AutoCAD obyektlar va matnlar bilan ishlash Reja: 1. Nuqta koordinatalarini kiritishning absolyut usullari 2.Nuqta koordinatalarini kiritishning nisbiy koordinatalari usuli 3. Koordinatalarni kiritishning qutb usuli. 4. Kesma uzunligini tezkor kiritish usuli. Tayanch iboralar: Absolyut koordinatalar, nisbiy koordinatalar, qutb koordinatalar, kesma uzunligini tezkor kiritish. 1. Nuqta koordinatalarini kiritishning absolyut usullari. Tekislikda ikki yoki fazoda uch o'lchamli tasvirlarni bajarishda turli koordinatalar tizimini va ulardan foydalanishni bilish zarur bo'ladi. AutoCAD quyidagi koordinatalar tizimidan: dekartik, silindrik va sferik koordinatalardan hamda koordinatalarning kiritishning qutb usullaridan foydalanish mumkin. Dekart koordinatalar tekisligida x va y koordinatalarini klavishlar yordamida, ular orasiga vergul belgisi qo'yilib kiritiladi. Dekart koordinatalar tizimida nuqtaning koordinatalari ikki hil absolyut va nisbiy koordinatalar usulida kiritiladi. Absolyut koordinatalar tizimidan nuqtaning koordinatalari ekranning chap quyi burchagida joylashgan, koordinatalar boshidan hisoblanadi. Masalan, uzunligi 100 mm bo'lgan gorizontal kesmani absolyut koordinatalar usulida quyidagi tartibda - algoritmda kiritiladi: Kesma yuklanadi, shunda muloqotlar darchasida boshlang'ich nuqtani kiriting so'zi paydo bo'ladi. Bu so'rovga javoban kesmani birinchi uchidan koordinatalari, masalan, 70, 100 klavishlar yordamida terilib va Enter ni yuklab qayd etiladi; koordinatalar boshiga nisbatan kesmaning ikkinchi uchini koordinatalari 170, 100 bo'ladi. Bu qiymatlarni klavishlar yordamida terib kiritiladi va Enter bilan qayd qilinadi. Natijada ekranda gorizontal kesma berilgan 100 mm uzunlikda chizilib qoladi (1-rasm). 1-rasm Misol. tomonlari ekranda tasvirlangan kesmaga keng bo'lgan kvadrat yasalsin uni qolgan uchlari koordinatalari quyidagicha bo'ladi(2-rasm). Burchak koordinatalarini shunday bo'lishiga izoh bering. 2-rasm Nuqta koordinatalarini kiritishning nisbiy koordinatalari usuli Nuqta koordinatalarini kiritishning nisbiy usulida nuqtaning koordinatalari kursor turgan oxirgi nuqtadan boshlab hisoblanadi. Buni uchun Shift + 2 klavishlarini birgalikda yuklanadi. Natijada bu oxirgi nuqta koordinatalar boshi bo'lib qoladi. Bu holni muloqotlar darchasidagi navbatdagi so'rovda yozilgan @ belgi qayd etadi. Masalan, uzunligi 100 mm bo'lgan gorizontal kesmaning tasvirini yasash uchun uchlarini koordinatalari, nisbiy koordinatalar tizimida quyidagicha kiritiladi: Kesma yuklanadi va uning birinchi uchi sichqon yordamida ixtiyoriy joyda qayd etiladi. Shunda muloqotlar darchasida quyidagi so'rov paydo bo'ladi Ikkinchi uchini kiriting. Agar bu so'rovda @ yuklansa, kesmaning birinchi uchi, yangi koordinatalar boshi bo'lib qoladi; Kesmaning uzunligi 100 mm hisobga olib, uning ikkinchi uchini koordinatasi (@ 100,0) kiritiladi va Enter bilan qayd etiladi. Ekranda uzunligi 100 mm bo'lgan gorizontal kesma chiziladi (3-rasm). 3-rasm. Misol: tomonlari ekranda ko'rsatilga kvadrat yasalsin. Kvadrat uchlarining koordinatalarini kiritish quyidagicha bo'ladi (4-rasm). Koordinatalarni shunday bo'lishini izohlab bering. 4-rasm. Koordinatalarni kiritishning qutb usuli. Nuqta koordinatalarini kiritishning kesma uzunligini va uning gorizontal chiziqqa nisbatan hosil qilgan burchak qiymatini X, Y tekisligiga kiritiladi. Unda burchakning boshlang'ich nol qiymati sharq da, yani ekranning o'ng tomonidagi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:54:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
108.14 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:54 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
108.14 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: doc