Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnikaviy vositalari Reja: 1. Mashina grafikasi 2 Videoadapterlar 3 Videoxotira 4 Ekran yangilanish chastotasi 5 Grafikaviy tezlatgichlar 6 Mashina grafikasining elektromexanik qurilmalari 7. Grafikaviy informatsiyani kiritish qurilmasi 8 .Insonning EHM bilan operativ aloqasi qurilmalari 9. Displey 10. Kran o'lchami 11.O 'tkazib yuborish polosasi 12. Kran «donador»ligi 13. Monitor xavfsizligi Tayanch so'zlar va iboralar Aniq va har xil tasvirlash qobiliyati, piksel, rang chuqurligi, ekran yangilanish chastotasi, apparatli videotezlatgich, dasturaviy videotezlatgich, videotezlanishni optimallash, 2D-tezlatgich, 3D-tezlatgich, kutubxona, alfavitli-raqamli displey, grafikaviy displey, o'tkazib yuborish polosasi, ekran «donador»ligi. 8.1. Mashina grafikasi Grafikaviy tizimlar mashinasozlik ob'yektlari ALTida alohida o'rin egallaydi. Odatda grafikaviy tizim qandaydir bazaviy ta'minot asosida quriladi. Oldin videokartalarning ba'zi turlarini va ularni onalik platasiga ulash usullarini ko'rgan edik. Endi videoadapterlarni ko'rib chiqamiz. Videoadapterlar Videoadapterlar takomillashishning uzoq yo'lini bosib o'tishdi; birinchi personal kompyuterlarda monitor sifatida turmushdagi televizorlardan foydalanishdi, hozirgilari esa kompyuterni quvvatli grafikaviy stantsiyaga aylantirmoqda. Bu oraliqda plata va standartlarning bir necha avlodi almashdi. Dastlab MDA - Monochrome Display Adapter (displeyning monoxrom adapteri) standarti paydo bo'ldi. MDA platasi ekranga faqat alfavit-raqamli informatsiya - harflar va raqamlarni chiqarish qobiliyatiga ega edi; hech qanday grafika va rang yo'q edi. MDAni almashtirgan CGA - Color Graphics Adapter (rangli grafika adapteri) nafaqat matnli, balki grafikaviy rejimda ham ishladi va berilgan o'n oltita rangdan to'rttasi chiqishini ta'minlab turdi. EGA - Enhanced Graphics Adapter (yaxshilangan grafika adapteri) 64 rang palitrasidan ekranga chiqadigan ranglarni 16 tagacha yetkazdi va ekranga chiqariladigan grafika sifatini sezilarli yaxshiladi. EGA standarti paydo bo'lishi bilan grafikaviy dasturlardan, jumladan birinchi Microsoft Windows operatsion tizimlaridan, keng foydalanish boshlandi. VGA - Video Graphics Array videostandarti eng qulay, bugungi kungacha foydalanilayotgan bo'lib, asta-sekin SVGA (Super-VGA) standartiga o'tdi. VGAning birinchi platalari 262 144 rang palitrasidan 256 rangni ekranga chiqardi. Keyinchalik VGA bilan birga mos keladigan juda ko'p platalar paydo bo'ldi, ularda mumkin bo'lgan rang tuslari 16,8 milliongacha etdi (True Color rejimi). Videoadapterlarni ishlab chiquvchilarning umumiy intilishi - monitor ekranida asliga maksimal yaqinlashgan mumkin qadar sifatliroq tasvirni olishdir. Bunda quyidagi: aks ettirilayotgan ranglar sonini ko'paytirish; aniq va har xil tasvirlash qobiliyatini orttirish; tasvirni ekranga chiqarish tezligini tezlashtirish vazifalari doim bo'ladi. Aniq va har xil tasvirlash qobiliyati ( разрешающая способность) bevosita ekranga chiqariladigan tasvirning alohida nuqtalari - piksellar bilan bog'liq. Odatda gorizontal va vertikal bo'yicha piksellar soni haqida gapirishadi. VGA rejimida aniq va har xil tasvirlash qobiliyati - 640x480 nuqta. Bugungi kunda SVGA - 800Ч600, 1024Ч768, 1280Ч1024, 1600Ч1200 va undan ko'p nuqtalar rejimlari qo'llanmoqda. Bir paytda aks ettiriladigan ranglar sonini rang chuqurligi ( ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.89 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.89 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:07 ]
Arxiv ichida: doc