Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy komponentlari. Axborot tizimlarining rivojlanish bosqichlari

Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy komponentlari. Axborot tizimlarining rivojlanish bosqichlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy komponentlari. Axborot tizimlarining rivojlanish bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy komponentlari. Axborot tizimlarining rivojlanish bosqichlari Reja: Axborot va uning turlari Axborot tizimining tarkibiy qismlari Axborot tizimlarning tuzulmasi Tayanch so'z va iboralar Axborot, resurs, belgili, matnli, grafikli, texnik ta'minot, dasturiy ta'minot, algoritmik. Informatikasohasining asosiy resursi bu - axborotdir. Axborot - olamdagi butun borliq, undagi ro'y beradigan hodisalar va jarayonlar haqidagi xabar va ma'lumotlardir. Axborot inson nutqida,kitobdagi matnlarda, musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir. Axborot va uning turlari. Axborot manbalari va iste'molchilarninghar xilligiaxborot shaklining turli ko'rinishda bo'lishiga olib keladi: Belgili - turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar. Bular biror voqea-hodisalar haqidagi axborotlarni uzatishda foydalaniladi. Matnli - xarf, raqam va belgilar to'plamidan tarkib topgan malum manoni anglatuvchi so'zlardan iborat axborot. Grafik - tasvirlardan iborat bo'lgan tasavvur ko'rinishidagi axborotlar. Video va audeo ko'rinishdagi ma'lumotlar ma'lumotlarni o'lchov birliklari. Axborot tizimining tarkibiy qismlari.Axborot tizimining tarkibiy qismlari- bu kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, ma'lumotlar bazasi, insonlar, aloqaning turli texnik va dasturiy vositalar va h.k.lardan iborta bo'lgan muhit hisoblanadi. Axborot tizimining funksiyalarini unga yo'naltirilgan ATni bilmasdan turib amalga oshirib bo'lmaydi. Har qanday boshqa texnologiya kabi axborot tizimlari ham bir necha tarkibiy qismdan iborat: 1. Texnik ta'minot. Texnik ta'minot deganda jismonan zarur texnik asbob-uskunalar, mantiqan esa zarur tizim, mashinalar va boshqa anjomlarning tuzulmasini tashkil etish tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, biror maqsadga erishish uchun zarur jismoniy qurilmalarning tayin tuzilishli majmuasidir, yani nafaqat jismoniy asbob-uskunalar, balki u ularning mantiqiy tuzulmasini ham o'z ichiga oladi; 2.Dasturiy ta'minot. Jonsiz temirlarga «jon» kirituvchi qoidalar, ko'rsatmalar, buyruq va tamoyillar yig'indisini o'zida mujassam etgan dasturlar majmuasi. U bundan tashqari turli kelishuvlar, standartlar, bazi masalalarni boshqarish uchun mo'ljallangan qoidalarni ham aks ettiradi. Boshqacha qilib aytganda bu ta'minot axborot tizimlarining «nou-xau»si (know-how) bo'lib, u «axborot tizimlari qanday amalga oshiriladi?» degan savolga javob beradi. 3. Tafakkur ta'minoti (algoritmik ta'minot). axborot tizimlarining maqsadga muvofiqlik darajasini, texnik va dasturiy ta'minotlarning qachon, qaerda va nima sababdan qo'llanishini aniqlaydi, har bir aniq sharoit uchun barcha qadamlarni rejalashtiradi. Bu ta'minot «nima?» va «nega?» degan savollarga javob beradi hamda «nimaligini bilaman», «negaligini bilaman» texnologiyalari deb ataladi, boshqacha qilib aytsak bu ta'minot nimadan foydalanish yoki nimani qachon, qaerda va nima uchun qo'llash kerak degan savolga javob beradi. 4. Umuman olganda axborot tizimlarining eng muhim omili - bu uni qo'llab-quvvatlash tarmog'idir. Chunki bu tarmoq o'z ichiga shu axborot texnologiyasi bilan bog'liq bo'lgan barcha infrastrukturalar: jismoniy, tashkiliy, ma'muriy ham madaniy tuzulmalarni, bulardan tashqari axborot texnologiyalarning normal faoliyat ko'rsata olishi uchun echilishi zarur bo'lgan barcha muammolar, bino yoki kadrlar masalasidan tortib zarur standartlargacha oladi. Foydalanuvchilar birinchi ikki ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 264.71 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 264.71 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga