AutoCAD dasturini O'ZDST talablariga moslashtirish

AutoCAD dasturini O'ZDST talablariga moslashtirish

O'quvchilarga / Informatika va AT
AutoCAD dasturini O'ZDST talablariga moslashtirish - rasmi

Material tavsifi

AutoCAD dasturini o'zdst talablariga moslashtirish AutoCAD dasturi avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi bo'lib unda konstruktorlik hujjatlarini O'zDST talablari asosida rasmiylashtirish imkoniyatlari mavjud. O'zDST 2.302-97 asosida AutoCADda masshtablashtirish. AutoCAD dasturida masshtablashtirish geometrik ma'lumotlarni ma'lum bir qiymatga ko'paytirish asosida amalga oshiriladi. Birdan katta qiymatlar kattalashtirish va birdan kichik (nol'dan katta) qiymatlar esa kichraytirishni amalga oshiradi. Misol uchun: Chizmani 2, 4 yoki 5 marta kattalashtirish uchun: 1.«Изменить» - «Tahrirlash» panelidagi «Масштаб» buyruq piktogrammasi tanlanadi (Tasvir 1). 2. Kursor tanlash rejimiga o'tadi va masshtablashtiriladigan ob'ekt yoki ob'ektlar majmuasi tanlanib klaviaturadan «Enter» tugmasi bilan tasdiqlanadi. 3. Klaviaturadan tegishli qiymat ikki, to'rt yoki besh qiymati kiritilib «Enter» bilan tasdiqlansa tanlangan ob'ekt (ob'ektlar majmuasi geometrik parametrlari 2, 4 yoki 5 marta kattalashadi. Tasvir 1 Shuningdek chizmani 2, 4 yoki 5 marta kichraytirish uchun klaviaturadan tegishli ravishda 0.5, 0.25 yoki 0.2 qiymatlari kiritiladi. AutoCADda O'zDST 2.303-97 asosida chizma chiziqlarini standartlash. «Свойства» - «Xususiyatlar» panelidagi «Типылиний» - «Chiziq turi» ustunidagi «Другой» - «Boshqa» buyruq bandi tanlanadi (tasvir 2, 1-amal) va «Диспетчертиповлиний» - «Chiziq turlari dispetcheri» oynasi ochiladi. «Загрузить» - «Yuklash» tugmasi tanlanadi (tasvir 2, 2-amal) va «Загрузкаперезагрузкатиповлиний» - «Yuklashqayta yuklash» oynasi ochiladi. Tasvir 2 3. Klaviaturadan «Ctrl» tugmasi bosilga holatda ACADISO02W100, ACADISO04W100 chiziq turlari tanlanadi (tasvir 2, 3-amal) va «OK» tugmasi bilan tasdiqlanadi (tasvir 2, 4-amal). Ushbu chiziqlar O'zDST talablariga mos shtrix va shtrix-punktir chiziq turlari hisoblanadi. 4. «Диспетчертиповлиний» - «Chiziq turlari dispetcheri» oynasidagi «OK» tugmasi tanlanib oyna yopiladi (tasvir 2, 5-amal). Chizma chiziqlarining qalinligi «Свойства» - «Xususiyatlar» panelidagi «Весалиний» - «Chiziq qalinligi» ustunidan tanlanadi. П Asosiy yo'g'on tutash chiziq qalinligi formatga va chizma murakkabligiga qarab S = 0.5÷1.4 oralig'ida olinadi. A4 formati uchun 0.7 normal qalinlik hisoblanadi. DIngichka chiziqlar - ingichka tutash chiziq, tutash to'lqinsimon chiziq, shtrix chiziq, shtrix punktir chiziqlarning qalinligi S3÷ S2 oralig'ida olinadi. A4 formati uchun 0.25 normal qalinlik hisoblanadi. DIngichka tutash chiziq «Свойства» - «Xususiyatlar» panelidagi «Типылиний» - «Chiziq turlari» ustunidagi «Continuous» (Непрерывный -Tutash) bandini tanlash asosida bajariladi. DTutash to'lqinsimon chiziq «Рисование» - «Chizish» asboblar panelidagi «Сплайн» buyruq piktogrammasi asosida bajariladi. DUzuq chiziq «Свойства» - «Xususiyatlar» panelidagi «Типылиний» -«Chiziq turlari» ustunidagi «Continuous» (Непрерывный - Tutash) bandini tanlash asosida, A4 formati uchun 1 qalinlikda bajariladi. AutoCADda O'zDST 2.304-97 asosida chizma shriftlarini standartlash. Chizma shriftlarining bir nechta shablonlarini oldinidan yaratib qo'yish tavsiya etiladi. Misol uchun: Asosiy yozuvdagi bosh harflar balandligi 2.5, O'lchamlardagi sonlar balandigi 5, titul varaqlarini rasmiylashtirishda bosh harflar balandigi 7 va h. Umuman standartdagi barcha shriftlarning bosh harflari balandligi 2,5; 3,5; 5; 7; 10; 14; 20; ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 572.05 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 572.05 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga