AutoCAD dasturida 3D modellashtirish panellari

AutoCAD dasturida 3D modellashtirish panellari

O'quvchilarga / Informatika va AT
AutoCAD dasturida 3D modellashtirish panellari - rasmi

Material tavsifi

AutoCAD Dasturida 3D modellashtirish panellari Reja: AutoCAD dasturini 3D muhitiga sozlash. 3D primitivlari va ular bilan ishlash. AutoCAD dasturini 3D muhitiga sozlash. D3D primitivlari va ular bilan ishlash. D3D sirtlarni yaratish. D3D ob'ektlarini tahrirlash. AutoCAD dasturini 3D muhitiga sozlash. AutoCAD dasturida 3D modellarini qurish uchun dastlab dasturni 3D muhitida ishlash uchun moslashtirish kerak bo'ladi. Buning uchun 3D geometrik ob'ektlarni yaratish, tahrirlash vizuallashtirish kabi funktsiyalar bilan bog'liq qo'shimcha panellarni ekranga chiqarish talab etiladi. Qo'shimcha panellarni ekranga chiqarish uchun ekranda mavjud panellardagi biron bir buyruq piktogrammasi ustida sichqoncha o'ng tugmasi bosiladi va AutoCAD panellari ro'yxati ekranga chiqariladi (Tasvir 1). Ro'yxatda oldin tanlangan 2D modellashtirish uchun zarur bo'lgan 8 ta panellarga qo'shimcha ravishda yana 7 panel tanlanadi. Bular: «Вид» - «Ko'rinish», «Визуальныестили» - «Vizual uslublar», «Моделирование» - «Modellashtirish», «Орбита» - «Orbita», «ПСК» (pol'zovatel'skaya sistema koordinat) - «FKT» (foydalanuvchi koordinatalar tizimi), «Редактирование-2» - «Tahrirlash-2», «Редактированиетела» - «Jismni tahrirlash» panellari. Endi jami panellar soni 15 ta bo'lib, oldingi 2D panellari vaziyati o'gartirilmagan holda yangi 3D panellari qulay qilib ekranga joylashtirib chiqiladi. Ish jarayonida panellar vaziyatini o'zgartirib turish tavsiya etilmaydi. Tasvir 13.2 da panellarni joylashuvi namuna sifatida keltirilgan bo'lib, ular o'rnatib chiqilgandan so'ng albatta panellar vaziyatini dastur xotirasida saqlab qolish tavsiya etiladi va panellar joylashuvi o'zgartirib yuborilganda saqlangan ish muhitiga o'tib panellarning oldingi vaziyatini tiklash mumkin bo'ladi. Tasvir 1 Tasvir 2 Panellar joylashtirib chiqilgandan so'ng ular vaziyatini saqlab qolish uchun menyu satridagi «Сервис»«Рабочеепространство» menyulari ketma-ket tanlanib «Сохранитькак…» bandi tanlanadi (Tasvir 3). Tasvir 3 Ekranga «Сохранитрабочеепространство» - «Ish muhitini saqlash» oynasi chiqadi (Tasvir 4). Ushbu oynadagi tahrirlash bo'limida (Tasvir 4, 1-amal) muhitga nom beriladi (Misol uchun: 3D Xaitov) va «Сохранить» tugmasi bosiladi. Endi panellar vaziyati o'zgartirilgan taqdirda ham istalgan vaziyatda menyu satridagi «Сервис»«Рабочеепространство» menyulari asosida oldingi muhitni tanlab panellarni oldingi vaziyatiga keltirish mumkin bo'ladi. 3D primitivlari va ular bilan ishlash. AutoCAD dasturida oddiy 3D primitivlari mavjud bo'lib ular «Моделирование» - «Modellashtirish» panelida joylashgan. Modellashtirish paneli. Panel 4 bo'limdan iborat (Tasvir 5). 1-bo'limda oddiy 3D geometrik primitivlarni qurish buyruq piktogrammalari joylashgan. Bular: «Политело» -«Polijism»; «Ящик» - «Qutti»; «Клин» - «Pona»; «Конус» - «Konus»; «Сфера» - «Sfera»; «Цилиндр» - «Silindr»; «Тор» - «Tor»; «Пирамида» - «Piramida»; «Спираль» - «Spiral»; 10. «Плоскаяповерхность» - «Tekis sirt (Tekislik)». Ushbu bo'limdagi barcha buyruq piktogrammalari o'z menyusiga ega bo'lib, ular ob'ektlarni geometrik parametrlari asosida qurishni nazarda tutadi. Bunday geometrik parametrlarga quriladigan 3D ob'ektini eni, bo'yi, balandligi, markazi, radiusi kabi xususiyatlari kiradi. Tasvir 5 2-bo'limda turli uslubda jism va sirtlarni qurish buyruq piktogrammalari joylashgan. Bular: ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 275.85 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 275.85 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga