Axborot-kutubxona muassasalarini avtomatlashtirish Reja: 1. Hozirgi kunda axborot-kutubxona muasasalarini avtomatlashtirish holati. 2. Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tarkibi. 3. Axborot-kutubxonalarni avtomatlashtirish. Hozirgi kunda axborot-kutubxona muassasalarini avtomatlashtirish holati Har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishi, xususan, fan, ta'lim va madaniyat rivojidagi asosiy shartlardan biri turli sohalarga oid zarur axborotlarni tezkorlik bilan olish imkoniyatining mavjud bo'lishidir. Bu maqsadga erishishda axborot-kutubxonalar faoliyatini yangi axborot texnologiyalari bilan qurollantirish katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, axborot-kutubxona faoliyatining asosiy jarayonlari: axborotlarni yig'ish, ishlov berish, saqlash, qidirish va iste'molchilarga yetkazib berishga zamonaviy telekommunikatsiya kanallari vositasida elekt ron texnologiyalarni qo'llash samarali natijalar beradi. XX asr oxirlaridan yuz bera boshlagan «axborot inqilobi» kutubxonalar faoliyatiga ham sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Bu ta'sir natijasida kutubxonalar borgan sari ko'proq zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta'minlanib, axborot resurslari markazlariga aylanib bormoqda. Axborot-kutubxonalarda xizmat ko'rsatish turlari ham keskin kengaydi: Internet tarmog'idan foydalanish, axborot-tahliliy materiallarni jamlab berish, axborot-kutubxona kataloglarining elektron ko'rinishi va to'liq matnli ma'lumotlar bazalarini kitobxonlarga taqdim etish shular jumlasidandir. Kerakli axborotni olish uchun yangi axborot texnologiyalaridan foydalanilganda manbalarni qidirib topish imkoniyati yuz martalab oshadi. Telekommunikatsiya vositalarini qo'llash esa axborot manbayining qanday masofada ekanligidan qat'i nazar, unga tezkorlik bilan ega bo'lish imkoniyatini yaratadi. Bunday yangi turdagi axborot-kutubxonalar «elektron kutubxona», «virtual kutubxona», «avtomatlashtirilgan kutubxona» singari nomlar bilan atalmoqda. Avtomatlashtarilgan kutubxona (AK) - bu shunday kutubxonaki, uning funksiyasi, ayniqsa, axborot-kutubxona axborot xizmati, asosan, avtomatlashtirish (kompyuterlar, serverlar, tashkiliy-texnika vositalari, dasturiy komplekslar) va telekommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladi. Avtomatlashtirilgan kutubxona (AK) tizimlarining rivoji axborot texnologiyalarining umumiy rivojini o'zida to'liq aks ettiradi. Kompyuter bajaradigan ishi va tarkibiga ko'ra odatdagi kutubxonaga juda o'xshab ketadi. Kompyuter texnologiyasida ishlatiladigan ba'zi bir atamalar, masalan, «boshlang'ich modullar kutubxonasi», «katalog», «yuklanadigan modullar kutubxonasi» kabilar shular jumlasidandir. Shaxsiy kompyuter orqali iste'molchiga xizmat ko'rsatish jarayoni ham kitobxonlarga kutubxonada ko'rsatilayotgan xizmatga o'xshab ketadi. Katalogdan ma'lumotlar qidirish, ma'lumotlarni saqlash jarayoni, kataloglashtirish ko'rsatkichlarini tasniflash va boshqalar bir-biriga o'xshash. Bularning hammasi axborot-kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish mumkinligini ko'rsatadi. Ya'ni axborot-kutubxonadagi asosiy jarayonlar: ma'lumotlarni yig'ish, saqlash, ishlov berish, qidirish va uzatishni to'liq avtomatlashtirish mumkin. Axborot-kutubxonalarni avtomatlashtirish usullari joriy qilinmasidan avval ular faqat o'zlarining kitobxonlariga xizmat qil- ganlar. Aniq bir kutubxonaga a'zo bo'lgan kitobxon faqat shu ku tubxona axborot resursidan foydalana olgan, mazkur kutubxonada bo'lmagan axborot resursidan faqat «kutubxonalararo abonement» orqali foydalanish mumkin bo'lgan. Ammo har qanday nashrni ham «kutubxonalararo abonement» orqali jo'natish oson ish emas. Nashrni bunday jo'natish vaqt va mablag' talab qiladi. Kitobxonlarga xizmat ko'rsatishda yana bir cheklash bor edi: kutubxonalar kitobxonlarga nashrlarni faqat odatdagi holatda (masalan, kitob shaklida) berishlari mumkin edi. Axborot-kutubxonalarda kompyuterlardan va Internetdan foydalanish yangi imkoniyatlarni yaratdi. Bu ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.62 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.62 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:07 ]
Arxiv ichida: doc