Reja: Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari. iqtisodiy axborotlar tizimi. Avtomatlashtirilgan ish joylari. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi tuzilmasi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining kullanish sohasi. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi-boshqaruv vazifalarini xal qilish uchun tizimli tashkil etilgan axborot jarayonlarini amalga oshirish usul va vositalari majmuidir. U hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan foydaniladigan rivojlangan dasturiy ta'minotni qo'llash bazasida bajariladi. Axborot texnologiyasini amalga oshirishdagi texnik vositalarning asosiy kismini kompyuter texnikasi tashkil etsa, zamonaviy axborot texnologiyasi deganda kompyuter axborot texnologiyasi tushiniladi. Axborot texnologiyasining bazaviy texnologiyasi kuyidagilar: texnik ta'minot texnologiyasi, telekommunikatsiya texnologiyasi, dasturiy ta'minot texnologiyasi. Bu texnologiyalar hisoblash tizimlari va tarmoqlari arxitekturasining aniq variantlari doirasida birgalikda harakat qiladi va birlashadi. Shunday qilib, avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi texnik vositalardan, kuprok kompyuterlar, kommunikatsiya texnikalari, tashkiliy texnika vositalari, dasturiy ta'minot, tashkiliy-uslubiy materiallar va texnologik zanjirga birlashgan personaldan iborat bo'ladi. Ushbu harakat zanjiri axborotni yigish, uzatish, to'plash, qayta ishlash, foydadalnish va tarkatishni ta'minlaydi. Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi-axborotlar, axborotlarni ishlab chiqishda qo'llaniladigan iqtisodiy matematik usullar va modellar va boshqaruv karorlarini kabul qilishga mo'ljallangan texnik, dasturiy texnologik vositalar va mutaxassislarning majmuasidir. Tizim atamasi yunoncha «systema» so'zidan kelib chikkan bo'lib, o'zaro boglangan va belgilangan yaxlitlik, birlikni tashkil qiluvchi kismlar yoki kupgina elementlardan tashkil topgan bir butunlikni bildiradi. «Tizim» ostida faoliyat yuritilishi aniq foydali natija olishga yo'naltirilgan kismlar va elementlarning o'zaro mantikiy va tashqi muhit bilan bog'liqligi majmuasi tushiniladi. Misol sifatida ta'lim, energetika, transport, iqtisodiy va boshqa tizimlarni aytish mumkin. Tizim uchun quyidagi asosiy xususiyatlar xosdir: Murakkablik; bo'linish lik; Yaxlitlik; Elementlarning ko'p turliligi va ular tabiatining xilma-xilligi; Tarkiblashtirilganligi. Tizimning murakkabligi - unga kiruvchi tarkibiy kismlarning kupligi, ularning tarkibiy o'zaro hamkorligi, ishlab chiqarish va tashqi aloqalarning murakkabligiga hamda dinamikligiga bog'liq. Tizimning bulinuvchanligi-uning belgilangan alomati bo'yicha ajratilgan, aniq maqsadlar va vazifalarga javob beruvchi bir kator tizimchalar va elementlardan iboratligini bildiradi. Tizimning yaxlitligi-tizimning kupgina elementlarini faoliyat yuritishi yagona maqsadga buysinishini bildiradi. Tizim elementlarining ko'p turliligi va ular tabiatining xilma-xilligi ularning vazifaviy o'ziga xosligi va avtonomligi bilan bog'liq. Tizimning tarkiblashtirilganligi tizim ishlab chiqarishidagi elementlar o'rtasida urnatilgan aloqalar va munosabatlar mavjudligini, tizim elementlarining ierarxik pogonalari bo'yicha taksimlanishini belgilab beradi. iqtisodiy axborotlar tizimi-bu iqtisodiy obyekt, usullar, vositalar, axborotlarni ishlab chiqarish va boshqaruv karorlarini kabul qilishda ishtirok etuvchi mutaxassislarning to'g'ridan-to'g'ri yoki teskari axborotli aloqalarining ichki va tashqi oqimlari majmuasidir. Axborot tizimi boshqaruv xizmatlari xodimlariga axborotli xizmat kursatuvchi tizim sifatida axborotlarni jamlash, saqlash , uzatish va ishlab chiqarish bo'yicha texnologik vazifalarni bajaradi. Jamiyatni axborotlashtirishning zamonaviy darajasi iqtisodiy obyektlarning turli tuman axborot tizimlarida eng yangi texnik, texnologik, dasturiy vositalardan foydalanishni takoza qiladi. AATning tashkil qilinishi iqtisodiy obyektning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda kumaklashadi va ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.73 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.73 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: doc