Axborot - kutubxona muassasalarida nusxa ko'chiruvchi va nusxa ko'paytiruvchi texnika vositalari

Axborot - kutubxona muassasalarida nusxa ko'chiruvchi va nusxa ko'paytiruvchi texnika vositalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot - kutubxona muassasalarida nusxa ko'chiruvchi va nusxa ko'paytiruvchi texnika vositalari - rasmi

Material tavsifi

Axborot-kutubxona muassasalarida nusxa ko'chiruvchi va nusxa ko'paytiruvchi texnika vositalari Reja: 1. Reprografiya va tezkor (operativ) poligrafiya. 2. Nusxa ko'chirish va ko'paytirish turlari. 3. Nusxa ko'chiradigan va o'qib nusxa ko'chiradigan elektrofotografik apparatlar. 4. Bosma usullar va ularning turlari. 5. Nusxa ko'chirish va nusxa ko'paytirish sistemasini tashkil qilish. 7. Rizografiya. 8. Skanerlash va raqamlashtirish. Reprografiya va tezkor poligrafiya Nusxa ko'chirish va nusxa ko'paytirish texnika vositalari axborot-kutubxonalarda muhim ahamiyatga ega. Ulardan foydalanib, axborot manbalarini ko'chirish va ko'paytirish mumkin. Axborot materialining bosilishi, uning ko'plab nusxada ko'chirilishi axborotni qayta ishlash masalasidagi muhim jarayonlardan biridir. Poligrafiya va nusxa ko'chirish, ularni ko'paytirish ishlarining tezkorligi natijasida axborot va kutubxonashunoslik xizmati yanada yuksaladi. Nusxa ko'chirish va ko'paytirish jarayoni o'z ichiga reprografiya va tezkor poligrafiya usul va vositalarni oladi. «Reprografiya» atamasi 1963- yil- oktabrda Germaniyaning Kyoln shahrida bo'lib o'tgan I xalqaro konferensiyadan so'ng keng qo'llanila boshlandi. Reprografiyaning vazifasi inson ko'zi bilan oladigan turli axborotni qayd qilish usuli va vositalarini tashkil etishdan iborat. Nusxa ko'chiruvchi va nusxa ko'paytirish texnikasi materiallarni ko'paytirish va ko'chirishga xizmat qiladi. Nusxa ko'chirish va nusxa ko'paytirish texnik vositalarining afzalligi shundaki, ular ma'lum bir axborotni qisqa va aniq vaqt ichida ko'chiradi. Poligrafiya ishida nusxaning minimal soni 100 ta, reprografiyada 2 nusxa, tezkor poligrafiyada esa 30 dan 50 nusxagacha bo'ladi. Kutubxonashunoslik va bibliografiya ishlarida reprografik usullarni qo'llash 1952-1953- yillardan boshlandi. Ana shu yillardan boshlab reprografik kompleks ham ishlatilishi boshlandi. Sobiq sho'rolar davrida reprografiya vositalarini ishlab chiqarish, ulardan foydalanish bilan GIPROTIS, VINITI elektrografik ilmiy tekshirish instituti, orgtexnika Butunittifoq ilmiy tekshirish instituti va boshqa tashkilotlar shug'ullandilar. Keyinchalik reprografik asbob-uskunalarni ishlab chiqarish MDH mamlakatlarida yagona kompleks reja asosida olib borildi. Chet ellardagi o'nlab yirik firmalar yangi reprografik apparatlar va yorug'likni sezuvchi materiallarni yaratish borasida juda ko'p ilmiy tekshirish ishlarini olib bordi. Reprografiya ishining usul va apparatlari 1963-1967- yil Kyolnda bo'lib o'tgan xalqaro konferensiyadan so'ng yanada rivojlanib ketdi. Nusxa ko'chirish va ko'paytirish turlari Hozirgi paytda quyidagi nusxa ko'chirish jarayonlarida foydalaniladi: elektrografik nusxa ko'chirishda; diazografik nusxa ko'chirishda; termografik nusxa ko'chirishda; fotografik nusxa ko'chirishda; elektrongrafik nusxa ko'chirishda;- raqamli nusxa ko'chirishda. Elektrografik nusxa ko'chirish (kserografiya) hozirgi vaqtda keng tarqalgan. Jahon nusxa ko'chirish mashinalarining 70 % dan ortig'ini elektrografik nusxa ko'chirish apparatlari (EGNKA) tashkil etadi. Ular bilan jahonda ko'chirilayotgan nusxalarning 50 % idan ko'prog'i tayyorlanmoqda. EGNKAni ko'pincha «kseroks» deb atashadi, bu nom ushbu turdagi nusxa ko'chirishning asoschisi Angliyaning «Rank Xerox» firmasiga hurmat tariqasida berilgan. Elektrografik nusxa ko'chirishning asosiy afzalliklari: yuqori tezkorlik, samaradorlik va nusxa ko'chirishning yuqori sifati; nusxa ko'chirishda hujjat hajmini o'zgartirish va tahrirlash imkoniyati bor; varaqli ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.82 MB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.82 MB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga