Reja: Rakamli avtomatlarning barqaror ishlashini ta'minlash Avtomatlarda musobaqa. Raqamli avtomatlarning nazorati va tashxisi Raqamli avtomatlarning barqaror ishlashini ta'minlash ularni strukturaviy sintezlashdagi asosiy masalalaridan biridir. Raqamli avtomatlarning noto'g'ri ishlashi mantiqiy va xotira elementlari sxemalarining fizik amalga oshirilishining o'zi xos xususiyatlari hamda va signallarni elementlar va kombinatsion sxemalarda tarqalishi tezligining har xilligi bilan bog'liq. Raqamli avtomatni barqaror ishlashini ta'minlash jarayonini batafsil ko'rib chiqamiz. Navbatdagi kirish yo'li signali kelgandan keyin va xotira elementlarining kirish yo'llarida qo'zg'atish signallari shakllantirilgandan so'ng avtomat yangi holatga o'tadi. Bunda teskari bog'lanish zanjirlari orqali yangi qo'zg'atish signallari shakllantiriladi (xotira elementlarining chiqish yo'llaridan mantiqiy elementlar orqali xotira elementlari yo'llariga) va avtomat yangi holatga o'tadi va h. Shunday qilib, avtomat qandaydir bir aniq holatda to'xtab qolmaydi va holatlar generatori rejimida ishlashni boshlaydi. Bu holni bartaraf etish uchun sinxrosignallar seriyasi, yani maxsus signallar ketma -ketligi xotira elementlarining kirish yo'liga beriladi. Bu esa, xotira elementini kirish yo'liga berilgan navbatdagi qo'zg'atish signallirini faqat sinxrosignal kelgandagina qabul qilinishiga ruxsat beradi. Sinxrosignal bo'lmaganda qo'zg'atish signali xotira elementiga qabul qilinmaydi va avtomatning xotira elementi o'z holatini o'zgartirmaydi. Amalda sinxrosignallar xotira elementining maxsus rasmlarda S bilan belgilanadigan va sinxrokirish deb ataluvchi kirish yo'liga ulanadi. 13.1-rasm. Avtomat grafining bir qismi. Agar bazi xususiyatlar hisobga olinmasa, sinxrosignallarni qo'llash har doim ham avtomatning barqaror ishlashini ta'minlay olmaydi. Faraz qilaylik, avtomat 4.24-rasmda tasvirlangan o'tishni amalga oshirishi kerak bo'lsin. Bunda quyidagi vaziyatlar bo'lishi mumkin: a) xi kirish yo'li signali ta'sirida avtomatning kombinatsion sxemasida va xotira elementlarida o'tkinchi jarayon tugamasdan avval avtomat xotira elementlarining kirish yo'llariga navbatdagi sinxrosignal berilsa avtomat xotirasining bitta yoki bir nechta elementlarining kirish yo'lida qo'zg'atish signallarning noto'g'ri shakllanishi sodir bo'lishi mumkin, yani avtomat xi kirish yo'li signali ta'sirida sm olatdan sk olatga o'tish o'rniga shu kirish yo'li signali xi ta'sirida qandaydir yolg'on si amalga olatiga o'tishi mumkin; b) agar xi kirish yo'li signalining davomiyligi avtomatning sm holatdan sk holatga o'tishdagi vaqt davomiyligidan katta bo'lsa, avtomat (navbatdagi sinxrosignal berilishi bilan) kirish yo'li signali xi bo'yicha ikkilangan ishlashi hisobiga sk holatni chetlab, birdaniga sp holatiga o'tishi mumkin. Boshqacha aytganda sk holat turg'un (barqaror) holat bo'lib qolishi mumkin. Avtomatning barqaror ishlashini ta'minlash uchun uning xotira elementlarining kirish yo'liga Axborotni berish onini xotira elementlarining chiqish yo'llaridan Axborotni olish onidan vaqt bo'yicha ajratish kerak. Vaqt bo'yicha bunday ajratilganda har qanday xotira elementining navbatdagi qo'zg'atish signalini shakllanishi sinxrosignal paydo bo'lgan onda faqat oldingi vaqt oniga to'g'ri keluvchi xotira elementlari holatlarining qiymatlari bo'yicha qarab amalga oshiriladi va xotira elementlaridagi o'tish jarayonlari qo'zg'atish signalining shakllanishiga ta'sir ko'rsatmaydi. Tabiiyki, ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
53.67 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
53.67 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: doc