Axborot - kutubxona muassasalarilarida multimedia vositalari

Axborot - kutubxona muassasalarilarida multimedia vositalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot - kutubxona muassasalarilarida multimedia vositalari - rasmi

Material tavsifi

Axborot-kutubxona muassasalarilarida multimedia vositalari Reja: Axborot-kutubxona muassasalarida multimedia vositalarining tavsifi. Multimedia vositalari. Distant uslubi. Multimedia tyumlarining texnik ta'minoti. Multimedianing amaliy dasturlari. Xorijiy tillarni o'rganish uchun tizimlar. Axborot-kutubxona muassasalarida multimedia vositalaridan foydalanishning roli va ahamiyati. Axborot-kutubxona muassasalarilarida multimedia vositalarining tavsifi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011-2015- yillarda Axborot-kommunikatsion texnologiyalari bazasida axborot-kutubxona va axborot resurs xizmatlari sifatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ № 1487- sonli Qarori mazkur yillarda axborot-kutubxona tizimida olib boriladigan ishlarning Davlat dasturini aniq belgilab berdi. 2011- yil 13- aprelda qabul qilingan «Axborot-kutubxona faoliyati to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi yuqorida olib boriladigan ishlarni qonunchilik asosida olib borishni ta'minlaydi. Ta'lim va o'qitish, axborot-kutubxona sohalarida qo'llaniladigan multimedia (Computer Based Training - CBT) shaxsiy foydalanish hamda biznes ishlarini yo'lga qo'yish uchun mo'ljallangan. Multimediani axborot-kutubxona sohasida qo'llash ko'lami kundan kunga yanada ortib bormoqda. Chunki yuqori kasbiy malakani ta'minlovchi bilim har doim tez o'zgarib turadi. Bugungi o'sish darajasi, ayniqsa, texnika sohasida doimiy yangilanishni talab qiladi. Shu bois raqobatga asoslangan axborot-kutubxona o'z faoliyatida ancha moslanuvchan bo'lishi lozim. Bu oddiy xodimlar uchun ham, rahbarlar uchun ham birday haqqoniy yo'l. Kompyuterlardan foydalangan holda o'qitish uchun ma'lum tizim kerak, lekin bunday tizimni ishlab chiqarish uchun bunga ixtisoslashgan firmaga buyurtma berish kerak. Shu kunga qadar kompyuterlar yordamida o'rgatish, xodimni o'qitish va malakasini oshirish uchun nisbatan ishlab chiqarish sohasida ko'proq qo'llanilar edi. «Opel» firmasi xodimlari jamoa bo'lib o'qitishning yangi usulini ilgari surmoqdalar. «IBM» firmasi ham lokal tarmoqlar ishini namoyish qilish uchun kompyuterlardan foydalanilgan holda o'qitish usulini qo'llamoqda. Yetmishinchi yillarda o'qitish uchun ilk bor kompyuterlardan foydalanish ancha samarasiz bo'ldi. Chunki o'sha paytlardagi texnikaviy va dasturiy vositalarni ishlab chiqarish sifati uncha yuqori bo'lmagan. Bundan tashqari, dasturlar yetarli darajada moslanuvchan emas edi. Bugungi kunda esa o'qitish dasturlari shunday tuzilganki, foydalanuvchi o'qitishning turli variantlaridan foydalanishi mumkin. Ya'ni u o'quv materialini o'zlashtirish davomida o'qitish tezligini, material hajmini va uning murakkablik darajasini o'zi belgilaydi. Ko'pgina tadqiqotlar kompyuterlardan foydalangan holda o'qitish tizimining muvaffaqiyatlarini e'tirof etmoqda. Eski an'anaviy ta'lim usullari bilan obyektiv taqqoslash juda qiyin, ammo multimedia bazasida o'zgaruvchi interaktiv dastur bilan ishlashga e'tibor ikki baravar kuchaydi. Aniq bir materialni o'rganish uchun vaqtni tejash an'anaviy ta'lim usullariga nisbatan o'rtacha 0 % ni tashkil qilyapti, o'zlashtirilgan bilim esa xotirada ancha uzoq saqlanadi. Marketing bo'yicha ekspertlar allaqachon (o'qish tizimida multimedia ilovasi paydo bo'lmasdan avval) ko'p martali tajribalarida o'qish uslubi bilan o'zlashtirilgan materialni xotirada tiklash (eslash) o'rtasida kuchli aloqa borligini isbotlashgan. Masalan, eshitilgan materialning faqat to'rtdan bir qismigina xotirada qoladi. Agar o'quvchi ushbu materialni ko'rish orqali o'zlashtirish imkoniga ega bo'lsa, xotirada qolgan material ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 794.9 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 794.9 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga