Avtomatik boshqarish tizimlarining umumiy tasnifi Reja: 1.Avtomatik boshqarish tizimlari. 2. Avtomatik boshqarish sanoat tizimlarida. Avtomatik boshqarish nazariyasi - texnikaviy Kibernetikaning turlicha murakkablikdagi va har xil tabiatli jarayonlarni avto-matik boshqarish tizimlari (ABT)ni yaratish ustida ilmiy tadqiqotishlari olib boruvchi bo'limi. Avtomatik boshqarish nazariyasi n.da haqiqiy obyektlar o'rnida ularning o'xshash (adekvat) matematik Modellaridan (matematik mantiq) foydalaniladi. Unda asosan ikki muammo: ABT tahlili va sintezi ustida tadqiqotlar olib boriladi. Ikki xil boshqarish tizimi, ya'ni ochiq va yopiq boshqarish tizimlari jarayonlarni boshqarish tarzi bo'yicha bir-biridan farq qiladi. Birinchisida boshqaruvchi ta'sirlar jarayonni toyiltiruvchi ta'sirlardan kelib chiqib, ularning toyilishi farqini kamayti-rishga qaratiladi. Bunday boshqarish tizimining asosiy kamchiligi o'lchash imkoni bo'lmagan tashqi toyiltiruvchi ta'sirlarni bartaraf eta olmasligidadir. Bundan tashqari, ushbu boshqarish tizimlari nobarqaror obyektlarni uzoq vaqt davomida boshqara olmaydi. Bu g'oya parametrlarning me'yordan chetlashishi bo'yicha boshqarish prinsipi (yoki teskari bog'lanishli boshqarish) nomi bilan ma'lum. Bu yerda boshqaruvchi parametrlarning talab darajasidan og'ishi tufayli ularni talab holatiga qaytaruvchi ijro signallari shakllantiriladi. Bunday usulning universalligi nobarqaror obyektlarni boshqarishda namoyon bo'ladi.Avtomatik boshqarish nazariyasi n., xususan, yopiqtizim nazariyasidagi markaziy muammo - bu tizimning 127mustahkamligi. 20-asr 50-60-yillari bunday tizimlarning sintez usullari jadal rivojlangan davr bo'ldi. Sintez masalasini yechishda sifat mezonini tan-lash asosiy o'ringa ega. ABT ni sintez qilishning usullari ichida bunday tizimlarni invariant va avtonom sintez qilish usullari alohida o'rin egallaydi. Bu nazariyada sifatni baholashning integral mezonidan foydalanishga asoslangan ABT sintez usuli ustuvor hisoblanadi. Avtomatik boshqarish nazariyasi n. Nisbatan kam tadqiqotlar o'tkazilgan taqsimlangan parametrli boshqarish tizimlari sinfiga o'tkazildi.Ayrim boshqarish obyektlarida o'zgarmas matematik modelning apriori (boshlang'ichi) ABT ni ishlashda yoki uni loyihalashda obyektning haqiqiy holatiga noo'xshash (noadekvat) bo'ladi. Ko'pincha, ro'y berayotgan jarayonning nihoyatda murakkabligi tufayli ma'lum fizikaviy yoki kimyoviy qonunlar asosida boshqarish obyektining matema-tik modelini yaratish amaliy jihatdan mumkin bo'lmaydi. Bu albatta ABT dan foydalanilayotganda o'lchashga imkoni bo'lmagan tashqi va ichki toyiltiruvchi parametrlar ularning ko'rsatkichlarini o'zgartirib yuborishi natijasidir. Shu sababli, boshqarish obyektlarini iden-tifikatsiyalash usullari deb atalgan ilmiy yo'nalish paydo bo'ldi. Adaptiv boshqarish tizimlarining paydo bo'lishi aprior axborot kamchiligini to'ldirish imkonini yaratdi va tizim samaradorligini oshirishga olib keldi. Boshqarishning markazlashtirish darajasiga ko'ra markazlashtirilgan, nomarkazlashtirilgan va aralashma turlariga bo'linadilar. Markazlashtirilgan tizimda avtomat yoki avtomatik liniya (obyekt) buyruq (komanda) punktidan boshqariladi. Bunga misol taqsimlash vali yoki komandoapparat yordamida boshqariladigan avtomat bo'la oladigan.Nomarkazlashtirilgan tizimda obyektni boshqarish markaziy boshqarishga ega emas. Stanok (obyekt) ishchi organlari yo'l datchiklari yordamida boshqariladi. Datchiklarning ulanishi yoki uzulishi ishchi organlarida o'rnatilgan tayanchlar orqali amalga oshiriladi. Bunga misol qilib jilvirlash avtomatlarining boshqarish organlarini olish mumkin. Aralashma tizim-bu markazlashtirilgan va nomarkazlashtirilgan tizimlar kombinatsiyasidan tuzilgan tizimdir. Boshqariladigan obyektga ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:54:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1 MB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:54 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1 MB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: pptx