AutoCAD grafik muharriri

AutoCAD grafik muharriri

O'quvchilarga / Informatika va AT
AutoCAD grafik muharriri - rasmi

Material tavsifi

Autocad grafik muharriri Reja: AutoCAD tarixi. AutoCAD dasturini o'rnatish uchun personal kompyuter (PK) sistemasiga qo'yiladigan talablar. AutoCAD dasturini PK ga o'rnatish va yuklash. AutoCADda ob'yekt tushunchasi. AutoCAD tarixi AutoCad - chizmani komputerda tahrirlash dasturi Amerikaning Autodesk firmasi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, dastlabki versialari o'tgan asrning 80 yillarida chiqarilgan va keng ommalashib ketgan. Tizimning doimiy rivojlanib borishi, foydalanuvchilarning e'tiroz va maslahatlari inobatga olinib, kamchiliklarni muayan bartaraf etish va boshqa firmalar maxsulotlari (ayniqsa Microsoft) bilan integrasialashuvi ushbu dasturni butun dunyoda keng ommalashuviga olib keldi. Ushbu dasturning Rossiada keng tarqalishi uning 10 - versiasidan boshlandi. U MS DOS operasion tizimi tarkibida ishlar edi. Keyinchalik, 12 - 13 versialarga doir shu tizimda ishladi va ular sekinlik bilan WINDOWS (WINDOWS 3.1 yoki WINDOWS - 95) operasion tizimiga o'tkazila bordi. 14 - versia to'liq WINDOWS operasion tizimiga o'tkazildi. 199 yilda AutoCAD ning 15 - versiasi chiqdi va u foydalanuvchilar orasida AutoCAD - 200 nomini oldi. AutoCAD ning 16 - versiasi (AutoCAD - 2004) 2004 yilning Mart oyida chiqdi va endilikda firma ularning WINDOWS - 95, 98 operasion tizimlarida yaxshi ishlashiga kafolat bermasdi. Sababi ushbu dasturning to'liq imkoniyatlaridan foydalanish uchun yanada mukammalroq operasion tizimlar kerak edi. Hozirgi kunga kelib, AutoCAD - 2007 dasturi foydalanuvchilar orasida keng ommalashgan bo'lib: WINDOWS 200; WINDOWS XP (Professional Edition); WINDOWS XP (Home Edition); WINDOWS NT 4.0 (Service Pack 6 yoki undanda yuqori versiali) operasion tizimlarda o'rnatish talab etiladi. AutoCAD 2007 dasturini o'rnatish uchun personal kompyuter (PK) sistemasiga qo'yiladigan talablar AutoCAD 2007 dasturi o'rnatiladigan kompyuter ma'lum bir minimal talablarga javob berishi, parametrlarga ega bo'lishi lozim. Ushbu talablarga quyidagilar kiradi: 1. Operasion sistema. WINDOWS XP Professional (sp1 yoki 2) WINDOWS XP Home (sp1 yoki 2) WINDOWS XP Tablet PC WINDOWS X64 2. Web - brauzer Microsoft Internet Explorer 6.0 (sp1 yoki yanada yangi paket) Izoh: dastur o' rnatilgandan so 'ng rasmiylashtirish uchun zarur. 3. Processor Pentium IV yoki undan yuqori 1200 MGc 4. OZU (operativ xotira) 1 GB (tavsiya etiladi) 5. Video 1024X768 VGA, ranglar palitrasi True Color (minimum) 6. Qattiq disk (vinchester) 100 GB o'ringa ega bo'lishi 7. Ko'rsatish qurilmasi Sichqoncha «Trecbol» yoki boshqalar 8. CD - ROM Dasturni o'rnatish uchun, qaysi model bo'lishidan qat'iy nazar zarur AutoCAD 2007 dasturini PK ga o'rnatish va yuklash AutoCAD 2007 dasturini o'rnatishda quyidagi operasialar majmuasi bajariladi: CD - ROM qurilmasiga o'rnatuvchi disk qo'yiladi. Muloqot oynasi ishga tushadi va unda «Установка» (O'rnatish) ko'rsatkichi ochiladi. «Установка» bo'limidan «Автономная установка» (avtonom o'rnatish) ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 300.6 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 300.6 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga