Asosiy xotira Reja: Asosiy xotiraning fizik strukturasi Asosiy xotiranng mantiqiy strukturasi Tizimli shina Disketalar Asosiy xotiraning fizik strukturasi. Asosiy xotira ( AX ) o'z ichiga tezkor (ROM - Random Assess Memory) va doimiy (ROM - Read Only Memory) eslab qolish qurilmalarini oladi. Tez eslab qolish qurilmasi (TEQQ ShK ishining joriy bosqichidagi hisoblash jarayonida bevosita qatnashayotgan axborotlarni (dasturlar va qiymatlar) saqlash uchun. mo'ljallangan. TEQQ - energiyam bog'liq xotira: kuchlanish uzilganda unda saqlanayotgan ma'lumot yoqoladi. TEQQ, asosini yarim o'tkazgichli eslab qolish elementlarining (triggerlarni) matrisasini o'z ichiga olgan katta integral sxemalar tashkil etadi. Eslab qoluvchi elementlar matrisaning vertikal va gorizontal shinalarining kesishishida joylashgan; ma'lumotlarni yozish va o'qish tanlangan xotira yacheykasiga tegishli bo'lgan elementlar bilan ulangan matrisaning shinalari bo'yicha elektr impulslarni berish orqali amalga oshiriladi. Konstruktiv jihatdan tezkor xotira elementlari ayrim xotira modullari ko'rinishda bajariladi - katta bo'lmagan plataga bitta yoki bir nechta mikrosxemalar kavsharlangan. qo'llaniladigan modullar tiplari: - DIP (Dual In Line Paskage) va SIPP (Single In Line Paskage), hozir juda kam qo'llanilmoqda; - SIMM (Single In Line Memory Module); SIMM modullari 256 Kbayt, 1, 4, 8, 16, 32 yoki 64 Mbayt sig'imga ega, saqlanayotgan bitlar juftligini nazorat qilinadi va nazorat kilinmaydi; kompyuterning bosh platasi razyomlariga mos keluvchi 30 - («qisqa» - eskirgan variant) va 72-kontaktli («uzun») razyomlarga ega bo'lishi mumkin; uzun modullar ROM YeDO xotirasini tashkil etishda ham qo'llaniladi. - DIMM (Dual In Line Memory Module) - 168-kontaktli razyomlarga ega bo'lgan yangi tipdagi moduldir; shunday mos razyomlarga ega bo'lgan faqat yangi tipdagi tizimli platalarga o'rnatilishi mumkin. DIMM modullari ROM YeDO va SD ROM xotiralarni tashkil etishda qo'llaniladi. 486 MP uchun bosh platalarda 30- vayoki 72-kontaktli modullar ishlatiladi, Pentium-mashinalarda esa odatda 72-kontaktli SIMM modullar yoki 168-kontaktli DIMM modullar qo'llaniladi. 30-kontaktli SIMM modulning uzunligi 10 sm dan oshiqroq, DIMM modulning uzunligi esa 13 sm atrofida. Bosh platala xotira modullarini o'rnatish uchun bir nechta razyomlar guruhi (banklar) bo'lishi mumkin, bitta bankka bir xil sig'imli bloklarni qo'yish mumkin, masalan, faqat 1 Mbaytdan yoki faqat 4 Mbaytdan, turli xil sig'imli bloklarni faqat turli banklarda o'rnatish mumkin. Ko'pchilik mikrosxemalarda murojaat qilish vaqti 60 yoki 70 ns; agar bosh plata 60 nanosekundli modullarga mo'ljallangan bo'lsa, unga 70 nanosekundli modullarni o'rnatish mumkin emas, teskarisiga esa mumkin. Hozir tez sahifali murojaat qilinadigan FPM (Fast Page Mode) xotira bilan bir qatorda Pentium va Pentium Pro MP lari uchun ishlab chiqilgan ko'paytirilgan tezkorlikli DROM xotirasining ushbu yangi tiplari paydo bo'ldi: ROM YeDO (Yextented Data Output) va SD ROM (Synchronous DROM). ROM YeDO xotirasi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:54:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.5 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:54 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.5 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: doc