Axborot jarayonlarini algoritmlash va dasturlash. Zamonaviy dasturlash tillari

Axborot jarayonlarini algoritmlash va dasturlash. Zamonaviy dasturlash tillari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot jarayonlarini algoritmlash va dasturlash. Zamonaviy dasturlash tillari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu : Axborot jarayonlarini algoritmlash va dasturlash. Zamonaviy dasturlash tillari Reja: 1. Zamonaviy dasturlash tillari haqida umumiy tushuncha; 2. Axborotning tuzulishi; 3. Axborot jarayonlarini algoritmlash va dasturlash ga oid masala. Professional matematik paketlar deganda, odatda, hozirgi zamon kompyuterlarida qo'llanilayotgan Mathematica, Maple, Matlab, Derive, Mathcad kabi tizimlar va qiymatlarni statistik tahlil qilishga mo'ljallangan SPSS, Statistica, Statgraphics, Stadia va shunga o'xshash tizimlar oilalari nazarda tutiladi. Zamonaviy dasturlash tillari haqida umumiy tushuncha Bu paketlar yordamida turli sonli va analitik (simvolli) matematik hisoblar-ni, oddiy arifmetik hisoblashlashlardan tortib, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechish, optimallash masalalarini hal qilish, statistik gipotezalarni tekshirish hamda matematik modellarni yaratishga qadar turli zarur texnik hisoblashlarni amalga oshirish mumkin. Ularning barchasi takomillashgan ilmiy grafika vositalariga, qulay yordamchi axborot tizimiga va hisobot-larni rasmiylashtirish vositalariga ega. «Professional paket» atamasi «o'quv paketi» atamasiga muqobil ravishda tanlangan. Hozirgi davrda bu paketlardan nafaqat oliy malakali mutaxassislar, professor-o'qituvchilar, balki oliy maktab talabalari, hattoki, liseylar, kasb-hunar kollejlari va maktablar o'quvchilari ham foydalanayotganligini kuzatish mumkin. Bizning fikrimizcha, professional matematik paketlardan foydalanishning ommaviylashuviga asosiy obyektiv sabablar quyidagilardir: -kompyuterlar odatdagi uy elektr jihozlari qatoridan o'rin olib bormoqda; -kompyuter programmalari interfeysini tashkil etishda maxsus standartlar ishlab chiqilib, ulardan ommaviy ravishda foydalanilmoqda; -hozirgi zamon talabasi, ilmiy xodimi va mutaxassisi hayotida Internet to'ridan foydalanish kundalik ehtiyojga aylanmoqda; -talabalarga bilim berishda professional matematik paketlardan o'quv vositasi sifatida foydalanish darajasi oshmoqda; -fundamental va amaliy xarakterdagi ilmiy tad-qiqotlar bilan shug'ullanuvchilar uchun mos universal matematik paketlar yaratilmoqda va bu paketlar ilmiy tadqiqot natijalariga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda; -professional matematik paketlar bo'yicha maxsus adabiyotlar ko'paymoqda. Kelajakda ta'lim va ilmiy tadqiqot ishlarida professional matematik paketlardan foydalanishga bo'lgan e'tiborning yanada kuchayishi shubhasizdir. Shu nuqtai-nazardan olganda, ayniqsa, matematika, mexanika, amaliy matematika va informatika, informasion texnologiyalar, iqtisodiyot, sosiologiya va boshqa qator mutaxassislik yo'nalishlari bo'yicha shug'ullanuvchilarning professional matematik paketlar bilan ta'minlanish darajasini yuqoriga ko'tarish dolzarb muammolardan biridir. Biz yashayotgan davrning xarakterli xususiyatlaridan biri inson faoliyatining barcha sohalarida kompyuter texnologiyalarining keng qo'llanilishi bo'lib, bu jarayonda informatika fani muhim o'rin tutmoqda. Informatika fani XX asrining 50 yillari boshlarida paydo bo'ldi. Informasiya so'zi lotincha information so'zidan olingan bo'lib, tushuntirish, tasvirlash degan ma'noni anglatadi. Biz uni axborot deb qabul qilamiz. Axborotning tuzulishi Informatika inson faoliyatining turli jabhalardagi axborotlarni izlash, to'plash, saqlash, uzatish, qayta ishlash va foydalanish masalalari bilan shug'ullanadigan fandir. U axborot va uni qayta ishlovchi texnikaviy, hamda dasturiy vositalarga asoslanadi. Inson o'z hayotida tug'ilgan kunidan (ta'bir joiz bo'lsa, hatto ona qornida dastlabki paydo bo'lgan kunidan) boshlab doimo ma'lumotlar bilan ish ko'radi. Ularni o'zining sezgi a'zolari orqali qabul qiladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.09 MB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.09 MB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga