AutoCAD dasturi. Kompyuterda chizma chizish

AutoCAD dasturi. Kompyuterda chizma chizish

O'quvchilarga / Informatika va AT
AutoCAD dasturi. Kompyuterda chizma chizish - rasmi

Material tavsifi

AutoCAD dasturi. Kompyuterda chizma chizishga doir ma'lumotlar. Qog'oz formatini tanlash va burchak shtampini chizish Reja: Qog'oz formatini tanlash Burchak shtampini chizish Odatda chizma AutoCAD ning Model qati oynasida chiziladi. Chizmani chop etishga taxlash esa Лист (Layouts) qati oynasida bajariladi. Лист qatiga birinchi marta o'tilar ekan Modelda chizilgan barcha chizma bitta Ko'rinish oynasi (Видовый экран) da joylashadi (1-rasm). Punktir chiziq chop etish qurilmasining chop etish sohasini bildiradi, ya'ni punktir chiziqdan tashqarida joylashgan chizma chop etilmaydi. Chop etish chizig'ining chegara chizig'i tanlangan printer va plotterga bog'liq. Lazer printerlari uchun 5-6 mm tashkil qilsa, purkagichli printerlar uchun uch tarafdan 5-6 mm va chop etishni tugash tomonidan esa 12-20 mm tashkil qiladi. 1-rasm. Model qatidan birinchi marta Лист qatiga o'tilayotganda qog'oz o'lchamlari va chop etish qurilmasini va usullarini tanlash uchun Параметры листа muloqat oynasi chiqadi. (2-rasm). Bu muloqat oynasini Файл menyusining Диспетчер параметры листов bo'limi orqali ham chaqirsa bo'ladi. Bu muloqat oynasining ayrim bo'limlari bilan tanishaylik: - Принтерыплоттеры bo'limining Имя darchasidan chop etish qurilmasi tanlanadi. Qurilma xossalarini Свойства tugmasidan o'zgartirish mumkin. - Формат листа bo'limida chop etish qurilmasiga mos standart o'lchamlar tanlanadi. Agar chop etish qurilmasi tanlanmagan bo'lsa, unda ixtiyoriy standart qog'oz o'lchamini tanlash mumkin. Qog'oz parametrlarini chop etish paytida ham tanlash yoki o'zgartirish imkoni bor. - Ориентация чертежа bo'limida tanlangan qog'ozning vertikal (Книжная) yoki gorizontal (Альбомная) holatida joylashishi tanlanadi. Повернуть bayroqchasi qo'yish bilan chizmani chop etish oxiridan boshlanadi. 2-rasm - Печатаемая область bo'limida chop etish uchun soha tanlanadi. U yerda 4 holdan biri tanlanadi (3-rasm). Границы - chop etish qurilmasi ruxsat etgan chegara bo'yicha listdagi barcha ob'yektlar chizmasini chop etadi. Экран - chizmaning ekranda ko'ringan qismini chop etadi. Рамка - bu usul tanlanganda sichqoncha bilan ekranda chop etiladigan to'rtburchak soha ko'rstilishi talab qilinadi. Soha diagonal bo'yicha ikki chekka nuqtalarini ko'rsatish orqali tanlanadi. Ko'rsatilgan soha chop etiladi. Лист - listda joylashgan barcha chizma chop etiladi. Модель qatidan chop etish paytida List o'rniga Limit (chizishi chegarasi) da joylashgan barcha chizma chop etiladi. - Смещение от начало bo'limida (2-rasm) qog'oz pastki chap burchagidan tanlangan sohani X va Y yo'nalishi bo'yicha necha mm ga siljitib chop qilish ko'rsatiladi. Центрировать tanlansa, chizmani qog'oz o'rtasiga joylashtirib beradi. - Масштаб печати bo'limida chop etiladigan sohani qog'ozga joylashtirish uchun masshtab tanlanadi. Вписать belgilansa chizma ko'rinishiga masshtabni AutoCAD o'zi tanlab, to'lasincha tanlangan qog'oz formatiga joylab beradi. U tanlagan masshtab standartga mos kelmaydi. Масштаб degan joydan esa foydalanuvchi o'zi standart kattalashtirish yoki kichiklashtirish masshtabini tanlaydi. Odatda chizma ko'rinishi Лист qatida chop etishga tayyorlangach, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 101.08 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 101.08 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga