Axboriy faoliyat subyektlari

Axboriy faoliyat subyektlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axboriy faoliyat subyektlari - rasmi

Material tavsifi

Axboriy faoliyat subyektlari Axborotlashgan jamiyatda axboriy madaniyat, axboriy xizmat, axboriy mahsulot va xizmatlar bozori kabi atamalar mavjut. Axboriy mahsulot - bu insonlarning axboriy faoliyatining mahsuloti bo'lib, biror ko'rinishda tarqatish uchun mo'ljallangan ma'lumotlar to'plami. Axboriy mahsulotning qimmati iste'molchining ehtiyojini qondirish bilan ifodalanadi. Axboriy xizmat - bu axboriy mahsulotlarni olish va foydalanuvchi ixtiyoriga berish. Tor ma'noda axboriy xizmat deganda axborot texnologiyalari asosida kompyuterdan olinadigan xizmatlar tushuniladi. Barcha axboriy mahsulotlar va axboriy xizmatlar faqatgina axboriy bozorga qo'yiladi va sotiladi. Axboriy mahsulotlar va axboriy xizmatlar bozori - bu aqliy mehnat mahsulotlarini sotishdagi iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy munosabatlar sistemasidir. Axboriy madaniyat - bu axborot bilan maqsadli ishlash va uni olish, saqlash, qayta ishlash uchun zamonaviy kompyuter axborot texnologiyalaridan, iqtisodiy matematik usullardan, texnik voisitalar va sistemalar-dan foydalanish demakdir. Kundalik turmushimizda biz axborot deganda atrof-muhitdan (tabiatdan yoki jamiyatdan), sezgi a'zolarimiz orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday ma'lumotni tushunamiz, Tabiatni kuzataturib, insonlar bilan muloqotda bo'lib, kitob va gazetalar o'qib, televizion ko'rsatuvlar ko'rib, biz axborot olamiz. Matematik olim axborotni yanada kengroq tushunadi. U axborot qatoriga fikr yuritish orqali xulosa chiqarish natijasida hosil bo'lgan bilimlarni ham kiritadi. Boshqa soha xodimlari ham axborotni o'zlaricha talqin etadilar. Shunday qilib, turli sohalarda axborot turlicha tushunilar ekan. Lekin axborotlarning umumiy tomonlari ham borki, u ham bo'lsa beshta muhim xossaga ega bo'lishligidir, Bular axborotni yaratish, qabul qilish, saqlash, ishlov berish va uzatish xossalaridir. Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning reprezentativligi, mazmundorligi, etarliligi, aktualligi, o'z vaqtidaligi, anikligi, isxonarliligi, barqarorligi kabi asosiy iste'mol sifat ko'rsatkichlari bilan bog'liqdir: axborotning reprezentativligi - obyekt xususiyatini adekvat ifoda etish maqsadlarida uni to'g'ri tanlash va shakllantirish bilan bog'liqdir. axborotning mazmundorligi - semantik (mazmuniy) hajmini ifoda etadi. axborotniig aktualligi (dolzarbligi) - axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari o'zgarishi dinamikasi hamda ushbu axborot paydo bo'lgan vaqtdan buyon o'tgan vaqt oralig'iga borliq bo'ladi. axborotnipg o'z vaqtidaligi - uniig avvaldan belgilab qo'yilgan vazifani hal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi. axborotning aniqligi - olinayotgan axborotning obyekt, jarayon, hodisa va hoka'zolarning real holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi. axborotning isxonarliligi - axborotning real mavjud obyektlarni zarur aniqlik bilan ifoda etish xususiyati bilan belgilanadi. axborotning borqarorligi - axborotning asos qilib olingan ma'lumotlar aniqligini buzmasdan o'zgarishlarga ta'sir qilishga qodirligini aks ettiradi. Axborotlar tizimlari jamiyat paydo bo'lgan paytdan boshlab mavjud bo'lgan, chunki rivojlanishning turli bosqichida jamiyat o'z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa ishlab chiqarish jarayonlari moddiy va nomoddiy ne'matlarni ishlab chiqarish bilan bog'lik jarayonlarga tegishlidir. CHunki ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 921.42 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 921.42 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga