Axborot-kutubxona muassasalarida transporttexnika vositalari Reja: 1.Axborot-kutubxona muassasalarida transport-texnika vositalaridan foydalanishning roli va ahamiyati. 2. Axborot-kutubxona aravachalari. 3. Axborot-kutubxona ko'targich (podyomnik)lari. 4. Axborot-kutubxona konveyerlari. 5. Axborot-kutubxonalarda pnevmatik pochta. Axborot-kutubxona muassasalarida transport-texnika vositalaridan foydalanishning roli va ahamiyati Hozirgi vaqtda axborot-kutubxonalarda kitobxonlarga xizmat ko'rsatishning yangi uslub va metodlari deganda, axborot-kutubxo Naning bibliografiya ish protsessorlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish masalasi tushuniladi. Axborot-kutubxona markaz lari va axborot-resurs markazlari tashkil etilishi texnika vositalarini joriy etish imkonini berdi. Texnika vositalari yordamida axborot-kutubxonalarda adabiyotlarni xonaga keltirish va bo'limlarga yetkazib berishda, shuningdek, kitob saqlash fondlaridan kerakli adabiyotlarni o'quv zallariga eltib berish va shu kabi ishlarda kitobxonlarga xizmat qilishni yaxshilaydi. Bu esa kutubxonachilarning vaqtini tejaydi, natijada axborot-kutubxonaning kitobxonalarga xizmat ko'rsatish ko'rsatkichini yanada yuksaltirishiga yordam beradi. Ayniqsa, adabiyotlarning transportlanishida ishlatiladigan texnik vositalar kutubxonachilar mehnatini yengillashtirishda juda qo'l kelmoqda. Masalan, qo'l aravachalari, lift, konveyr va h. K. Lar shular jumlasiga kiradi. Umuman, zamonaviy axborot-kutubxonalarda adabiyotlarni texnika vositalari yordamida kompleks xiz mat qilishni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot-kutubxonalarda transport bilan adabiyotlarni axbor otkutubxona bo'limlari va tashqi axborot-kutubxonalarga eltib berish keng ommalashmoqda. Transport vositalari xizmat ko'rsatish xususiyatiga ko'ra tashqi va ichki vositalarga bo'linadi. Chunonchi, tashqi transport vositalariga avtokutubxona, kutubxona motosikllari kiradi. Avtokutubxonalar va kutubxona motosikllari tashqaridan kitob olib kelishga, axborot-kutubxonalaridan uzoqda bo'lgan kitobxonlarga xizmat qilishga yordam beradi. Ichki transport vositalariga esa axborot-kutubxonalarning bo'limlararo xizmat qilishda ishlati ladigan texnik vositalari kiradi. Ular: konveyr, tushirgichlar, ko'targichlar va h. K. O'z navbatida, ichki transport vositalari ham ikki guruhga bo'linadi: 1. Cheksiz harakatlanuvchi qurilmalar: Konveyer - tortuvchi elementlar; Tushirgich, rolgam. 2. Vaqtli harakatlanuvchi qurilmalar, ya'ni yukni ma'lum bir vaqt ichida joylashtiradigan va tashiydigan qurilmalar: liftlar, qo'l aravachalari. Hozirgi vaqtda axborot-kutubxonalarda adabiyotlarni tashish va yetkazish ikki usulda olib boriladi: tarli va tarsiz. Tarli usulda kitoblar, jurnallar, mikrofilmlar qutilarga joylashtirilib tashiladi. Adabiyotlarni bu tarzda tashish ularni ortish, tushirish yoki bir yerdan boshqa joyga ko'chirishda kitoblarning shikastlanishidan saqlaydi. Tarsiz usulida kitob va jurnallarning yuklanishi va tashilishi bevosita ishchi organlar, lentali konveyrlar, rolganglarga joylashtiriladi. Tarsiz usulning kamchiligi shundan iboratki, ko'p sonli kitoblarni, ayniqsa, ortish, tushirish yoki bir joydan ikkinchi joyga ko'chirishda kitoblarning osonlik bilan zararlanishiga sabab bo'ladi. Ana shu ikkala transportlash usulidan axborot-kutubxona xodimlari o'zlari uchun ko'proq foydalisini tanlab olishlariga to'g'ri keladi. Axborot-kutubxonada transport qurilmalari, asosan, yuklarni joylashtirish, tashish tezligi va quvvatiga qarab xarakterlanadi. Axborot-kutubxona ishida uzluksiz harakatli vositalar bilan bir qatorda, davriy harakati jihozlarning qo'llanilishi keng o'rin egallaydi. Axborot-kutubxona aravachalari Axborot-kutubxonalarda qo'l aravachalaridan masofasi uncha uzoq bo'lmagan joyga yengil yuklarni olib borish uchun qo'llaniladi. Qo'l aravachasi og'irligi 500 kg gacha ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
518.22 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
518.22 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:07 ]
Arxiv ichida: doc