlamning har qancha xususiyatini ko'rishimiz mumkin (2.26-rasm). Qatlamlar xususiyati tuzilma nomi ko'rinishida taqdim etiladi - bu degani, biz alohida xususiyatni ko'rsatish uchun tuzilma nomini ketma-ket ochib ko'rishimiz mumkin. Klavishalar kombinasiyasi yordamida biz ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:54:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
412.98 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:54 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
412.98 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: doc