Axborot-kutubxona muassasalarida hujjatlarni saqlash, qidirish, qayta ishlash texnika vositalari Reja: 1. Axborot-kutubxonalarda hujjatlarni saqlash va qidirish vositalariga qo'yiladigan talablar. 2. Ixtiyoriy shakldagi qog'ozli hujjatlarni saqlash va qidirish vositalari. 3. Standart ma'lumot kartochkalarini saqlash va qidirish vositalari. 4. Elektron hujjatlarni yaratish va saqlash. 5. Hujjatlarni mikrofilmlashtirish. 6. Hujjatlarni qayta ishlash vositalari. Axborot-kutubxonalarda hujjatlarni saqlash va qidirish vositalariga qo'yiladigan talablar Axborot-kutubxona muassasalarida hujjatlarni saqlash va qidirish, ularni qayta ishlash jarayonida alohida texnika vositalari ishlatiladi. Bunday texnika vositalari orqali axborot-kutubxona fondidagi hujjatlarni, nodir qo'lyozma nashrlarni, katta va kichik hajmdagi turli xil hujjatlarni saqlash alohida ahamiyatga ega. Katta hajmli hujjatlarni oqilona saqlash masalasi dolzarb hisoblanadi. Hujjatlarni saqlash tizimiga quyidagi asosiy talablar qo'yiladi: hujjatlarni tashkil etish, to'ldirish va almashtirishning qulayligi va oddiyligi; maksimal sig'imlilik va band qilayotgan maydonning minimal o'lchami; yuqori bo'lmagan narx; hujjatlarni qidirishning qulayligi va oddiyligi. Konstruksiyaga bog'liq ravishda hujjatlarni saqlash va qidirish vositalari dastaki, mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan bo'lishi mumkin. Axborot tashuvchilariga bog'liq rav ishda esa ular 2 guruhga bo'linadi: ixtiyoriy shakldagi qog'ozli hujjatni saqlash va qidirish vositalari; standart (bir xil hajmdagi) axborot kartochkalarini saqlash va qidirish vositalari. Ixtiyoriy shakldagi qog'ozli hujjatlarni saqlash va qidirish vositalari Har xil matnli va grafik hujjatlarni saqlash uchun turli xil vositalar ishlatiladi: konvertlar, albomlar, g'iloflar, yig'ma jildlar, seksiyalashgan tokchalar va bloklar, stellajlar, shkaf-qayd qiluvchilar, seyflar (temir sandiqlar) va boshqalar. Bularning eng ko'p tarqalgan turlari haqida to'xtalib o'tamiz. Yig'ma jild (papka)lar - ixtiyoriy shakldagi hujjatlarni saqlash uchun turli xil konstruksiyadagi yig'ma jildlar ishlatiladi. Yig'ma jildlar ichidagi mavjud hujjat saqlash moslamalariga qarab ularni quyidagilarga bo'lish mumkin: mahkamlash moslamasi bo'lmagan yig'ma jildlar; bog'ichli yig'ma jildlar;- qisqichli yig'ma jildlar; - tikadigan yig'ma jildlar va hokazo. Odatda, kerakli hujjatni qidirishni tezlashtirish maqsadida yig'ma jildlarning bir cheti yig'ma jilddagi axborot mazmunini tavsiflovchi indikator bilan ta'minlanadi. Indikatorlar yig'ma jildlarda pog'onali joylashtirilib, ularning ko'zga tashlanishini oshiradi. Shkaf-qayd qiluvchilar. Yig'ma jildlar va risola (broshyura) qilingan hujjatlarni maxsus seksiyalangan shkaflarda yoki shkafqayd qiluvchilarning dumaloq tokchalarida saqlash qulaydir. S hkaf-qayd qiluvchi umumiy o'q atrofida mustaqil aylana oladigan bittadan yettitagacha tokchalarga ega. Yig'ma jildlar joylashish tartibini ko'rsatish uchun tokchadagi yig'ma jildlarga rangli qog'ozlar parchasi, ular bir xil og'ma chiziq tashkil etadigan qilib yelimlanadi. Biror yig'ma jildning yo'qligi yoki ularning joylashish tartibi o'zgarishi bir xil chiziqni buzadi va bu bilan tezda payqaladi. Shkaf-qayd qiluvchilarning afzalligi: yaxshi ko'zga tashlanishi, qidirish tezkorligi, foydalanish yengilligi, yuqori sig'imliligi va axborot-kutubxona maydonni tejashidan iborat. Standart ma'lumot kartochkalarini saqlash va qidirish vositalari Bir xil hajmli ma'lumot kartochkalarini saqlash uchun turli xil ko'rinishdagi kartotekalar ishlatiladi. Kartoteka - ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.34 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.34 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:07 ]
Arxiv ichida: doc