Assembler dasturlash tili asoslari

Assembler dasturlash tili asoslari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Assembler dasturlash tili asoslari - rasmi

Material tavsifi

Assembler dasturlash tili asoslari Reja Assembler dasturlash tili haqida Assembler elementlari Assemblerda dastur tuzilishi Kalit so'zlar Mashina kodi Assembler Qo'yi va yuqlri dasturlash tillari Direktivalar Assembler komandalari registrlar Assembler dasturlash tili haqida Mashina kodi - aniq bir hisoblash tizimi(protsessor) ning buyruqlar tizimi bo'lib, bevosita protsessor tomonidan interpretatsiya qilinadi. Interpretatsiya - bu komandalarni ketma ket (bitta-bittalab)tahlil qilib, manosini anglab, shu zaxotiyoq bajarish jarayonidir. Assembler tili komandalarini mashina tushuna olmaydi. Mashina uchun esa alohida mashina tili mavjud bo'lib, u faqat ikkilik sanoq tizimidagi sonlar oqrali ifodalanadigan buyruqlar ketma-ketligi ko'rinishida bo'ladi va juda ham sodda, ammo yodda saqlash murakkabdir. Unda to'g'ridan-to'g'ri dasturlash juda qiyin. Shu sababli inson uchun mo'ljallangan dasturlash tilida yozilgan dasturni mashina tiliga o'girib beradigan vosita kerak bo'ladi. Bu vosita dasturlashda kompilyator deyiladi. Mashina komandalari o'z navbatida butun sonlar bo'lib, protsessor registriga yoziladi. Protsessor bu sonlarni o'qib oladi va bu komandalarga mos operatsiyalarni bajaradi. Assembler dasturlash tili haqida Quyi dasturlash tili - bu mashina kodlari bilan dasturlashtirishga maksimal yaqinlashtirilgan dasturlashtirish bo'lib, mashinna kodlaridan farqi quyi dasturlash tilida komandalar butun sonlarga emas, komanda nomlariga(mnemonika) mos keladi. Masalan, komanda ADD - bu ADDITION (qo'shish) so'zidan qisqartma olingan. Shu sababli quyi dasturlash tili mashina tiliga nisbatan dasturlarni yozish va o'qishda osonroq hisoblanadi. (inson uchun). Quyi dasturlash tili konkret bir protsessorga bog'liq bo'ladi. Yuqori dasturlash tili - inson tiliga maksimal yaqinlashtirilgan til bo'lib, na operatsion tizimga va na konkret protsessorga bog'liq emas. Assembler tili - bu quyi dasturlash tili bo'lib, unda dastur tuzishimiz mumkin. Xar bir protsessorning o'ziga tegishli assebler tili bo'ladi. Assembler - bu assembler tilida yozilgan dastur matnini bajariluvchi fayl (EXE yoki COM) ko'rinishiga o'giruvchi(kompilyatsiya qiluvchi) maxsus dastur hisoblanadi. Assembler dasturlash tili haqida Assemblerda yoziladigan dasturlar hamma dasturlash tllarida bo'lgani kabi, oddly matn sifatida matn muharirlari orqall yoziladi. Assemblerda tuziladigan dasturlar mikroprotsessor imkoniyati va resurslarini to'liq hisobga olgan holda amalga oshiriladi, masalan, 16-bit, 32-bit va hk. Dasturlarning tabiatiga bog'liq ravishda ularni assemblerlash va bog'lanish muharrirlari yordamida exe-faylga yig'ish uchun turli kompilyatorlar ishlab chiqilgan. Masalan: MASM (Masro Assembler) - Microsoft firmasining paketi. DOS bilan bir vaqtda Windows 9xNT uchun assembler dasturlarini kompilyatsilashda ishlatiladi. Yangi versiyasi paketi MASM32 deb nomlanadi; TASM (Turbo Assembler) - Borland firmasining mahsuloti. DOS dasturlarini kompilyatsiya qilishda qo'llaniladi. Yangi versiyasi TASM5 yoki TASM5+ (TASM5Plus) deb ataladi; WASM (Watcom Assembler) - Watcom firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. DOS va Windows uchun tuzilgan dasturlarni kompilyatsiyalashda juda sodda interfeysga ega; Lazy Assembler - TASM ning rivojlantirilgan versiyasi, yangi buyruq protsessorini o'zida mujassamlashtirgan; FASM (Flat Assembler) ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.43 MB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:05 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.43 MB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga