Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi. ALEPH Reja: Kirish I-Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi. ALEPH. 1.1 Alefni davlatlarda qo'llanilishi. 1.2 Alef dasturining funksional kulayliklari. II- ALEPH. Dasturini ishlashi va shakllanishi. 2.1 Alef dasturida xabarlarga avtomatik ishlov berish. 2.2 Alef da mijozning urnatilish tartibi. Xulosa. Kirish Avtomatlashtirilgan kutubxona tizimlarining rivoji axborot texnologiyalarining umumiy rivojini o'zida to'liq aks ettiradi. Kompyuter bajaradigan ishi va tarkibiga ko'ra odatdagi kutubxonaga juda o'xshab ketadi. Kompyuter texnologiyasida ishlatiladigan bazi bir atamalar, masalan: «boshlang'ich modullar kutubxonasi, «katalog», «yuklanadigan modullar kutubxonasi» va boshqalar, shular jumlasidandir. Shaxsiy kompyuter orqali iste'molchiga xizmat ko'rsatish jarayoni, kitobxonlarga kutubxonada ko'rsatilayotgan xizmat jarayoniga o'xshab ketadi. Katalogdan ma'lumotlar qidirish, ma'lumotlarni saqlash jarayoni, kataloglashtirish parametrlarini tasniflash va boshqa jarayonlar bir-biriga o'xshash. Bularning hammasi kutubxona jarayonlarini formallashtirish mumkinligini ko'rsatadi, bu esa o'z navbatida kutubxonadagi asosiy jarayonlar: ma'lumotlarni yig'ish, saqlash, ishlov berish, qidirish va uzatishni to'liq avtomatlashtirish demakdir. Kutubxonalarni avtomatlashtirish usullari joriy qilinmasdan avval kutubxonalar faqat o'zlarining kitobxonlariga xizmat qilganlar. Aniq bir kutubxonaga azo bo'lgan kitobxon faqat shu kutubxona axborot resursidan foydalana olgan, mazkur kutubxonada bo'lmagan axborot resursidan faqat «kutubxonalararo abonement» orqali foydalanish mumkin bo'lgan. Ammo har qanday nashrni ham «kutubxonalararo abonement» orqali jo'natish oson ish emas. Nashrni bunday jo'natish vaqt va mablag' talab qiladigan ish. Kitobxonlarga xizmat ko'rsatishda yana bir cheklash bor edi, u ham bo'lsa kutubxonalar kitobxonlarga nashrlarni faqat odatdagi tashuvchilarda (masalan: kitob shaklida) berishlari mumkin edi. Kutubxonalarda kompyuterlardan va Internetdan foydalanish yangi imkoniyatlarni berdi. Bu esa o'z navbatida turli fizik tashuvchilardan (magnitli tasmalar, disklar, CD-ROMlar va boshqalar) foydalangan holda elektron hujjatlarning keng tarqalishiga olib keldi. Bunda masofadan turib axborot olish va axborot uzatishning roli beqiyosdir. Kitobxonlarga xizmat ko'rsatishning zamonaviy shakllarini o'zlashtira borgan kutubxonalar o'z kuchlarini elektron hujjatlar va Internet resurslaridan foydalanishga yo'naltirdilar. Bunday maqsadga erishish uchun bir qator huquqiy va texnologik masalalarni yechish va kutubxona ishi konsepsiyasini qayta ko'rib chiqish zarur edi. Natijada «Elektron kutubxona» atamasi paydo bo'ldi. Elektron kutubxona yaratuvchilarga shu narsa aniq bo'lib qoldiki, maqsadga erishish uchun manfaatdor tomonlar kuchini birlashtirish zarur ekan. Natijada elektron kutubxonalar yaratish ishiga dastlab alohida tashkilotlar kirishgan bo'lsa, so'ngra bu ish milliy va xalqaro darajadagi ishga aylandi. Elektron kutubxonalar yaratishda AQSH dagi kutubxonalar va informatsion markazlar faollik ko'rsatishmoqda. Loyihalar ichida ko'zga ko'rinarlisi: AQSH Kongressi kutubxonasi tomonidan amalga oshirilgan,1995 yilda 15 yirik universitet kutubxonasini birlashtirgan milliy elektron kutubxonalar federatsiyasi (NDLF) loyihasi, Milliy elektron kutubxona va Amerika xotirasi loyihalari hisoblanadi. AQSH da bu sohada olib borilayotgan ishlar boshqa mamlakatlarda ham shu yo'nalishda olib borilayotgan ishlar rivojiga turtki bo'ldi. Shuning uchun ham ular o'zlarining loyihalarida amerikalik kasbdoshlari ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
546.66 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
546.66 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: docx