Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida ma'lumotlarga nisbatan xavflar

Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida ma'lumotlarga nisbatan xavflar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida ma'lumotlarga nisbatan xavflar - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida himoyalash zaruriyati 2. Axborotni himoyalash tizimi 3. tashkilotlardagi axborotlarni himoyalash 4. himoyalash tizimining kompleksliligi 5. Axborotlarni tashkiliy himoyalash elementlari 6. Axborot tizimlarida ma'lumotlarga nasbatan xavf-xatarlar Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida himoyalash zaruriyati Axborot - kommunikatsiyalar texnologiyalarining ommaviy ravishda qog'ozsiz avtomatlashtirilgan asosda boshqarilishi sababli axborot xavfsizligini ta'minlash murakkablashib va muhimlashib bormokda. Shuning uchun xam avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida axborotni himoyalashning yangi zamonaviy texnologiyasi paydo bulmokda. DataQuest kompaniyasining ma'lumotiga ko'ra, 1996-200 yillarda axborot himoyasi vositalarining sotuvdagi xajmi 13 mlrd. AKSh dollariga teng bo'lgan. Axborotni himoyalash tizimi Axborotning zaif tomonlarini kamaytiruvchi axborotga ruxsat etilmagan kirishga, uning chikib ketishiga va yukatilishiga tuskinlik qiluvchi tashkiliy, texnik, dasturiy, texnologik va boshqa vosita, usul va choralarning kompleksi - axborotni himoyalash tizimi deyiladi. Axborot egalari hamda vakolatli davlat organlari shaxsan axborotning kimmatliligi, uning yuqotilishidan keladigan zarar va himoyalash mexanizmining narxidan kelib chikkan holda axborotni himoyalashning zaruriy darajasi hamda tizimning turini, himoyalash usullar va vositalarini aniklashlari zarur. Axborotning kimmatliligi va talab kilinadigan himoyaning ishonchliligi bir-biri bilan bevosita bog'liq. himoyalash tizimi uzluksiz, rejali, markazlashtirilgan, maqsadli, aniq, ishonchli, kompleksli, oson mukammallashtiriladigan va ko'rinishi tez uzgartiriladigan bo'lishi kerak. U odatda barcha ekstremal sharoitlarda samarali bo'lishi zarur. tashkilotlardagi axborotlarni himoyalash Axborot xajmi kichik bo'lgan tashkilotlarda axborotlarni himoyalashda oddiy usullarni qo'llash maqsadga muvofik va samaralidir. Masalan, ukiladigan kimmatboxo qog'ozlarni va elektron hujjatlarni alohida guruhlarga ajratish va nikoblash, ushbu hujjatlar bilan ishlaydigan xodimni tayinlash va o'rgatish, binoni kuriklashni tashkil etish, xizmatchilarga kimmatli axborotlarni tarkatmaslik majburiyatini yuklash, tashqaridan keluvchilar ustidan nazorat qilish, kompyuterni himoyalashning eng oddiy usullarini qo'llash va xokazo. Odatda, himoyalashning eng oddiy usullarini qo'llash sezilarli samara beradi. Murakkab tarkibli, ko'p sonli avtomatlashtirilgan axborot tizimi va axborot xajmi katga bo'lgan tashkilotlarda axborotni himoyalash uchun himoyalashning majmuali tizimi tashkil kilinadi. Lekin ushbu usul hamda himoyalashning oddiy usullari xizmatchilarning ishiga xaddan tashqari xalakit bermasligi kerak. himoyalash tizimining kompleksliligi Himoya tizimining kompleksliligiga unda huquqiy, tashkiliy, muhandis - texnik va dasturiy - matematik elementlarning mavjudligi bilan erishiladi. Elementlar nisbati va ularning mazmuni tashkilotlarning axborotni himoyalash tizimining o'ziga xosligini va uning takrorlanmasligini hamda buzish qiyinligini ta'minlaydi. Aniq tizimni ko'p turli elementlardan iborat, deb tasavvur qilish mumkin. Tizim elementlarining mazmuni nafaqat uning o'ziga xosligini, balki axborotning qimmatliligini va tizimning qiymatini hisobga olgan holda belgilangan himoya darajasini aniqlaydi. Axborotni huquqiy himoyalash elementi himoyalash choralarining haqli ekanligi manosida tashkilot va davlatlarning o'zaro munosabatlarini yuridik mustahkamlash xamla personalning tashkilot qimmatli axborotini himoyalash tartibiga rioya qilishi va ushbu tartibni buzilishida javobgarligi tasavvur qilinadi. Axborotlarni tashkiliy himoyalash elementlari Himoyalash texnologiyasi personalni tashkilotning qimmatli axborotlarini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.7 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.7 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga