Axborot - kutubxona muassasalarida axborot va ular bilan ishlash

Axborot - kutubxona muassasalarida axborot va ular bilan ishlash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot - kutubxona muassasalarida axborot va ular bilan ishlash - rasmi

Material tavsifi

Axborot-kutubxona muassasalarid axborot va ular bilan ishlash Reja: 1. Axborot tushunchasi. 2. Axborotning turlari. 3.Axborotbirlikl,ariaxborotning o'lchov va hajm tushunchalari. 4. Fayl tushunchasi va ularning turlari. 5. Axborot resurslari va axborot tizimlari. 6. Boshqa axborot tizimlari. 7. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tarkibiy qismlari. 8. Axborot tizimidagi jarayonlar va ularni joriy etish. Axborot tushunchasi O'zbekiston Respublikasining 2002- yil 12- dekabrdagi 439-II sonli «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida»gi Qonuniga binoan, axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat'i nazar, shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to'g'risidagi ma'lumotlardir. Axborot keng qamrovli tushuncha bo'lib, unga quyidagicha ta'riflar ham berish mumkin: Dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon kabi obyektlar haqidagi bilim hamda tushunchalar yoki buyruqlar. Ma'lum xos matnda aniq ma'noga ega tushunchalarni ichiga olgan dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi obyektlar haqidagi bilimlar majmuyi. Qiziqish uyg'otishi mumkin bo'lgan, saqlanishi va qayta ishlanishi lozim bo'lgan jami dalil va ma'lumotlar. Kitob matni, ilm iy formulalar, bank hisob raqamidan foydalanish va to'lovlar, dars jadvali, o'lchash majmualarining yer va fazo stansiyasi o'rtasidagi masofa to'g'risidagi ma'lumotlar va hoka'zolar axborot bo'lishi mumkin. Axborotlar quyidagi xossalarga ega: 1) mazmunga; 2) ehtiyojga; 3) qiymatga; Axborotlarni uzatish. Axborotni uzatish deganda, ehtiyojdan kelib chiqib, uni bir kishidan ikkinchi kishiga yoki bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga turli vositalar yordamida yetkazib berish tushiniladi. Axborotlarni uzatishning turli xil usullari mavjud bo'lib, ular kompyuter dasturlari yordamida, pochta orqali, transport vositalari yordamida, aloqa tarmog'i orqali uzatilishi mumkin. Aloqa tarmog'i orqali axborotlarni qisqa vaqt ichida uzoq masofaga uzatish mumkin. Bunda ma'lumotlarni uzatish vaqti sezilarli darajada qisqaradi. Axborotning turlari Axborotning turlari: matn, tasvir, animatsiya, audio va video. Ma'lumki, axborotlarni insonlar bir-biriga uzatish jarayonida matn ko'rinishdagi, jadval ko'rinishdagi, tovush ko'rinishdagi va tasvir ko'rinishdagi ma'lumotlardan foydalanadi. Matn. Matn bu ma'lumotlarni ifodalash shakli bo'lib, u mazmunan yagona, yaxlit va tanlangan tilning belgilari ketma-ketligidan iborat. Matn hujjat asosidir. Axborot tizimiga matn kiritish klaviatura, nurli pero, mikrofon yoki skaner yordamida amalga oshiriladi. Matnlarga ishlov berish matn muharriri deb ataluvchi maxsus amaliy dasturlar majmuasi tomonidan amalga oshiriladi. Matnlar tarmoq orqali ma'lumotlar bo'laklari ko'rinishida uzatiladi. Tasvir. Tasvir - bu biror voqea, hodisa yoki jarayonlarni o'zida ifodalagan rasm bo'laklari va ranglardan iborat ma'lumotdir. Foto, manzara, matematik funksiyalar grafigi, statistik ma'lumotlar diagrammasi va shunga o'xshash ma'lumotlar tasvir hisoblanadi. Kompyuter yordamida tasvirlarga ishlov berishni to'rt guruhga ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi: kulrang va rangli tasvirlar; ikki xil va bir necha «rangli» tasvirlar; uzluksiz egri va to'g'ri chiziqlar; nuqtalar yoki ko'pburchaklardan iborat tasvirlar. Bu turkumlash tasvirni ko'rib idrok qilish mexanizmi bilan emas, balki ularni taqdim ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 880.98 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 880.98 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga