Axborot-kutubxona muassasalarida fondlarning gigiyenasi va restavratsiyasi Reja: 1. Axborot-kutubxona fondlarini saqlash. 2. Kitobni qanday asrash va ehtiyotlash kerak? 3. Kitoblarni joylashtirish va saqlash. 4. Dezinfeksiya. 5. Restavratsiya. Axborot-kutubxona fondlarini saqlash Mustaqil Respublikamizda ajdodlarimizdan meros bo'lib qolgan nodir asarlarning saqlanishiga va ulardan ezgu maqsadlarda foyda lanish, madaniy merosni keng targ'ib qilish ishlariga alohida e'tibor qaratilib, axborot-kutubxonalar faoliyatini takomillashtirish uchun muhim ishlar amalga oshirib kelinmoqda, bu borada qonun va qarorlar qabul qilinmoqda. Ularning ijrosi shu sohaning rivojlanishiga katta hissa qo'shmoqda. Shuningdek, har bir kitobxon qalbida «Vatan tuyg'usi», «Milliy iftixor» tushunchalarini qaror toptirish, ularning bilim olishlari, ajdodlar merosidan bahramand bo'lishlari uchun sharoitlar yaratilmoqda. Axborot-kutubxona fondlarining saqlanishi - kompleksli muam modir. O'zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona muassasalarida minglab, millionlab qo'lyozmalar, kitoblar, jurnal, gazeta, xarita va boshqa ashyoviy hujjatlar saqlanmoqda. Bu, albatta, millatimizning noyob merosidir. Madaniy merosimizni o'sib kelayotgan avlodlarga yetkazib, saqlab berish - eng muhim va mas'uliyatli vazifadir. Kitoblarni saqlash uchun zarur sharoitlarni yaratish; axborot-kutubxonalarda namlik darajasini saqlish; profilaktik nazorat olib bo rish; kitob saqlash bo'limlarida sistemali gigiyenik tozalikni saqlash; o'z vaqtida konservatsiya va restavratsiya ishlarini bajarish; kitobxonlarda kitobga bo'lgan mehr tuyg'usini uyg'otish hozirgi kunda mutaxassislarning muhim vazifalaridandir. Aql-idrokning eng katta yutug'i hisoblangan kitob har bir kishining tabiiy ehtiyojiga aylanib qoldi. U bilimlarni egallashda, insonni va atrof muhitni anglashda, kasbga yo'naltirishda katta yordam beradi. Oilada farzand tug'ilgach, uyga, albatta, bolalar kitoblari ham keladi. Go'dak ikki-uch yoshgacha kitobxon emas, balki tinglovchi, tomoshabin bo'lsa ham, kitob o'ziga bilish quvonchini bahsh etishiga ko'nika boradi. Maktabga borganidan keyin esa uzoq yillar davomida darslik va boshqa adabiyotlarga oshno bo'lib, ular yordamida bilim va madaniyat asoslarini, mehnat ko'nikma va malakalarini egallaydi. Birgina umumiy ta'lim maktabining o'zida yuzdan ortiq nomda darslik va qo'llanmalar mavjud. Nashriyot va poligrafiya korxonalarining xodimlari o'quvchilar uchun yaxshi xizmat qiladigan, hozirgi muqovabop materiallar, sintetik plyonka, yaxshi qog'oz navlaridan foydalanib, mohirona bezatilgan, eng ilg'or texnologiya asosida tayyorlangan, mazmundor, rangli, uzoq muddat chidaydigan kitoblar yetkazib berishda o'z hissalarini qo'shmoqdalar. Lekin vaqt o'tishi bilan kitoblar tez-tez foydalanish, palapartish munosabatda bo'lish, noto'g'ri saqlash natijasida eskiradi, o'zining dastlabki ko'rinishini yo'qotadi, undan foydalan ish qiyinlashadi. Ayniqsa, bolalar kitobdan foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lmagani uchun ularga mo'ljallangan kitoblar ana shu holga tushib qoladi. Endilikda kitobga, ayniqsa, maktab darsliklari talab ortib borayotgani munosabati bilan ularni yaxshi saqlash va darsliklardan foydalanish muddatini uzaytirish nihoyatda muhim masala bo'lib bormoqda. O'quv adabiyotlari fondi tashkil qilinishi natijasida darsliklarni to'rt yilda bir marta nashr etish va iqtisod qilingan qog'ozlar hisobiga badiiy va bolalar adabiyotlari chiqarishni ko'paytirish imkoniyati paydo bo'ldi. Hozirgi vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy va ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.28 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.28 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:07 ]
Arxiv ichida: doc