Axborot - kutubxona muassasalarida proyeksion apparatlar va ulardan foydalanish

Axborot - kutubxona muassasalarida proyeksion apparatlar va ulardan foydalanish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot - kutubxona muassasalarida proyeksion apparatlar va ulardan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Axborot-kutubxona muassasalarida proyeksion apparatlar va ulardan foydalanish Reja: 1. Axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko'rsatishni tashkil qilish. 2. Yorug'lik proyeksiyasi va uning turlari. 3. Statik proyeksion apparatlar. 5. Dinamik proyeksion apparatlar. 6. Tarmoqqa ulash va texnik xizmat ko'rsatish. 7. Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi kinomarkazi. Axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida aholiga аxborot-kutubxona xizmatini ko'rsatishni tashkil qilish Axborot-kutubxona faoliyatini yanada kuchaytirish, kitobxon, foydalanuvchi va ilmiy izlanuvchilar uchun yangi, zamonaviy texnikalarni qo'llagan holda xizmat ko'rsatish bugungi kun talabidir. Bu masala hukumatimizning eng ustuvor vazifalaridan biri bo'lib hisoblanadi. 2011- yilning 23- fevral kunida Prezidentimizning 2011-2015 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bazasida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari sifatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-1487 sonli Qarori ham e'lon qilindi. Mazkur Qarorga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006- yil 20- iyundagi «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taminlashni tashkil etish to'g'risida»gi PQ № 381- sonli Qarorida ko'rsatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida adabiyotlar fondini to'ldirib borish, kutubxonachilik ishiga yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, aholining axborot-kutubxona resurslariga keng kirib borishini tashkil etish bo'yicha rejali va tizimli ish olib borilmoqda. Hozirgi paytda O'zbekiston Respublikasida 6,3 million kishiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatuvchi 11026 ta axborot-kutubxona muassasalari faoliyat yuritmoqda. Ulardagi adabiyotlar fondi 83,6 mln saqlash biriligidan, shu jumladan, 3,5 mln elektron shakldagi resurslardan iborat. Barcha axborot-kutubxona tashkilotlari Internet (ZiyoNET) tarmog'iga ulangan. Xalq maorif tizimidagi 1639 ta umumta'lim maktablari axborot-resurs markazlarida (91 %) lokal tarmoq tashkil etilgan, 1380 ta markazlar (76,5 %) Internet (ZiyoNET) tarmog'iga ulangan. Axborot-kutubxona muassasalarini zamonaviy kompyuter texnologiyasi va tashkiliy-texnika vositalari bilan ta'minlash bo'yicha ish olib borildi, kompyuterlar soni 2,8 barobarga, nusxa ko'paytiruvchi va skanerlovchi texnika 2,3 barobarga oshdi. Aholiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishning yangi sifat bosqichiga o'tishni, axborot-kutubxona muassasalarini yagona axborot maydoniga birlashtirishni, o'sib borayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini to'la qondirishni, madaniy, ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni saqlash va mustahkamlashni, o'quv muassasalari o'quvchilarining va aholining bilim olishi hamda mustaqil bilim olish tizimini rivojlantirishni ta'minlash maqsadida aholiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatini yanada sifatli takomillashtirish doirasida asosiy vazifalar deb quyidagilar belgilanadi: axborot-kutubxona xizmati sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga oid standartlarni va yagona yondashuvni ishlab chiqish, avvalo, ma'nan boy va barkamol shaxsning ijodiy rivojlanishi uchun ma'naviy-axloqiy, madaniy-tarixiy, ilmiy-ta'limiy ahamiyatga ega bo'lgan bosma nashrlarning elektron nusxasini yaratish yo'li bilan elektron resurslar fondini shakllantirishni tashkil etish; aholi keng qatlamining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida, jumladan, ZiyoNET tarmog'i vositasida birlashgan axborot-kutubxona resurslariga kirib borishni ta'minlash; axborot-kutubxona muassasalarining va elektron hujjatlarni elektron yo'l bilan yetkazib beruvchi tashkilotlarning yig'ma elektron katalogini tashkil etish asosida axborot resurslaridan hamkorlikda foydalnishni muvofiqlashtirish; axborot-kutubxona muassasalarini takomillashtirish, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.28 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.28 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga