AutoCAD 2004 tizimini ishga tushirish, foydalanish interfeysi, standart asboblar paneli Reja: 1. AutoCAD tizimini ishga tushirish. 2. Foydalanish interfeysi stoli 3. Standart asboblar paneli. 4. Svoystva obyekta- obyektning xususiyati paneli 5. Risovaniya- Chizish paneli 6. Izmenit- O'zgartirish paneli AutoCAD tizimini ishga tushirish Malumki kompyuter quyidagi ketma-ketlikda elektr tarmog'iga ulanadi, yani yuklanadi: Protsessor - Monitor - Printer va boshqalar. Uni o'chirish esa aksincha bo'ladi: Printer - Monitor - Protsessor. Kompyuter elektr manbaiga ulangach, ekranning chap tomonida ustun ko'rinishida unga kiritilgan asosiy programmalar, Yarlik - ramziy belgi ko'rinishida joylashgan bo'ladi. Ularning orasida AutoCAD 2004 ga kursorni Sichqon yordamida uning chap tugmasini ikki marotaba ketma-ket bosib yuklanadi. Natijada AutoCAD 2004 ning grafik interfeysi namoyon bo'ladi. Ushbu loyihalash muhitining tarkibiga quyidagi asosiy elementlar kiradi: Asosiy menyu; Asboblarning standart paneli; obyektning xususiyati paneli; Chizish paneli ; O'zgartirish paneli ; Muloqotlar paneli; Holatlar satri. Foydalanish interfeysi stoli AutoCAD ning asosiy menyusiga quyidagilar kiradi: Fayl - fayllar bilan ishlash menyusi; Redaktirovat - Windows stolidagi grafik maydon qismlarini taxrir qilish menyusi; Vid - Ekran ko'rsatgichlarini boshqarishda kerakli asboblar paneli va boshqa buyruqlarni o'rnatadi; Vstavka - ilovadagi va tashqi obyektlarni bloklarga qo'yishni ta'minlash; Format - rang va chiziq turlari, matn holatini va o'lchamini boshaqarish, o'lchamlar birligini o'rnatish, chizma chegaralarini aniqlash kabi buyruqlar menyusi; Instrumenti - ekranda foydalanishda tizimlarni boshqarish buyruqlari menyusi. Ular yordamida muloqot darchasidan foydalanib, chizma ko'rsatgichini o'rnatish kabi buyruqlar bajariladi; Risovat - turli shakllar chizish va hajmini o'zgartirish kabi buyruqlarni bajaradi; Razmer - o'lcham ko'rsatgichlarini boshqarish va ularni qo'yish buyruqlari ochiladi; Izmenit - chizma elementlarini o'zgartirish - chizmani va undagi yozuvlarni tarir qilish buyruqlari ochiladi; Express - Okno - bir vaqtda foydalanishda bo'lgan axborotlarni fayldan faylga o'tib ularni ochadi; Spravka - AutoCAD 2004 dasturi haqida yangi foydalanuvchilar uchun to'liq ma'lumot berilgan. Standart asboblar paneli Standart asboblar paneli asosiy menyu ostida joylashgan. Asboblarning standart panelida ko'p ishlatiladigan menyu buyruqlarining chaqirish uchun maxsus tugmachalar joylashtirilgan. Noviy - yangi list ochish buyrug'i tugmasi; Otkrit (Ctrl+O) - mavjud faylni ochish buyrug'i; Soxranit (Ctrl+S) - faylni xotirada saqlash buyrug'i; Pechat (Ctrl+P) - chizmani qog'ozga chiqarish tugmasi; Nastroyki pechati- chizmani chop qilishga tayyorlash; Publikovat- DWF formatida chop qilish; Pomestit v bufer (Ctrl+X)- chizmadan belgilab olinganlarni - elementlarni buferga kesib olish; Kopirovat v bufer (Ctrl+C)- tanlab olingan elementlarni buferga nusxasini olish; Vstavit iz bufera (Ctrl+V)- buferdagi nusxani belgilangan o'ringa qo'yish; Uchitivat svoystva- obyekt haqidagi ma'lumotlarni inobatga olish; Otmenit deystvie- oxirgi amalni bekor qilish; Povtorit deystvie- oxirgi bekor qilingan amalni qayta tiklash;; Panorama realnogo vremeni- ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:54:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
199.19 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:54 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
199.19 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: doc