Assembler jadvali va algoritmi

Assembler jadvali va algoritmi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Assembler jadvali va algoritmi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Assembler tili va uning vazifalari. Assembler tili buyruqlari. Assemblerda psevdo buyruqlar. Berilganlarni aniqlash. 1. Assembler tili va uning vazifalari. Assembler-bu mnemokodlardan tuzilgan programma. Shu tilda tilda tuzilgan programmani boshlang'ich programma deb ataymiz. MP buyruqlarini sonli kodlardan tuzilgan programmani obyekt programma deb ataymiz. Demak, assemblerning vazifasi boshlang'ich programmani MP tushunadigan obyekt programmaga o'tkazishdan iborat. IBM firmasining ikkita programmalar paketi bor-kichik assembler (ASM) va makroassembler (MASM). ASM uchun bor-yo'g'i 64 K kerak bo'ladi, MASM esa 96 K talab qiladi. Ularning bir-biridan farqi: ASM xatolarning faqat kodini beradi; MASM xatoning o'zini ham chop etadi, 80287 va 80286 MP larning buyrug'ini ham tushunadi, makrota'riflarni ishlatadi. Yuklagich. Avvalo programmani biror matn muharririda yozib fayl tashkil etish kerak bo'ladi. Endi tuzilgan programmani assemblerlash kerak bo'ladi. Buning uchun diskdan ASM.EXE (ASM uchun) yoki MASM.EXE (MASM uchun) fayllardan birortasini topib ishlatish kerak. Shunda displey earkniga quyidagi ma'lumotlar chiqadi: Source filename [.asm] object filename [filename.obj] source listing [nul.lst] cross-reference [nul.crf]. Shunda kursor birinchi qatorning oxirida turadi, unga boshlang'ich programma nomini kiritish kerak bo'ladi. Fayl kengaytmasi .ASM ni yozish shart emas, chunki assembler o'zi uni turibdi deb faraz qiladi. Ikkinchi qatordagi so'rovga hosil qilinadigan obyekt programmasining nomi, kerak bo'lsa kerakli diskyurituvchi nomini ham ko'rsatish mumkin. Uchinchi qatordagi so'rov oshkormas ravishda programmani assemblerlash kerak emasligini qabul qiladi. Agarda listingi kerak bo'lsa diskyurituvchini nomini ko'rsatish kerak. Agarda oshkormas qiymatlarni qabul qilish kerak deb hisoblasangiz, u holda oxirig uchta so'rovga klavishi bosib javob berishingiz mumkin. Endi hosil qilingan obyekt programmadan bajariladigan programma hosil qilish uchun yuklagich programma LINK.EXE ishlatiladi. Bu programma ishlatilganda displey ekraniga quyidagi ma'lumotlar chiqadi: Object Modules [.obj] Run File [nomi.exe] List File [nul. map] Libraries [.lib] Birinchi so'rovga obyekt programmaning ismi beriladi, bunda .obj fayl kengaytmasini bermasa ham bo'ladi.Ikkinchi so'rovga bajariluvchi fayl nomini berish kerak bo'ldai. Kerak bo'lsa diskyurituvchi nomini ko'rsatish mumkin. Uchinchi so'rovga CON javobini kiritish kerak, aks holda kesishmalar jadvali MAP fayl diskda hosil bo'ladi va bekorga joy oladi. CON javobini berganda esa, u fayl displey ekranida hosil bo'ladi. To'rtinchi so'rovga ni bosish kerak, shunda LINK yuklagich qolgan parametrlarni oshkormas ravishda qabul qiladi. DEBUG sozlovchisi. DEBUG sozlovchi programmaning har bir buyrug'ini ketma-ket bajarilishini ko'rsatib turadi. DEBUG ning quyidagicha buyruqlari mavjud: G n - n adresli buyruqgacha programmani bajarish; Dn - xotiraning qiymatini ichki (o'n oltilik) ko'rinishda n- adresdan boshlab chiqarish; U n - xotiraning qiymatini tashqi (belgili) ko'rinishda n-adresdan boshlab chiqarish; R - Registrning qiymatini chiqarish; Q - DEBUG dan chiqish. Bu buyruqda ko'rsatilgan n ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.48 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.48 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga