Asosiy termodinamik tushunchalar Sistema, termodinamika, parametr, izobarik, izotermik, adiabatik, izoxorik. Tashqi muhitdan ajralgan deb faraz qilinadigan jism yoki jismlar guruhi termodinamikada sistema deb ataladi, sistemani tashkil qiluvchi moddalar bir-biriga ta'sir etib turadi. Agar sistemaning xossalari o'zaro farq qiladigan tarkibiy qismlari chegara sirtlar bilan ajratilmasa, bunday sistema gomogen sistema deyiladi. Agar sistemaning tarkibiy qismlari bir-biridan chegara sirtlar bilan ajratilsa, bunday sistema geterogen sistema deyiladi. Agar sistema bilan tashqi muhit orasida na modda va na energiya almashuvi bo'lsa, bunday sistema izolyatsiyalangan sistema deyiladi. Sistemaning holati sistema parametrlarini o'zgartirish (harorat, bosim, hajm, konsentratsiya, ichki energiya) bilan tushuntiriladi. Jismga berilgan issiqlik jism ichki energiyasining ortishiga va tashqi ish bajarishiga sarf bo'ladi. Barcha termodinamik protsesslar to'rt xil bo'ladi. 1. Izobarik jarayon. O'zgarmas bosimda sodir bo'ladi. (P=const). 2. Izotermik jarayon. O'zgarmas haroratda sodir bo'ladi. (T=const) 3. Adiabatik jarayon. Jarayon vaqtida tashqi muhitdan issiqlik berilmasa va sistemadan issiqlik olinmasa, bunday jarayon adiabatik jarayon deyiladi. 4. Izoxorik jarayon. O'zgarmas hajmda sodir bo'ladigan jarayon (V=const). Kimyoviy jarayon, ko'pincha, sistemaning ichki energiyasi va entalpiyasi o'zgarishi bilan boradi. Issiqlik chiqishi bilan boradigan reaksiyalar ekzotermik, issiqlik yutilish bilan boradigan reaksiyalar endotermik reaksiyalar deyiladi. Reaksiya vaqtida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan maksimal issiqlik reaksiyaning issiqlik effekti deyiladi. Issiqlik o'zgarmas bosim yoki o'zgarmas hajmda olinadi. Ekzotermik reaksiyalarda ajralib chiqadigan issiqlikdan kimyoviy ishlab chiqarishda foydalaniladi. Masalan, sulfid angidrid oksidlanganda chiqadigan issiqlikdan issiq almashtirgichlarda dastlabki moddalarni kerakli haroratga (400-450°Cga) qadar isitish uchun foydalaniladi. Ammiak sintezida ajralib chiqadigan issiqlik sintez kolonnalariga kiradigan vodorod va azotni isitish uchun sarflanadi. Termodinamikaning birinchi qonuni Termodinamikaning birinchi qonuniga muvofiq, alohida olingan sistemada energiyaning umumiy miqdori o'zgarmaydi, energiya yo'qolib ketmaydi va yo'qdan bor bo'lmaydi. Har qanday jismda ma'lum energiya zonasi bo'ladi. Jismda bo'ladigan barcha energiya zaxirasi jismning umumiy energiyasi deyiladi. Kimyoviy termodinamikada sistemaning ichki energiyasi degan tushuncha kiritiladi. Sistemaning ichki energiyasi uning energiyasi uning umumiy energiya zaxirasi bilan o'lchanadi, sistemaning potensial va kinetik energiyalari hisobga olinmaydi. Demak, sistemaning ichki energiyasi undagi molekulalarning o'zaro tortilish va itarilish energiyasi, ilgarilanma harakat energiyasi, aylanma harakat energiyasi molekula ichida atom va atom gruppasining tebranish energiyasi, atomlarda elektron aylanish energiyasi, atom ijrosida bo'lgan energiya va hokazo energiyalarning yig'indisiga teng. Ichki energiya sistema holatini xarakterlaydi. Sistemaning ichki energiyasi moddalarning xiliga, ularning miqdoriga, bosim, harorat va hajmga bog'liq. Biz ichki energiyani ΔU harfi bilan belgilaymiz. ΔU=U2-U1 ΔU - ichki energiyaning o'zgarishi, uning qiymati faqat U1 va U2 ga, ya'ni sistemaning dastlabki va oxirgi holatiga bog'liq, ammo sistema bir holatdan ikkinchi holatga qay usulda o'tganiga bog'liq emas. Masalan, ma'lum sistema qizdirilsa, ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:54:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.59 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:54 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.59 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: doc