Astrotsvirlarni qayta ishlash bo'yicha amaliy mashg'ulot XX asrning 80-yillarida Zaryadli Aloqali Qurilmalar (ZAQ) ya'ni CCD kameralar yaratildi; Ularning tasvirlarini qayta ishlashga mo'ljallangan dasturlardan biri bu - Image Reduction Analysis Facility ya'ni IRAF hisoblanadi; IRAF dasturlar paketi Arizona Milliy Optik Astronomik Observatoriyasi xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan; IRAF dasturlar paketi faqatgina LINUX operatsion sistemasida ishlaydi va hozirga qadar uning WINDOWS platformasida ishlovchi prototipi yaratilmagan; ZAQ tasvirlarini birlamchi qayta ishlash jarayoni yordamchi tasvirlarni hisobga olishni nazarda tutadi; Yordamchi tasvirlar asosan BIAS, DARK va FLAT dan iborat; BIAS - nol holat toki kameranig xususiyatlariga bog'liq bo'lib, expozitsiya vaqti va filtr bilan hisoblshmaydi; DARK - qorong'ulik toki bo'lib, asosan issiqlik shovqinlari hisobiga yuz beradi. Uning qiymati vaqtga bog'liq funksiya hisoblanadi va filtr bilan hisoblashmaydi; FLAT - yorqin osmon foni bo'lib, teleskop optik sistemasining nochiziqliligi hisobiga paydo bo'ladi. Alohida FLAT tasviridan tasvir yuzasini tekislashda foydalaniladi. U filtrga bog'liq hisoblanadi; Tasvirlarni qayta ishlashga tayyorlash jarayoni birlamchi qayta ishlash deyiladi; Birlamchi qayta ishlashda BIAS va DARK tasvirlari asosiy tasvirdan ayriladi va asosiy tasvirni FLAT tasviriga bo'lish orqali uning yuza tekisligi to'g'rilanadi; Dastavval LINUX operatsion sistemasidan KONSOLE aplikatsiyasi ishga tushuriladi va keyin XgTERM komandasi yurgiziladi; Keyin -ls va -sb komandalari orqali iraf dasturlari joylashgan papkaga kirilib, cl cd iraf komandasi orqali IRAF dasturlar paketi ishga tushuriladi; shuningdek -ls va -cd komandalari orqali yordamchi va qayta ishlanishi lozim bo'lgan tasvirlar turgan papkaga kiriladi; cl disp - komandasi orqali kerakli tasvir DS9 oynasiga yuklab olinadi; Keyin cl ? Komandasi orqali IRAF dasturlar paketi menyusi ochiladi; BIAS 1 BIAS 2 BIAS 3 SUPER BIAS DARK 1 DARK 2 DARK 3 SUPER DARK FLAT 1 FLAT 2 FLAT 3 SUPER FLAT CCDPROC DAN OLDIN CCDPROC DAN KEYIN Qayta ishlanishi lozim bo'lgan tasvir da disp komandasi orqali ds9 oynasiga yulkanadi; Keyin da daoedit komandasi yurgiziladi; Qayta ishlash uchun tanlangan tasvirdagi o'rganilishi lozim bo'lgan yulduzlar ustuga sichqoncha ko'rsatgichi olib borilib, klaviaturadan A tugmachasi bosiladi; Barcha kerakli obyektlar uchun bu operatsiya bajarilib bo'lingach, klaviaturadan Q tugmachasini bosish orqali DAOEDIT komandasi to'xtatiladi; Ekranda esa tanlangan ob'tektlar uchun FWHM va SIGMA ning mos qiymatlari chiqadi; Mos ravishda tanlangan barcha obyektlar uchun FWHM va SIGMA ning qiymatlaridan umumiy o'rtacha FWHM va SIGMA topiladi; Ularning o'rtacha qiymati CENTER komandasining DATAPAR sozlanmasiga kiritilishi lozim. Buning uchun DAOPHOT dan chiqib, APPHOT ga o'tiladi CENTER DATAPAR ga FWHM va SIGMA ning o'rtacha qiymati kiritilgach, ap center komandasi yuritiladi; Tanlangan va ds9 oynasiga chiqarilgan tasvirdagi kerakli obyektlar ustiga sichqoncha ko'rsatgichi keltirilib, klaviaturaning PROBEL ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:54:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
4.44 MB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:54 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
4.44 MB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: ppt