Astrofizika fanining predmeti va tushunchalari Reja: 1 Astrofizika fani va bo'limlari. 2 Astrofizika tekshirish usullari. 3 Elektromagnit nurlanishi va uning xususiyatlari. 4 Yer atmosferasining elektromagnit nurlanishlarga ta'siri. 5 Astrofizik observatoriyalar. Astrofizika astronomiya fanining eng katta, yosh va rivojlangan bo'limlaridan biridir. Bu bo'lim hozirgi kunda alohida fan sifatida astronomiya fanidan ajralib chiqqan. Uning asosiy maqsadi fizika qonunlariga asoslangan holda osmon yoritgichlarining, shuningdek yer, Oy, Sayyoralar, Astroidlar, Kometalar, Meteroitlar, diffuz tumanliklar va materiyaning fizik hodisa va xossalarini, kimyoviy tarkibini, ularning yuza qatlamida ro'y berayotgan jarayonlarning fizik tabiatini, ichki tuzilishi va rivojlanishini o'rganadi Bu masalani xal qilish uchun uning 3 ta bo'limi ishtirok etadi. Amaliy astrofizika Nazariy astrofizika Umumiy astrofizika. Amaliy astrofizikaning asosiy vazifasi osmon yoritkichlarining tekshirish vositalari va usullarini ishlab chiqish va amalda qo'llashdir. U teleskoplarni tuzilishi vazifasi va qo'llanilishini, uning kamchiliklari va bu kamchiliklarni yo'qotish yo'llarini teleskopga o'rnatiladigan qo'shimcha asboblar va nurlanishlarni qayd qiluvchilarning ishlash prinspilarini va asosiy ko'rsatkichlarini tekshirish usullarini va ular yordamida osmon yoritkichlarini fizik ko'rsatgichlarini o'lchashni o'rgatadi. Nazariy astrofizika kuzatish natijalarini nazariya bilan bog'langan holda osmon yoritgichlarining modelini yaratadi va unda bo'layotgan fizik jarayonlar tabiatini ochib beradi. Bunda nurlanish qonunlariga yulduzlar atmosferasida energiyaning sochilishi, yutilishi hodisalariga asoslangan holda yulduzlarning ichki qatlamini tuzilishini, uning hosil bo'lishi va rivojlanishini o'rganadi Umumiy astrofizikaning asosiy vazifasi Quyoshning tuzilishi, aktivligi, atmosferasida kuzatiladigan jarayonlarni namoyon bo'lishi sababi va qonuniyatlari, sayyoralar va Quyosh sistemasiga kiradigan kosmik jismlarning tabiati, shuningdek yulduzlarning fizik xususiyati va qonuniyatlarini, ular sirtida ro'y berayotgan jarayonlar tabiatini, yulduzlararo muhitda tarqalgan chang va gazning fizik tabiati va kimyoviy tarkibini o'rganishdir. Yoritgichlarning fizik tabiatini o'rganishda bir qator usullar fizika sohasida yaratilgan yangi qonunlar asosida vujudga keldi. Bu usullardan biri spektral tahlil usulidir. 1859 yilda Kirxgof va Bozen tomonidan yaratilgan spektral tahlil asosida astrofizikada astrospektraskopiya usuli vujudga keldi. Celner tomonidan yorug'lik miqdorini o'lchash imkoniyati yaratildi va u astrofotometriya usuliga asos bo'ldi. 19 asrning ikkinchi yarmidan boshlab astrofotografiya usuli ishlatila boshlandi. Bu usulning qulayligi shundan iboratki, olingan kuzatish natijalarini istalgan uzoq muddatda saqlash va undan foydalanish mumkin. Fotoeffekt hodisasining ochilishi fotoelementlar fotoelektr yo'li bilan yorug'lik miqdorini aniqlash elektromagnit to'lqinlarning hosil qilish va qabul qilish imkoniyatining yaratilishi radioastronomiya usulining yaratilishiga asos bo'ladi. Fan va texnikaning rivojlanishi elektron teleskoplar, ularda ishlatiladigan elekrton - optik uzgartiruvchilar , televizion texnikalari qo'llanilishiga imkon yaratildi. Astrofizik tekshirishlar asosan osmon yoritkichlaridan yerga etib kelayotgan elektromagnit nurlanishlar asosida bajariladi. Bu nurlanishlar koinotning turli nuqtalaridan 300 km s tezlik bilan bizga milliardlab yillarda etib keladi. Nurlanishni hosil qiladigan jarayonlarni o'zgartirish mumkn emas, takrorlanmaydi va tez ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:54:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.58 KB
Ko'rishlar soni
156 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:54 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.58 KB
Ko'rishlar soni
156 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: doc