AutoCAD Uch o'lchovli qurilmalar. Foydalanuvchi interfeysi. Kompyuterga qo'yiladigan talablar Reja: 1. Kompyuterda ko'pburchak chizish buyrug'i va undan foydalanish algoritmi 2. Kompyuterda aylana chizish buyrug'i va undan foydalanish algoritmi, aylana chizish va kesish buyruqlaridan foydalanib tutashmalar yasash. 3. Tutashmalarni yasashda yumaloqlash Skruglenie buyrug'idan foydalanish va uning algoritmi. Tayanch iboralar: Ko'pburchak chizish, aylana chizish, tutashma yasash. 1. Kompyuterda ko'pburchak chizish buyrug'i va undan foydalanish algoritmi Kompyuterda ko'pburchak chizish buyrug'idan foydalanib chizish algoritmi quyidagicha bo'ladi: ko'pburchak - buyrug'i sichqon yordamida yuklanadi. Shunda muloqotlar darchasida quyidagi so'rov paydo bo'ladi: Ko'pburchak tomonlarini sonini kiriting :. Bu so'rovdagi yozuvi, bundan avval chizilgan ko'pburchak, ettiburchak ekanligini bildiradi. Bu so'rovga tomonlar soni masalan, 9 kiritiladi. Shunda muloqotlar darchasida navbatdagi so'rov paydo bo'ladi: ko'pburchakning markazini ko'rsating:. Bu so'rovga ko'pburchakning markazi sichqon yordamida yoki terib kiritiladi va Enter bilan qayd etiladi. Ko'pburchakni kompyuter muntazam qilib aylana ichiga yoki uni tashqarisiga chizadi. Shuning uchun ko'pburchakning markazi kiritilgach, navbatdagi so'rovda Ko'pburchak aylanaga ichki yoki tashqi chizilsinmi deb so'raydi. Bu so'rovga ichki yoki tashqi so'zlarnig bosh harflarini kiritib, ko'pburchakni ichki () yoki tashqi () chizilishi tanlanadi. Ulardan biri terib kiritilsa, muloqotlar darchasida navbatdagi so'rov paydo bo'ladi: Aylananing radiusini kiriting. Bu so'rovga radius qiymati, masalan, 20 mm kiritilsa, ekranda muntazam to'qqizburchak chiziladi Kompyuterda aylana chizish buyrug'i va undan foydalanish algoritmi, aylana chizish va kesish buyruqlaridan foydalanib tutashmalar yasash. Kompyuterda aylanalar, uni quyidagi berilgan elementlariga tegishli bo'lgan buyruqlardan foydalanib chiziladi: Aylana markazi va radiusidan; Aylana markazi va diametridan; Uning berilgan ikki nuqtasidan; Uning berilgan uch nuqtasidan; Ikki urinish nuqtasi va radiusidan; Uchta urinish nuqtasidan. Aylana chizishni 5 va 6 bandlarida keltirilgan elementlarga mos bo'lgan buyruqlardan foydalanib tutashmalar ham yasaladi. Masalan, radiusi 50 mm bo'lgan aylana quyidagi algoritm asosida chiziladi: chizma asboblari panelidan Kpyg tugmasi sichqon yordamida yuklanadi va muloqot darchasida quyidagi so'rov paydo bo'ladi: Aylana markazini kiriting yoki [3R2Rttr(tan tan radius)]: bu so'rovga aylananig markazi yoki uning 3-(3R) ta yoki 2-(2R) ta o'tish nuqtalari yoki ikkita urinish nuqtalari va radius - (ttr) kiritiladi; agar aylana markazi kiritilib qayd etilsa, navbatdagi so'rov paydo bo'ladi: Aylanani radiusini kiriting yoki [diametrini] Radius qiymati 50 mm ni kiritiladi va qayd etiladi. Natijada radiusi 50 mm bo'lgan aylana chiziladi. Agar aylana diametri qiymatidan foydalanib chizilsa, oxirgi so'rovga D harfi kiritiladi va qayd etiladi. Navbatdagi so'rovga diametr qiymati kiritiladi va qayd etiladi. Natijada berilgan diametrda aylana chiziladi. 1-misol: Diametri 50.74 mm bo'lgan aylana chizilsin. Agar aylana chizishdan Risovat menyusidan foydalanilsa Okrujnost buyrug'idagi darcha ro'yxatida keltirilgan elementlaridan foydalanib aylana chiziladi. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:54:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
130.21 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:54 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
130.21 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: doc