Axborot-kutubxona muassasalarida ovozli texnika vositalari Reja: Axborot-kutubxona muassasalarida Ovozni magnit usulida yozib olish Magnitofonlar va ularning turlari Ovoz kuchaytirgichlar va ulardan foydalanish Mikrofonlar va ularning turlari Axborot-kutubxona muassasalarida Axborot-kutubxona muassasalarida ovozni yozib olish va qayta eshittish asoslari Ovoz haqida tushuncha. Axborot-kutubxona muassasalarida ovozni yozib olish va qayta eshittirish muhim ahamiyatga egadir. Turli xil ommaviy tadbirlarda - konferensiyalar, uchrashuvlar, turli xil kechalar va boshqalarda so'zga chiqqanlarning nutqlarini yozib olib, undan keyingi kelayotgan kitobxonlarning axborot so'roqlariga javob berish mumkin. Masalan, biror-bir fan nomzodi bilan uchrashuv o'tkazib, uning fandagi yangiliklari shu sohaning taraqqiyoti haqidagi fikrlarini yozib olish yoki biror-bir shoir bilan uchrashuv o'tkazib, yangi she'rlarini yozib olish va ularni keyingi kelayotgan kitobxonlarga taqdim etish mumkin. Yozib olingan axborotlarning barchasi axborot-kutubxona fondi sifatida foydalaniladi. Ovoz yozuvi xalq xo'jaligida, fan va texnikada keng qo'llaniladi. Hozirgi kunda yozib olingan ovoz mashinalar, avtomatik potok liniyalarining ishini boshqaradi, telefon orqali ma'lumotnomalar beradi. Ovoz yozuvi kosmonavtning Yer bilan suhbatlashish imkonini beradi va h. k. Turli radioeshittirishlar, tarixiy anjuman, konferensiya va kengashlardagi chiqishlar ham, odatda, magnit tasmaga yozib olinadi. Boshlang'ich, o'rta va oliy ta'limning o'quv jarayonida ham ovoz yozib olish usulidan foydalaniladi. Bizni o'rab turgan atrof muhitdagi tovushlar rang-barang va go'zal. Qushlarning sayrashi, hayvonlarning ovozi, daraxtlar, barg va o'tlarning mayin shitirlashi juda yoqimli. Qulog'imiz eshitadigan hamma narsani yozib olish va o'quv maqsadlarida foydalanish mumkin. Turli ovozlar - odamning nutqi, musiqani eshitish organlarimiz idrok qiladi. Xo'sh, ovozning o'zi nima va u qanday vujudga keladi? Ovozni tebranuvchi jismlar hosil qiladi. Dutorning torini tarang tortib qo'yib yuborsak, u tebranishi, tovush chiqarishini eshitamiz. Torning tebranishlari havoga o'tadi va havoda ko'zga ko'rinmas sferik havo to'lqinlari - ovoz manbayidan hamma tomonga tarqaladigan ovoz to'lqinlarini hosil bo'ladi. Odamning qulog'i ovoz tebranishlarini tutadi, ularni sezadi, tovush asabi orqali asab uyg'onishlari impulslarini miyaga o'tkazadi va odam ovozni eshitadi. Demak, ovoz - odam qulog'i qabul qiladigan havo zarralarining tebranishi, ovoz manbayi esa teb ranuvchi jism ekan. Tovush to'lqinlari faqat havodagina emas, suvda ham qattiq, jismlarda ham va boshqa muhitda ham tarqalishi mumkin. Ovoz to'lqinlarining tarqalish tezligi ular harakatlanadigan muhitning xossalariga bog'liq. Ovoz manbalari kuchi turlicha bo'lgan ovozlarni tarqatadi. Tebranuvchi tor dastlabki eng chekka o'ng vaziyatgacha siljiydi, so'ngra sekinlik vaziyatiga qaytadi va eng chekka chap vaziyatga siljiydi, yana sokinlik vaziyatini egallaydi. Torning sokinlik vaziyatidan eng ko'p og'ish qiymati, ya'ni ja ranglovchi jismning qulochi tebranish amplitudasi deb ataladi. Tebranish amplitudasining qiymati ovoz kuchini belgilaydi. Tebranish amplitudasi qancha katta bo'lsa, ovozning kuchi ham shuncha kuchli bo'ladi. Amplitudadan tashqari, ovoz kuchi muhitning zichligiga ta'sir ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.27 MB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.27 MB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:07 ]
Arxiv ichida: doc