Asosiy konstruksiyalar o'zgaruvchilar operatorlar funksiyalar Reja: Asosiy konstruksiyalar. O'zgaruvchilar. Operatorlar. Funksiyalar. C++ alfavitiga quyidagi simvollar kiradi. Katta va kichik lotin alfaviti harflari (A,B,,Z,a,b,…,z) Raqamlar: 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 Maxsus simvollar: , | [] () + - % ; ' . : ? = ! * # ~ ^ Ko'rinmaydigan simvollar (umumlashgan bo'shlik simvollari). Leksemalarni o'zaro ajratish uchun ishlatiladigan simvollar (misol uchun bo'shlik, tabulyasiya, yangi qatorga o'tish belgilari). Izohlarda, satrlarda va simvolli konstantalarda boshqa literallar, masalan rus harflari ishlatilishi mumkin. C++ tilida besh xil turdagi leksemalar ishlatiladi: erkin tanlanadigan va ishlatiladigan identifikatorlar, xizmatchi so'zlar, konstantalar( konstanta satrlar), amallar( amallar belgilari), ajratuvchi belgilar. Identifikator. Identifikatorlar lotin harflari,ostki chiziq belgisi va sonlar ketma ketligidan iborat bo'ladi. Identifikator lotin harfidan yoki ostki chizish belgisidan boshlanishi lozim. Misol uchun: A1, MAX, adress01, RIM, rim Katta va kichik harflar farqlanadi, shuning uchun oxirgi ikki identifikator bir biridan farq qiladi. Borland kompilyatorlaridan foydalanilganda nomning birinchi 32 harfi ,ba'zi kompilyatorlarda 8 ta harfi inobatga olinadi. Bu holda NUMBEROFTEST va NUMBEROFROOM identifikatorlari bir biridan farq qilmaydi. Xizmatchi so'zlar. Tilda ishlatiluvchi ya'ni dasturchi tomonidan o'zgaruvchilar nomlari sifatida ishlatish mumkin bo'lmagan identifikatorlar xizmatchi so'zlar yoki kalit so'zlar deyiladi. Kompilyatorning texnik dokumentatsiyasida barcha zahiralangan so'zlarning ro'yxati turadi. O'zgaruvchilarni ta'riflash. C++ tilida o'zgaruvchini aniqlash uchun kompьyuterga uning tipi (masalan, int, char yoki float) hamda ismi xaqida haqida ma'lumot beriladi. Bu axborot asosida kompilyatorga o'zgaruvchi uchun qancha joy ajratish lozim va bu o'zgaruvchida qanday turdagi qiymat saqlanishi mumkinligi haqida ma'lumot aniq bo'ladi. O'zgaruvchi nomi identifikator bo'lib, xizmatchi so'zlardan farqli bo'lishi kerak. Har bir yacheyka bir bayt o'lchovga ega. Agar o'zgaruvchi uchun ko'rsatilgan tip 4 baytni talab qilsa, uning uchun to'rtta yacheyka ajratiladi. Aynan o'zgaruvchini tipiga muvofiq ravishda kompilyator bu o'zgaruvchi uchun qancha joy ajratish kerakligini aniqlaydi. Kompyuterda qiymatlarni ifodalash uchun bitlar va baytlar qo'llaniladi va xotira baytlarda hisoblanadi. O'zgarmaslar turlari. O'zgaruvchilar kabi o'zgarmaslar ham ma'lumotlarni saqlash uchun mo'ljallangan xotira yacheykalarini o'zida ifodalaydi. O'zgaruvchilardan farqli ravishda ular dasturni bajarilishi jarayonida qiymati o'zgarmaydi. O'zgarmas e'lon qilinishi bilan unga qiymat berish lozim, keyinchalik bu qiymatni o'zgartirib bo'lmaydi. C++ tilida ikki turdagi, literal va nomlangan o'zgarmaslar aniqlangan. Literalli o'zgarmaslar to'g'ridan-to'g'ri dasturga kiritiladi. Masalan: int myAge =39; Bu ifodada MyAge int tipidagi o'zgaruvchi, 39 soni esa literal o'zgarmasdir. Maxsus belgilar. C++ kompilyatorida tekstlarni formatlovchi bir nechta maxsus belgilardan foydalaniladi. (Ulardan eng ko'p tarqalgani jadvalda keltirilgan). Bu belgilarni dasturda ishlatishda «teskari slesh»dan foydalanamiz. Teskari sleshdan keyin boshqaruvchi belgi yoziladi. Masalan, tabulyasiya belgisini dasturga qo'yish uchun ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:54:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.94 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:54 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.94 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: doc