Axborot - kutubxona muassasalarida axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini yanada taraqqiy ettirishning tashkiliy-huquqiy jihatlari

Axborot - kutubxona muassasalarida axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini yanada taraqqiy ettirishning tashkiliy-huquqiy jihatlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot - kutubxona muassasalarida axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini yanada taraqqiy ettirishning tashkiliy-huquqiy jihatlari - rasmi

Material tavsifi

Axborot-kutubxona muassasalarida axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini yanada taraqqiy ettirishning tashkiliy-huquqiy jihatlari ' Reja: 1. Axborot-kommunikatsion texnologiyalarni yanada rivojlantirishda mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar. 2. Elektron hisoblash mashinalari va ularning tarixi. 3. Shaxsiy kompyuterlar va ulardan axborot-kutubxonalarda foydalanish. 4. Shaxsiy kompyuterlarning asosiy va qo'shimcha qurilmalari. 5. Shaxsiy kompyuterlar va ularning turlari. 6. Elektron kotiblar. Axborot-kommunikatsion texnologiyalarni yanada rivojlantirishda mamalakatimizda olib borilayotgan ishlar Keyingi yillarda mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, fuqarolarning axborot olish sohasidagi huquq va erkinliklarini ta'minlash, sohaga ilg'or zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida qator ishlar amalga oshirildi va bu jarayon izchil davom ettirib kelinmoqda. Eng avvalo, bu borada yurtimizda mazkur sohani tartibga soluvchi mukammal qonunchilik bazasi yaratilganini alohida ta'kidlash joiz. Hozirgi davrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali uzatiladigan axborot jamiyat rivojining eng muhim shartlaridan biri bo'lib qoldi. U ishlab chiqarish resursi, insonlar orasidagi aloqani ta'minlovchi qudratli vositaga aylandi. Shu bois davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, umuman, jamiyatning axborot uzatish tezligi hamda sifatiga bo'lgan talablari kun sayin ortib bormoqda. Hukumat tomonidan telek ommunikatsiya tizimlari va axborot texnologiyalar ini rivojlantirishga yo'naltirilgan qator qonun hujjatlari va milliy dasturlar ishlab chiqilib, qabul qilindi va shu asosda faoliyat olib borilmoqda. Albatta, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo'lgani kabi, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o'z navbatida, ushbu sohaning huquqiy asoslarini shakllantirish va takomillashtirib borishni taqozo etadi. Shuning uchun ham mam lakatimizda mazkur sohada samarali huquqiy mexanizmni yaratishga muhim ahamiyat qaratilmoqda. Ushbu soha axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olib, soha faoliyatini takomillashtirish va qo'llab-quvvatlashga qaratilgan qator me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Mamlakat parlamenti tomonidan axborot-kommun ikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, jamiyatni axborotlashtirish, shuningdek, axborot tizimlarida axborot xavfsizligi masalalarini tartibga soluvchi «Aloqa to'g'risida», «Telekommunikatsiyalar to'g'risida», «Ax borotlashtirish to'g'risid a», «Elektron raqamli imzo to'g'risida», «Elektron hujjat aylanishi to'g'risida», «Elektron tijorat to'g'risida», «Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborot himoyasi to'g'risida». «Axborot-kutubxona faoliyati to'g'risida»gi qonunlar qabul qilinib, axborot sohasini isloh qilish, ax borot va so'z erkinligini ta'minlash borasidagi qonunchilik tashabbuslari ushbu sohada bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarning uzviy davomi bo'lib, axbor ot olishning erkin va teng huquqliligini ta'minlash, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida amalga oshirish, sohada bozor mexanizmlarini yanada takomillashtirish va axborot texnologiyalarin i keng joriy etishning mexanizmlarini yaratishni nazarda tutadi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 23- fevral 2011- yildagi «2011-2015- yillarda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bazasida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari sifatini yanada oshirish to'g'risida»gi PQ № 1487- sonli Qarori hozirgi kunda axborot-kutubxona faoliyatida keyingi 5 yillikda bosqichma-bosqich olib boriladigan zamonaviy kommunikatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish ishlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu Qarorga muvofiq, elektron kutubxona tashkil etish, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.99 MB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.99 MB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga