AutoCAD dasturi imkoniyatlari Avtomatlashtirilgan loyihalash vositalari- Kompyuterda turli qurilmalar, mexanizmlar va binolarning loyihalarini yaratishga xizmat qiluvchi vositalardir. Hozirgi vaqtda uch o'lchamli kompyuterli modellashtirish vositalari foydalanuvchilarning e'tiborida bo'layapti va bu tasodifiy emas albatta. Ulardan foydalanish konstruktorlik-loyihalash ishlarining sifatli bajarilishi hamda foydalanuvchiga chizmalarni tez, sifatli, yuqori aniqlikda bajarish va qog'ozga chiqarish imkonini beradi. Ushbu qo'llanmada kompyuterli modellashtirishni loyihalashtirishning universal grafik sistemasi muhitidan iborat bo'lgan AutoCAD dan foydalanish uslubi taklif etilgan. Bu AutoCAD tizimi Autodesk kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, loyihalash jarayonida ko'p sonli foydalanuvchilar qulay holda ishlatishlari ko'zda tutilgan. Hozirgi davrda AutoCAD ning dasturiy ta'minoti kompaniyani eng yaxshi mahsuloti bo'lib, shaxsiy kompyuterlarning eng keng tarqalgan avtomatik loyihalash tizimi paketi hisoblanadi. Hozirgi davrda har qanday dastur ta'minotining eng muhim xarakteristkasi buni boshqa dasturlar bilan birgalikda ishlata bilish xususiyatidir. Shu sababli AutoCAD tizimi katta imkoniyatlarga ega bo'lib, o'z mahsulotini 3D Studio tizimiga eksport qilgan holda uch o'lchovli modellarni animatsiya qilish imkoniyatini beradi. AutoCAD tizimida ishlab chiqilgan файлlar Microsoft Office dasturining har qanday mahsulotlari bilan mos keladi . Ushbu qo'llanmada AutoCAD ning siqiq holdagi ruscha versiyasining o'zbek tiliga o'girilgan varianti berilgan. AutoCAD dasturi avtonom rejimida yoki lokal tarmoqda ham ishlashi mumkin. AutoCAD dasturining yaxshi ishlashi uchun quyidagi manbaalar zarur bo'ladi: Pentium 133 protsessori 32 Mbaytli operativ xotira Qattiq diskda 400-750 Mbaytli xotira 640 ga 480 VGA - displeyi Ish stoliga quyidagilar kiritilgan: TUSHUVCHI MENYU QATORI -menyuning eng yuqori qatori; ASBOBLAR PANELI -yuqorida, ish stolining o'ng va chap tomonida. Keyingi ishlarda foydalaniladigan asosiy asboblar paneli: 1) «Standart asboblar» paneli; 2) «Obyekt xossasi» paneli; 3) «Chizish» paneli; 4) «O'zgartirish» paneli; 5) «O'lchamlar» paneli; 6) «Obyektni bog'lash» paneli. Model maydoni Tushuvchi menyu qatori Asboblar paneli MODEL MAYDONINI SOZLASH ALGORITMI 1) Sichqon klavishining o'ng tomonini grafik maydonning ixtiyoriy joyiga bosamiz, Опции punktini belgilaymiz. 2) Ochilgan «Parametrlar» dialog oynasida quyidagi sozlashlarni amalga oshirish mumkin. A) Oyna elementlari ish stoli ko'rinishini sozlash, ya'ni; 1) Rang tugmachasi yordamida model maydoni rangini tanlash mumkin; 2) Dialog oynasiga chaqiriladigan shrift turini Shrift tugmachasi orqali sozlash mumkin. B) Format elementlari maydoniga Varaq maydoni M2 umumiy ko'rinishini sozlash mumkin. V) Aks ettirishni kengaytirish qobiliyati maydonida obyektlarning tasviri sifatini sozlash mumkin, ya'ni yoylar va aylanalar egri chiziqlarda segmentlar soni va h.k. G) Aks ettirish maydoniga uch o'lchovli rang berilgan (3D) obyektlarni aks ettirish sifatini sozlash mumkin. DIALOGLI OYNA yordamida dastur bilan muloqot amalga oshiriladi. Bu oyna bir necha qatordan iborat bo'lib, ularda foydalanuvchi chiqaradigan ta'sir algoritmi aks etgan bo'ladi. Ko'pincha, ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:54:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
794.2 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:54 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
794.2 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: ppt