Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnik vositalari

Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnik vositalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnik vositalari - rasmi

Material tavsifi

Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnik vositalari Reja: EHMlarning asosiy texnikaviy parametrlari EHM klassifikatsiyasi Hisoblash tizimlari (HT)ning ish rejimlari Avtomatlashtirilgan loyihalashda foydalaniladigan EHM va HT haqida umumiy ma'lumotlar EHM apparat vositalari va tizimlari Protsessorlar Intel protsessorlari tarixi Protsessor razryadligi Protsessor avlodi Protsessor chastotasi Protsessor bo'linmalari Chastotaning ichki ko'paytirish koeffitsiyenti Tayanch so'zlar va iboralar Umumtizimiy dasturaviy ta'minot, operatsion ta'minot, operatsion tizim, hisoblash tizimi, unumdorlik, sig'im, markaziy qurilmalar, periferiya qurilmalari, markaziy protsessor, razryadlik, ichki ko'paytirish koeffitsiyenti, operativ xotirada saqlovchi qurilma. 5.1. Umumiy holatlar Texnikaviy vositalar (TV) va umumtizimiy dasturaviy ta'minot (DT) ALTning instrumental bazasini tashkil qiladi. Ular fizikaviy muhitni hosil qiladi; bu muhitda ALTning boshqa turdagi ta'minotlari (matematik, lingvistik, informatsion va h.k.) realizatsiya qilinadi. Muhandis ushbu muhit bilan o'zaro muloqotda bo'lib va loyihalashning turli masalalarini yechib, texnikaviy obyektlarni avtomatlashtirilgan loyihalashni amalga oshiradi. Loyihalash jarayonida texnikaviy vositalar va umumdasturaviy ta'minot informatsion qayta shakllantirish va uni masofada va vaqtda uzatishni ta'minlash bo'yicha turli, lekin o'zaro bog'liq funksiyalarni bajaradi. Texnikaviy vositalar ALTda quyidagi masalalarni yechadi: - loyihalash obyekti bayonining birlamchi ma'lumotlarini kiritadi; - kiritilgan informatsiyani nazorat qilish va muharrirlash maqsadida uni aks ettiradi; - informatsiyani qayta shakllantiradi (ma'lumotlar taqdim qilinishini shaklini o'zgartirish, qayta Qodirovka qilish, translyatsiya qilish, arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish, ma'lumotlar strukturasini o'zgartirish va sh.k.); - turli informatsiyalarni saqlaydi; - yechimning natijaviy va oraliq natijalarini aks ettiradi; - masalani yechish jarayonida loyihalovchining tizim bilan operativ muloqotini ta'minlaydi. Ushbu vazifalarni bajarish uchun ALTning texnikaviy vositalarni o'z ichiga protsessorlar, operativ xotira (OX), tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar (TXQ), informatsiyani kirituvchi-chiqaruvchi qurilmalar (IKChQ), insonning EHM bilan operativ muloqotini ta'minlovchi qurilmalar, EHMning masofadagi terminallar va boshqa mashinalar bilan aloqasini ta'minlaydigan qurilmalarni oladi. ALTning ishlab chiqarish jihozi bilan bevosita aloqasini yaratish zarurati tug'ilganda texnikaviy vositalar tarkibiga loyihalash natijalarini dastgohlar, texnologik komplekslar va avtomatlarni boshqaruvchi signallarga o'zgartiradigan qurilmalar kiritilishi kerak. Yuqorida qayd qilingan masalalarni texnikaviy vositalar umumtizimiy DT bilan birgalikda yechadi. Umumtizimiy dasturaviy ta'minot deganda EHMning operatsion tizimi (OT) nazarda tutiladi. EHM texnikaviy vositalari va uning dasturaviy ta'minoti majmui hisoblash tizimi (HT) deb 30OT vazifasi - HTda hisoblash jarayonini tashkil qiladi; yechilayotgan alohida masalalar orasida hisoblash resurslarini ratsional taqsimlash; foydalanuvchilarga dasturlash jarayonini va ularning masalalarini sozlashni yengillatuvchi har xil servis vositalarini taqdim qilishdir. Operatsion tizim qayd qilingan funksiyalarni HTning o'tkazish qobiliyatini oshirish, loyihalovchi so'roviga tizim reaksiya qiladigan vaqtni kamaytirish va HT resurslaridan foydalanish samarasini oshirish maqsadida bajaradi. ALTda odatda hisoblash texnikasining keng tarqalgan universal vositalari va vazifasi umumiy bo'lgan operatsion tizimlardan foydalanishadi. Texnikaviy vositalarning muammoli yo'nalishi hisoblash texnikasining har xil qurilmalari ALT texnikaviy ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.15 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.15 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga