Astrofizik tekshirish usullari va osmon yoritkichlarining fizik ko'rsatkichlarini o'lchash Reja: Astrofizik tekshirishdan maqsad. Yulduzlarning spektri. Nurlanishlarning Yer atmosferasida kuchsizlanishi. Astrofizik tekshirish usullari. Astrofizik tekshirishlar osmon yoritkichlarinig fizik holati va ko'rsatkichlarini (temperatura, zichlik, bosim, massa, radius) va kimyoviy tarkibini aniqlashga qaratilgan. Osmon yoritkichi to'g'risidagi bu ma'lumotlarni undan kelayotgan nurlanish oqimi keltiradi. Osmon yoritkichidan kelayotgan nurlanish oqimi quvvatini va yoritkichning uzoqligini o'lchash yo'li bilan uning temperaturasini, undan kelayotgan nurlanishni spektrga yoyish va uni tekshirish yo'li bilan uning boshqqa ko'rsatkichlarini va kimyoviy tarkibini aniqlash mumkin. Bu ishlarni amaliy astrofizika bajaradi va u bir necha bo'limlarga bo'linadi. Astrofizik tekshirishlar yoritkichlardan kelayotgan nurlanish oqimini o'lchashdan va tahlil qilishdan boshlanadi. Yoritkichlarning rangi turlicha nurlanishlarni qabul qiluvchilarning spektral sezgirligi o'tkazish yo'li har xil. Shuning uchun tekshirish usullariga o'tishdan oldin osmon yoritkichlarining fizik xususiyatlarini belgilovchi, ularni bir - biridan ajratib turuvchi umumiy ko'rsatkichlariga to'xtalib o'tish kerak. Shunday ko'rsatkichlardan ikkitasi yoritkichlarning rangi va spektridir. Yulduzlarning yorqinligini o'zaro solishtirib o'lchashda ularning bu ko'rsatkichlarini hisobga olish zarur. Yulduzlarning spektri teleskopga o'rnatilgan spektrograf yoki obyektivi oldiga prizma o'rnatilgan astrograf yordamida olinadi. Bunday spektrlar past dispersiyali bo'ladi (100 mmA) va ularda intensiv chiziqlar ko'rinadi. Ko'pchilik yulduzlarning spektri qora chiziqlar bilan kesilgan tutash spektrdan iborat. Tutash spektr yulduzning ichki zich gaz qatlamlarida hosil bo'ladi. Bunday tutash spektrga ega nurlanish yulduzning tashqi, nisbatan past temperaturali va siyrak gazlardan tarkib topgan qatlamlari, atmosferasi, orqali o'tayotganda atomlar tomonidan yutiladi, natijada spektrda yutilish qora chiziqlari hosil bo'ladi. Bu yutilish chiziqlari orqali yulduz atmosferasidagi kimyoviy tarkib aniqlanadi. Yulduz spektrlariga qarab kuzatilgan barcha yulduzlar o'nta sinfga bo'lingan, ular quyidagi ko'rinishda Kuzatilgan yulduzlarning 99 % sinfig kiradi, qolganlari sinflariga kiradi. Oxirgi yillarda past temperaturali yulduzlar aniqlandi va ularni 2 ta spektral sinfga ajratildi. Ularning harorati 3500 dan past bo'lib, L sinfiga kiruvchi yulduzlar spektrida ishqor metallar (Li, Na, K, Cs) chiziqlari T sinfiga kiruvchi yulduzlar spektrida metan (NH4) va ishqor metallar chiziqlari kuzatiladi. (Yulduzlarning spekral sinflari mustaqil o'rganiladi). Yer yuzida turib bajarilayotgan astrofizik takshirishlar yoritkichning Yer atmosferasi orqali o'tib kelayotgan nurlanishi ustida olib boriladi. Bu nurlanish atmosferadan o'tayotganda uni tashkil qilgan zarrachalar tomonidan yutiladi va sochiladi natijada nurlanish intensivligi kamayadi, ya'ni kuchsizlanadi va uning spektral tarkibi o'zgaradi. Nurlanishning atmosferadan o'tgandan keyingi kuchsizlanish miqdorini o'lchash usulini Buger tomonidan kiritilgan va uni Buger usuli deb ataladi. Ko'rinma yulduz kattaligi quyidagi qonun bo'yicha topiladi: bu yerda -z zenit masofada bo'lgan yulduz kattaligi. - z zenitda bo'lgan vaqtdagi yulduz kattaligi. - z zenit masofadagi havo massasi. - atmosferaning tiniqlik koeffitsiyenti. Yoritkichlardan kelayotgan nurlanishlar Yer atmosferasida ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:54:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.11 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:54 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.11 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: doc