Axborot - psixologik xavfsizlikni ta'minlashning vazifalari, asosiy faoliyat yo'nalishlari va uslublari

Axborot - psixologik xavfsizlikni ta'minlashning vazifalari, asosiy faoliyat yo'nalishlari va uslublari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot - psixologik xavfsizlikni ta'minlashning vazifalari, asosiy faoliyat yo'nalishlari va uslublari - rasmi

Material tavsifi

Axborot-psixologik xavfsizlikni ta'minlashning vazifalari, asosiy faoliyat yo'nalishlari va uslublari Reja: 1.Axborot sohasining rivojlanish tendentsiyasi. 2.Axborot-psixologik xavfsizlik siyosiy mojarolarning oldini olish vositasi sifatida. «Axborot» tushunchasi bugungi kunda global mohiyat kasb etmoqda. U inson tafakkuriga turli yo'nalishlarda ta'sir o'tkazuvchi, yaxlit insoniyat hayotini va taqdirini u yoki bu tomonga burib yuboruvchi, goh salbiy goh ijobiy mohiyat kasb etuvchi qudratli vositaga aylandi. Aslini olganda axborot tushunchasi dunyoqarashni ifodalaydigan barcha bilimlar sohasida qadimdan mavjud bo'lgan. Kibernetikaning kelib chiqishi va rivojlanishi bu tushunchani «aloqa» va «boshqaruv» tushunchalari bilan birga keng qo'llanilishiga olib keldi. Hozirgi vaqtda axborotlarni hosil qilish, qayta ishlash, saqlash, ko'paytirish va tarqatish alohida ilmiy sohani - informatika sohasini tashkil etadi. Bu lotinchada tanishtirish, tushuntirish, sharq tillarida esa xabar, axborot ma'nosini bildiradi. Axborot sohasining tez sur'atlar bilan o'sishi, uni avtomatlashtirish usullarining shiddat bilan rivojlantirilishi komp'yuterlarning yaratilishiga va kishilik hayotining turli sohalarini komp'yuterlashtirishga olib keldi. Bu esa o'z navbatida bugungi kunda g'oyatda tezkorlik bilan o'sib borayotgan «Axborotli jamiyat» nazariyasini maydonga keltirdi. Komp'yuterlashtirilgan dunyo, yalpi axborotlashtirilgan global tizimning vujudga kelishi millatlar, xalqlar va butun insoniyat taqdirini bir-biriga bog'lab qo'ydi. Axborot olish, uni ishlash, saqlash va tarqatish texnologiyasining tasavvur qilib bo'lmaydigan darajadagi taraqqiyoti bugun jiddiy tashvishlar tug'dirmoqda. CHunki hozirgi zamon komp'yuterlarining eng so'nggi avlodi har birining protsessorida 80-100 million tranzistor bo'lib, har soniyada ikki milliardgacha vazifani bajara oladi. Axborot texnologiyasining ana shunday mo''jizasi tufayli xohlagan kishi yer yuzining xohlagan nuqtasidagi odam bilan soniyalarda aloqa o'rnatishi, muammoni lahzalarda hal etishi mumkin. Ana shu holatning o'zi inson faoliyatini, tafakkur tarzini, axloqiy me'yorlarini, olamga munosabatlarini, yaxlit olganda esa yangi yuz yillikdagi insoniyat hayoti va taqdirini ifoda etadi. Boshqacha qilib aytganda, XXI asr sivilizatsiyasi axborot xuruji, informatsion-psixologik urush qiyofasida o'zini namoyon etmoqda. Insoniyatning kelajakdagi taqdiri va istiqboli xususida o'ylar ekanmiz, axborot texnologiyasi mohiyati, uning taraqqiyoti, inson va insoniyat hayotiga ta'sir o'tkazishi omillarini chuqur o'rganishni taqozo etadi. Bular quyidagilarda ko'rinadi: Birinchidan, inson faoliyatini maqsadga muvofiq holda yo'lga quyish, yo'naltirish. Umummanfaat atrofida birlashtirish, jamoa va jamiyat ishiga daxldorlik tuyg'usini shakllantirish, insoniyat hayotini saqlashda mas'ullik, uning taqdiriga taqdirdoshlik hissini shakllantirish. Ikkinchidan, turli fe'l-atvorga, tabiatga ega bo'lgan, o'z manfaati ustuvorligiga intilayotgan siyosiy subyektlar o'rtasidagi o'zaro muvofiqlikni ta'minlash. Urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga o'tish, davlatlararo va mintaqalararo munosabatlarda bir-biridan qochish emas, bir-biriga intilish kayfiyatini yaratish, jahon muammolarini hal etishda sog'lom g'oyalarga tan berish ruhiyatini shakllantirish. Uchinchidan, fan-texnika taraqqiyoti cheksiz darajada rivojlanayotgan bir paytda uning keng imkoniyatlarini umumiy taraqqiyot yo'liga safarbar etish kayfiyatining ustuvorligini ta'minlash. Aks holda g'ayriaxloqiy va g'ayriinsoniy kayfiyatdagi fuqaro qudratli texnologiyalarni jamiyat taraqqiyotiga zid bo'lgan g'oyat ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.54 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.54 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga